Antropometrik ma’lumotlar.
Inson taraqqiyoti tarixida inson yaratgan muxitni shakli, funksional o’lchamlari, inson tanasini ulchamlari, proporsiyalari bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Qadimgi odamlar XX asrgacha inson tana a’zolari (tirsak, fut, panja va x.k) o’lchamlariga asoslang o’lchov tizimlari bilan foydalanishgan. Quruvchi arxitektorlar shunday imoratlar qurishganki, undagi, nafaqat ayrim qisimlari o’lchamlari, balki absolyut o’lchamlari ham inson proporsiyalariga mos kelgan.
Rassom va xaykaltaroshlar insonni garmonik qiyofasini (obrazini) yaratish maqsadida proporsiyalar tizimi bilan foydalanishgan.
Poliklet kanonida (qadimgi yunoniston, miloddan oldingi v asr) o’lchov birligiga qarich va kalla uzunligi olingan. Bu kanon buyicha odam tanasi uzunligi 8 o’lchov birligiga teng bo’lgan. 1 asr Rim me’mori Vitruviy odam proporsiyalarini shunday qabul qilgan: tana uzunligiga nisbatan kalla 1/8, yuz 1/10, kalla tepasidan ko’krakgacha 1/4 deb. Quloch yozilsa tana uzunligi bilan barobar. Kvadrat Leonardo da Vinchini (1452-1519) kanoniga aylandi. Xozirgi paytda amaliyotda ko’proq insonni antropometrik o’lchamlari qo’llanilmoqda.
Antropometriya- bu antropologiyani bir qismi bulib inson tana a’zolarini o’lchamlari, funksional va morfologik xususiyatlarini o’rganadi.
Xajmiy - fazoviy strukturalarni tuzishda va fazoviy muxitni funksional parametrlarini meyorlashda antropometrik o’lchamlar bularga asos bo’lib qoladi. Klassik va ergonomik antropometrik xususiyatlar borligi ma’lum. Birinchisi inson tanasini proporsiyalarini, yoshga doir morfologik o’zgarishlarni o’rgansa, ikkinchisi – jixozlarni va ish joylarni loyxalashda qo’llaniladi.
Antropometrik xususiyatlar statik va dinamik buladi. Statik xususiyatlar odamni xarakatsiz xolda turganda, o’tirganda, yotganda va boshqa vaziyatlarda o’lchanadi.Bu ulchamlar jixozlarni parametrlarini,yo’laklarni enini va boshqa o’lchamlarni aniqlashda qo’llaniladi. Bu o’lchamlar miqdori jinsga,millatga qarab 1.2; 1.3 rasmlarda va 1.1; 1.2 jadvallarda keltirilgan.
Dinamik antropometrik xususiyatlar –bu odamni fazoda xarakat xoldagi o’lchamlari. Bular uzunlik va burchak o’lchamlari bilan aniqlanadi (kallani burish,egish burchaklari, qulni ko’targandagi o’lchamlari va x.k) Bu ma’lumotlar ko’rish zonalarini, dastaklarni burish burchaklarini aniqlashda kerak bo’ladi.
Antropometrik o’lchamlar asosan jadval shaklida bo’lib bu yerda ma’lumotni urtacha arifmetik miqdori (M),o’rtacha kvadratga oshirilgan o’zgarish(b) va 5, 95 persentillarga mos keladigan o’lchamlar keltiriladi.
Persentil – bu o’lchamga jalb qilingan xamma odamlarni yuzdan bir miqdori, o’lchami foiz xisobida. Har bir ko’rsatgichni (masalan odam bo’yi) o’lchamlari qiyshik grafik chizig’i bilan chegaralgan teng 100 qisimga bo’linadi. Bir qism persentil deb ataladi. Har persentilni o’z raqami bor.
Erkak kishini antropometrik parametrlari (Alvin R va Tilley bo’yicha); ma’lumotlar uch persentil bo’yicha keltirilgan: yukorisi -95 persentil, o’rtasi-50 persentil,pastdagi-5persentil (XX asrni 90 yillari).
1.2. Erkak kishini antropometrik o’lchamlari. (Alvin R. Tilley bo’yicha);
yuqori – 95 –y persentil, o’rta – 50-y persentil, pastki -5-y persentil
1.3 Rasm Ayol kishini antropometrik o’lchamlari. (Alvin R. Tilley bo’yicha); yuqori – 95 –y persentil, o’rta – 50-y persentil, pastki -5-y persentil
Beshinchi persentil qiyali grafikda kursatkichni eng kam miqdoriga ega bulgan 5% odamlarni chap tomondan chegaralab to’radi, 95 persentil – o’n tomondan ko’rsatkichni eng katta miqdoriga teng bo’lgan 5 % odamlarni o’n tomondan chegaralab turadi; 50 persentil –M kursatkichni o’rtacha arifmetik miqdoriga teng.
Yuqori yoki past chegaraga to’g’ri keladigan antropometrik kursatgichni raqamli miqdorlari boshlang’ich deb ataladi. Bular ish joyini persentillar bo’yicha xisoblaganda antropometrik me’yorlarga bo’linadi.
Shuni esda tutish kerakki, tana o’lchamlarini eng katta farqi bu individual, (gruppa ichida ) undan so’ng gruppalar aro (jinsiy, yoshga doir, etnik)
Ish joyini parametirlarini xisoblaganda ko’pchilik odamlarga komfort sharoitni yaratishni nazarda tutish fakat 50 persentilga asoslanmasdan 5 dan 95 persentilgacha bo’lgan antropometrik o’lchamlarini xisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |