Ма’ruza № 1 Маvzu: Mashinasozlik soxasida mutaxassislarni tayyorlashda fanning o'rni va axamiyati - Reja: 1. Mashinasozlikda texnologik innovatsiyalar va ilg’or texnologiyalar mashinasozlikda maxsulot olish va uning raqobatbardoshligining asosiy garovidur. 2. Ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarning rivojlanishining asosiy bosqichlari.
“Texnologiya” so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, ikkita so’zdan tashkil topgan, “Texnos” – qanday qilmoq va “logika” - fan degan tushunchalarni beradi. Demaq texnologiya - bu fan, u yoki bu mahsulotni qanday ta’rifi quydagichdir. Texnologiya – bu, ma’lum ishlab chiqarish sharoitiga u yoki bu mahsulotlarni tayyorlashda uzoq muddatlar ichida tayyorlashda qo’llanish mumkin bo’lgan va asoslanib ishlab chiqilgan usullar to’plamidir. Insonning rivojlanish bosqichlarining boshlarida oddiy ko’rinishidagi texnologiyalaridan foydalanib kelingan, masalan, toshdan yasalgan mehnat qurollarini tayyorlash. Inson ongining taraqqiy etib rivojlanishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish texnologiyasi o’z navbatida takomillashib ketmoqda, ishlab chiqariladigan mahsulotlar murakkablashmoqda va sifat ko’rsatkilarining darajasi ortib bormoqda. Korxonalarda texnologiyalarni oddiydan boshlab murakkablarini qo’llash bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish ta’minlanadi, ya’ni kishilik jamiyatining taraqqiy etish darajasi bilan qo’llanilayotgan yoki qo’llanishi mumkin bo’lgan texnologiyalar o’zaro bog’liq va ular biri ikkinchisiga ta’sir etishga qodirdir. - 1. Mashinasozlikda texnologik innovatsiyalar va ilg’or texnologiyalar mashinasozlikda maxsulot olish va uning raqobatbardoshligining asosiy garovidur.
- Texnologik jarayonlarning murakkabligi uning progressivligi to’g’risidagi ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Progressiv texnologiya – ishlab chiqarish sharoitida kam sarf-xarajat bilan yuqori sifavtli mahsulotni olish usulidir. Progressiv texnologiya uchun berilgan ta’rifda, bir tomonlama qaraganda, antogonistik tushuncha yotadi, amalda, yuqor sifatli mahsulotni olish uchun sezilarli darajadagi sarf-xarajat sarflanadi. SHuning uchun ham, progressiv texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etishdan maqsad – kam unumdorlikka ega bo’lgan xarajatlarni kamaytirish, ularning salmog’ini minimal holatga keltirish, natijada mahsulotning kerakli sifatini ta’minlash yotadi.
- Progressiv texnologiya kompleksi quyidagi farqli yutuqlarni beradi:
- yuqori darajali mexanizatsiyalash hamma parametrlari bo’yicha ma’lumotlar bera olishi ta’minlashni;
- yuqori darajali mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni;
- kam mehnat sarflashni;
- sodir etiluvchi jarayonlarning hamma parametrlar bo’yicha ma’lumootlar bera olishni ta’minlashni;
- texnologik qurilmaning asosiy qismlari diagnostikasi;
- qayta aloqa qilish yo’li bilan jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish, modellashtirish va yechimni berish imkonini yaratish;
- jarayonni intellektual boshqarish;
- ishdan chiqish holatlarini avtomatik ravishda agohlantirish va ularni tiklash;
- ekologik himoyalanganligi, chiqindisiz texnologiya va zararli chiqindilardan mustasnoligi bilan ta’minlash va shunga o’xshashlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |