2. Antropometrik o’lchamlarni jinsga, yoshga, millatga qarab o’zgarishi.
Ish joyini parametirlarini xisoblaganda ko’pchilik odamlarga komfort sharoitni yaratishni nazarda tutish fakat 50 persentilga asoslanmasdan 5 dan 95 persentilgacha bo’lgan antropometrik o’lchamlarini xisobga olish lozim.
Ish xonani interyerini va undagi jixozlarni, buyumlarni loiyxalaganda qulaylik 90% ishchilarga ta’milangan bo’lishi kerak.
Shuning uchun amaliyotda 5, 95 va 50 persentillar antropometrik kursatkichlaridan foydalaniladi. Masalan, yo’lakni eni va balandligini, stolni tagidagi masofani aniqlash uchun 95 persentil o’lchamlaridan foydalansa ma’qul bo’ladi. Shunday ish tutilsa xona va jixozlar o’lchamlari maksimal odamlar talabiga javob beradi.
1.1 va 1.2 jadvallarda keltirilgan antropometrik ko’rsatkichlar miqdori yalang’och tanaga tegishli. Odam kiyimda bo’lsa, o’lchamlarga o’zgarish kiritish lozim. Bu o’zgarishlar 1.3. jadvalda keltirilgan.
Inson tanasini kiyingan xoldagi ayrim o’lchamlariga kiritiladigan o’zgarishlar (oyoq kiyim xam nazarda tutilgan)
1 .3 jadval.
Antropometrik ko’rsatkich miqdorlari ma’lum darajada jinsga, yoshga millatga va boshqa faktorlarga bog’liq 1.5 rasmda jinsga va etnik kelib chiqishga qarab antropometrik ko’rsatgichni o’zgarishi keltirilgan.
1.5 Rasm. Xar xil davlatlardagi 5 persentil ayollar bo’yi va 95 persentil erkaklar buyini uzgarishi.(1980y. ma’lumoti
Antropometrik o’lchamlarni etnik bo’yicha farqi ayniqsa bo’ylama o’lchamlarda ko’zga tashlanadi (1.5 jadval).
1 .5 jadval.
Antropometrik o’lchamlarni etnik jixat bo’yicha farqi.
Antropometrik ko’rsatkichlarni yosh jixatdan farqi uncha keskin emas Yoshlarda (20-30yosh) xamma bo’ylama o’lchamlar 5sm ga katta. O’rta yoshliklarda (30-50yosh) ko’ndalang,oldi-orqa va perimetral o’lchamlar 5sm ga katta
Eng katta jinsiy, etnik va yoshga doir farqlar odamni turgan xolda bo’ylanma o’lchamlarda kuzatiladi. O’tirgan xolda bu farqlar kamayadi yoki umuman yo’qoladi,chunki turgan xolda katta o’zgaruvchan kursatkich-oyoq, uzunligi kiradi, ikkinchi xolda badan (tosdan bo’yingacha) uzunligi akselerasiya davrida kam o’zgargan.
Masalan odam tanasini fazoda bemalol joylashish xisobini olish uchun eng katta bo’lgan ko’ndalang, bo’ylanma, orqa-oldi o’lchamlarini xisobga olish lozim. Ish joyni ayrim o’lchamlari, masalan,qo’lni cho’zib yetish (shkafni tepa polkasiga,uni cho’nqirligiga) bo’ylama, ko’ndalang, orka oldi o’lchamlari eng kichik bo’lgan odamlarga qiyoslab olishi tavsiya etiladi.
Antropometrik ko’rsatkichlarni o’lchash uchun qo’yidagi tekisliklarda joylashgan bazoviy nuqtalardan foydalanishadi: Pol tekisligi (nuqtalarni poldan balandligini o’lchash uchun)
Ko’ndalang va orqa-oldi ko’rsatkichlarni o’lchash uchun vertikal devor
O’tirg’ich tekisligi
O’tirg’ich suyanchig’i(O’tirg’ich orqa chetiga perpendikulyar olinadi)
Nol nuqtalari xarakatda bo’lmagan tekislikda joylashgan (pol,jixoz cheti) (1.6 rasm).
1.6 rasm Tanani har xil xolda ish bajarish uchun kerak bo’lgan fazoni minimal o’lchamlari, santimetrda: Morgan bo’yicha-a; E.Noyfert bo’yicha-b
Nazorat uchun savollar.
1.Antropometriya nima?
2.Antropometriyada dinamik va statik ko’rsatkichlar nimani bildiradi? 3.Persentil nima?
4.Odamni o’rtacha bo’yi qanday?
5. 50-persentil buyicha erkak kishini bo’yi nechaga teng ?
6.Ko’zni o’rindiqdan balandligi?
7.Ko’zni poldan balandligi?
8.Oyoqni oldiga cho’zganda uzunligi?
9.Qo’lni oldiga cho’zganda yetishi .
10. Antropometrik o’lchamlarni jinsga qarab o’zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |