Texnologik jarayonlarda sodir bo’luvchi parametrlardan tashqari texnologik mashinaning o’zini ham nazorat qilish zarur. Masalan, metall kesuvchi dastgohning alohida qismlarining qizish darajasi, titrash, kesuvchi qirrasining yemirilishi – bularning hammasi mashina detallariga mexaniq ishlov berishda namoyon bo’lib, ularning o’lcham aniqligiga va yuza sifati ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Texnologik jihozlarning holatini diagnostika qilish orqali nafzorat etilishi kerak bo’lgan parametrga sozlangan nazorat – o’lchov priboriga ulangan datchiklar sistemasidan foydalaniladi. Bu sistema berigan miqdor chegarasidan og’ishini bildirib, operator (boshqaruvchi) ning aralashishini talab qiladi. Masalan, keskichning kesish xususiyatini yo’qotganligini xabar qiladi. Agarda texnologik jarayonda va texnogologik jihozning qism (bo’g’in)larida sodir bo’ladigan ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinasiga (EHM) dastur orqali kiritilsa, texnologiyaning boshqarishini avtomatlashtirilishi mumkin. EHMning dasturi ta’minoti texnologiyani matematik modellashtirish asosida bo’lishi kerak. Nazorat qilinuvchi parametrlar orqali buyruq berish bilan “qayta tiklaydi”, agar zarur bo’lsa, uni holatiga tuzatish kiritishi mumkin. Alohida olingan texnologik jarayonlarning matematik modeli ko’p o’lchamli va o’zaro bog’langan bo’lishi kerak. Masalan, isitgich temperaturasining avvalgi holatini saqlab qolish uchun u orqali oqib o’tadigan suyuqlik tezligini pasaytirish (boshqarish) matematik model tarkibiga kiritilgan bo’lishi kerak. Agar texnologik jarayonlar modellarining hammasi bir sistemaga keltirilib, avtomatik ravishda qayta bog’lanishni ta’minlovchi mehanizmlar (to’sgich temperaturani va tokni o’zgartiruvchi kabilar) yordamida yagona sistemaga keltirilgan holda EHMga keltirilsa, u holda intellektual avtomatik sistemasiga ega bo’linadi. Bu sistema texnologik jarayonning sodir etilishini konkret sharoitga bog’liq holda avtomatik ravishda u yoki bu bu yechimlarni kerakli tuzatishlar bilan optimal ko’rinishidagisini qabul qilib uzatib beradi. Ma’lumki, bu hamma variantdaga yechimlar o’qib o’rganilib chiqilgandan so’ng kompьyuterga kiritiladi. Avtomatik boshqarish sistemasida yordamchi avtomatik xabar beruvchi va muhit ta’sirlaridan himoyalovchi yordamchi tarmoq ulangan. Bu holda datchiklar sistemasi nazorat qilinadigan qiymatining chegaraviy miqdoriga (maslan, havo temperamenturasiga yoki havo tarkibidagi tutundan yong’inga qarshi xabar beruvchi “xabarlatgich” sistemasi ishga tushadi va avtomatik ravishda u holatni yo’qotishga yoki oldini olishga buyruq beradi. - Progressiv texnologiya ekologiyani himoyalash (tabiatni, ishlatilgan suvdan qayta foydalanishni, chiqindisiz texnologiya yoki chiqindilardan, ularni qayta ishlash bilan foydalanishni) bmlan boshqa turdagi texnologiyalardan farqlanadi.
- Zamonaviy texnologiyalarni qo’llashda va tadbiq etilishda yuqoridagi ko’rib chiqilgan hamma tomonlarga ahamiyat berilishi zarur yoki ularning bir qismi qo’llanishi mumkin. Lekin ulardan qanday foydalanilganidan qat’iy nazar talabdagi sifatli mahsulotga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |