Amaliy audit



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

 

6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi 

O`zbekiston  Respublikasi  soliq  qonunchiligiga  muvofiq  ko`pchilik 

korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar to`laydilar. 



244 

 

Soliqlar va boshqa to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik 



tekshiruvidan  o`tkazishning  maqsadi  -  tekshiriladigan  xojalik  yurituvchi  subyekt 

moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorlikni 

aks ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan 

bog`liq  sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat. 

«Korxonada  budjet  bilan  hisob-kitoblar  auditining  asosiy  maqsadi  soliq  va 

yig`imlarning barcha turlari bo`yicha hisoblar to`g`ri tashkil etilishi, ular to`liq va 

o`z  vaqtida  budjetga  o`tkazilishi,  soliq  to`lovlarining  kechiktirish  sabablari  va 

boqimandalar  qaysi  schyotlarga  o`tkazilganligi,  mablag`lar  o`z  vaqtida 

o`tkazilmaganligiga  aybdor  shaxslarga  nisbatan  va  yo`l  qo`yilgan  kamchiliklarni 

oldini  olish  uchun  qanday  choralar  ko`rilganligini  aniqlashdan  iboratdir.  Budjet 

bilan  hisob-kitoblarni  tekshirishda  auditor  xojalik  yurituvchi  subyektga  soliq  va 

yig`imlar noto`g`ri hisoblanishi hamda ular o`z vaqtida budjetga o`tkazilmaganligi 

uchun  soliq  idoralari  tomonidan  ko`riladigan  jarima  va  boshqa  choralari  bilan 

bog`liq bo`lgan moliyaviy yo`qotishlarni oldini olishga yordam berishi lozim. 

Xojalik  yurituvchi  subyektlarning  budjet  bilan  hisob-kitob  muomalalari 

bo`yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 

-  to`lovlar  va  yig`imlar  alohida  turlari  bo`yicha  ma'lumotnomalar  va 

hisoblar; 

-  tegishli  summalar  budjetga  o`tkazilganligi  to`g`risidagi  dastlabki  hujjatlar 

ilova qilingan bank ko`chirmalari; 

- soliq idoralari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar bo`yicha dalolatnomalar; 

- buxgalteriya hisobi schyotlari bo`yicha yozuvlar; 

- jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari; 

- Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar. 

Budjet  bilan  olib  boriladigan  hisob  -  kitoblar  auditor  jiddiy  e'tibor  berishi 

lozim  bo`lgan  murakkab  obyekt  hisoblanadi.  Birinchidan,  budjetga  to`lanadigan 

soliqlarning  noto`g`ri  hisoblanganligi  va  to`langanligi  uchun  korxonaga  nisbatan 

moliyaviy  jazo  choralari  qo`llaniladi.  Bu  esa  uning  moliyaviy  ahvoliga  sezilarli 

darajada  ta'sir  qiladi.  Ikkinchidan,  hisob-kitoblarning  to`g`riligini  tasdiqlovchi 

auditorlik  xulosalari  soliq  inspektsiyasi  tomonidan  qabul  qilinishi  ayrim  hollarda 

shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So`ngi holatda soliq  organi 

taqdim  qilingan  auditorlik  xulosasini  qaytadan  tekshirib  chiqishga  haqlidir.  Agar 

auditor  xulosasi  davlat  budjeti  manfaatlariga  zid,  amaldagi  qonunchilikka  va 

me'yoriy  hujjatlarga  rioya  qilinmasdan,  sifatsiz  tuzilganligi  aniqlansa,  amaldagi 

qonunchilikka  muvofiq  sanksiyalar  kuchga  kiradi.  Bunday  hollarda  auditorlik 

firmasi  aditorlik  faoliyati  bilan  shug`ullanishga  huquq  beradigan  litsenziyadan 

mahrum  qilinishi  mumkin.  Soliqlar  to`lanishini  tekshirishdan  oldin  soliqqa 

tortiladigan obyekt bo`yicha ko`rsatkichlarning to`g`riligi, soliqqa tortiladigan baza 

va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak»

1



Bozor 

iqtisodiyoti 

sharoitida 

turli 


xil 

mulkchilikka 

asoslangan 

korxonalarning 

budjet 

bilan 


o`zaro 

munosabatlari 

kengaymoqda. 

Respublikamizning  barcha  hududlarida  budjetga  to`lanadigan  to`lovlarning 

                                                 

1

 Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.  




245 

 

to`g`riligini aniqlaydigan va ularning o`z vaqtida o`tkazilishi ustidan qat'iy nazorat 



o`rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan. 

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo`mitasiga, xususan, 

Respublika  Soliq  qo`mitasi  hamda  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlardagi  soliq 

organlariga  quyidagi  huquqlar  berilgan:  foyda  va  boshqa  soliqqa  tortiladigan 

obyektlarni  yashirganligi  yoki  kamaytirib  ko`rsatganligi  uchun  barcha  yashirgan 

yoki  pasaytirilgan  summalarni  va  shu  summa  miqdorida  jarima  undirish  uchun 

korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llash. Bunday xato ikkinchi marta 

takrorlanganida  esa  ikki  baravar  jarima  solish,  shuningdek  budjetga  soliqlar  va 

boshqa  majburiy  to`lovlarni  hisoblash  hamda  to`lash  uchun  zarur  bo`lgan  soliq 

deklaratsiyalari,  hisobotlar,  hisob-kitoblar  va  boshqa  hujjatlarni  taqdim 

qilmaganliklari,  kechiktirilganligi,  foydaning  hisobga  olinmaganligi  yoki  bu 

hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa 

majburiy  to`lovlar summasidan  foizi undiriladi. Bunda  mansabdor  shaxslarga eng 

kam oylik ish haqining besh barobaridan etti barobariga ma'muriy jarima solinadi. 

Auditor  budjet  bilan  hisob-kitoblarni  tekshirishda  malakali  maslahatchi  va 

ushbu  hisob-kitoblar  to`liq  hamda  o`z  vaqtida  bo`lishi  lozim.  Budjet  bilan  hisob-

kitoblarda  korxona  buxgalterlari  tomonidan  yo`l  qo`yilgan  xatolarni  ko`rsatish 

bilan  auditor  ushbu  korxonaga  soliq  inspektsiyasi  tomonidan  qo`llaniladigan 

moliyaviy  jazo  choralari  bilan  bog`liq  bo`lgan  zararlardan  qutilib  olishga  yordam 

beradi.  Shuning  uchun  u  budjet  to`lovlariga  doir  hisob-kitoblarning  to`g`riligi  va 

ularning O`zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o`z vaqtida 

o`tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim. 

Budjetga  to`lanadigan  to`lovlarning  ro`yxati  O`zbekiston  Respublikasining 

soliq Kodeksi bilan, ayrim to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni amalga 

oshirish  tartibi  esa  Davlat  soliq  qo`mitasi  va  Moliya  vazirligining  tegishli 

yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi. 

Soliqlar  bo`yicha  qarzlar  yuridik  shaxslarning  budjet  oldidagi  majburiyati 

bo`lib hisoblanadi va odatda, ma'lum sanada to`lanadi. Soliq qonunchiligining tez-

tez o`zgarishi va me'yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir 

hisob-kitoblarda  tasodifiy  xatolarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Soliqlar  bo`yicha 

qarzlar  sinchiklab  tekshiruvdan  o`tkazilganida  quyidagi  xatolar  aniqlanishi 

mumkin: 


-  soliqlarni  hisob-kitob  qilishda  buxgalteriya  hisobi  tamoyillari,  qonun 

hujjatlari va yo`riqnomalarning noto`g`ri qo`llanilishi; 

- soliq stavkalarining noto`g`ri qo`llanilishi; 

- soliqqa tortiladigan bazaning noto`g`ri aniqlanishi; 

- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi; 

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar 

ta'sir ko`rsatadi: 

- soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish; 

-  soliq  organlariga  taqdim  qinadigan  ma'lumotlarning  buzib  ko`rsatilishi 

yoki yashirilishi; 




246 

 

-  budjetga  qarzdorliklarni  aniqlashda,  soliqqa  tortishdan  ozod  etilganlar 



sifatida  soliqqa  tortishda  hisobga  olinadigan  daromadlarni  noto`g`ri  turkumlash 

yoki hisob-kitob qilish; 

-  soliqqa  tortish  bo`yicha  imtiyoz  olish  uchun  bosh  va  shuba  korxonalar 

o`rtasidagi hisob-kitoblar bo`yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish. 

Har  bir  soliqqa  oid  qonunchilik  hujjatida  soliq  stavkalarini  qo`llash,  soliq 

solinadigan  bazani  aniqlash,  soliqlarni  to`lash  muddatlari,  hisobotlarni  tayyorlash 

va hokazo talablar aks ettiriladi. 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish