Амалий машғулотлар


Mavzu: Shartli ehtimol. Erkli hodisalar va ko‘paytirish qoidasi



Download 0,49 Mb.
bet5/16
Sana06.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#640980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu Tasodifiy hodisalar va ehtimol tushunchasi. Hodisalarning

Mavzu: Shartli ehtimol. Erkli hodisalar va ko‘paytirish qoidasi
Reja:

  1. Shartli ehtimol tushunchasi.

  2. Erkli hodisalar. Ehtimollarni ko‘paytirish qoidasi.

Tayanch iboralar: Sababli bog‘lanish, qandaydir bog‘lanish, hodisalarning birining yuz berishi ikkinchisining imkoniyatlarini oshirishi, Shartli ehtimol, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar (erkli hodisalar), ehtimollarni ko‘paytirish qoidasi, to‘la ehtimol.

Shartli ehtimol tushunchasi


Agar ikkita A va V hodisalar birgalikda qaralayotgan bo‘lsa, ulardan birining yuz berishi ikkinchisining yuz berishiga qanday ta’sir qilishini bilish katta ahamiyatga ega. Hodisalar orasidagi bunday bog‘lanishlarning eng soddasi sababli bog‘lanishlardir. Bunda A hodisaning yuz berishi V hodisaning yuz berishiga va aksincha A hodisaning yuz bermasligi V hodisaning ham yuz bermasligiga olib keladi.
Misol. A hodisa biror korxona mahsulotlaridan tasodifan olingani yaroqsiz emasligidan iborat, V hodisa esa shu mahsulotning birinchi sortli bo‘lishidan iborat bo‘lsin. Bunda V hodisaning yuz berishi A hodisaning yuz berishiga olib keladi va aksinchaA hodisa V hodisaning yuz berishini inkor qiladi. Lekin amalda hodisalar orasida sababli bog‘lanishlar bo‘lmasdan balki qandaydir bog‘lanish bor bo‘lishi mumkin.
Misol. O‘yin soqqasi tashlanganda juft ochkoning tushishi A hodisa, 3 dan ko‘p ochkoning tushish V hodisa bo‘lsin. Bu erda sababli bog‘lanish yo‘q. Lekin qandaydir bog‘lanish bor. Haqiqatdan ham, V hodisaning keltirilgan uchta hollardan (4, 5, 6 ochkolarning tushishi) ikkitasi (4 va 6 tushishi) A hodisaning yuz berishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun, agar V hodisani yuz berdi deb hisoblasak A hodisaning yuz berish imkoniyati bo‘ladi. Ammo soqqani tashlashning natijasi haqida qo‘shimcha axborot bo‘lmagan holda A hodisaning yuz berish imkoniyati nisbat bilan baholanadi. bo‘lganligi uchun V hodisaning yuz berishi A hodisaning ikoniyatini oshirishi ko‘rinib turibdi.
Ta’rif. A va V lar qandaydir  tajribaga nisbatan tasodifiy hodisalar bo‘lib, R(V)>0 bo‘lsin.

son V hodisa yuz berish sharti ostida A hodisaning ehtimoli yoki A hodisaning Shartli ehtimoli deyiladi.
V hodisa sharti bilan A hodisaning ehtimoli R(A/V) ko‘rinishda belgilanadi. Ta’rifga ko‘ra
R(A/V)= (1)
tenglikka ega bo‘lamiz.
Bu tenglikdan
R(AV)= R(A/V)R(V) (2)
kelib chiqadi. Bu tenglik ikkita hodisa ko‘paytmasining ehtimoli ulardan birining ikkinchisi sharti ostidagi ehtimoli bilan ana shu shart ehtimoli ko‘paytmasiga tengligini bildiradi.
Agar R(A)0 bo‘lsa, u holda (2) tenglik bilan birga
R(VA)=R(V/A)R(A) (3)
tenglik ham o‘rinli bo‘ladi. (2) va (3) lardan:

R(A/V)R(V)=R(V/A)R(A) (4)


Misollar.
1. O‘yin soqqasining hamma tomonlariga yaltiroq bo‘lmagan qog‘oz yopishtirilgan. 1, 2, 3 yoqlarga qizil rangli, 4, 5, 6 yoqlariga esa qora rangli qog‘ozlar yopishtirilgan. Soqqani tashlaganda qora rangli yoq tushdi. SHu soqqada juft son bo‘lish ehtimoli qanday?
Echish. Biz R(A/V) Shartli ehtimolni topishimiz kerak. Bunda A juft sondagi ochkoning tushishidan, V hodisa esa 3 dan katta sondagi ochkoning tushishidan iborat. Bu erda R(AV)= R(V)= . Demak, R(A/V)= (R(A)= bo‘lishini ko‘rish mumkin).



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish