“Q uvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur
Nizom
yoshlar
o‘rtasida
“Quvnoqlar
va
zukkolar”
ko‘rik-tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini
belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tanlovda mahallalardagi yoshlar ishtirokida
shakllantirilgan
jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
2. Tanlov yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yana-da mustahkamlash
va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy hayotida
amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan
tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi
ijtimoiy faolligini
oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-
ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh
vaqtlarini
mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va ularning o‘z iqtidorlarini
namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o‘tkaziladi.
II. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
3. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish mas’ul tashkilotchilarning
vakillaridan tarkib topgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi)
zimmasiga yuklatiladi.
4. Tashkiliy qo‘mita tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha
bosh masalalarni hal etadi, shu bilan birga ariza, shikoyat va takliflarni ko‘rib
chiqadi.
Shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha
Badiiy Kengash hamda hakamlar hay’ati tarkibini tasdiqlaydi. Tashkiliy qo‘mita
huzuridagi Badiiy Kengash ruxsati bilan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-
tanlovining bayram tadbirlari, festivallar tashkil etilishi mumkin.
5. Jamoalar chiqishlarining yuqori saviyada bo‘lishi, sahna ko‘rinishlarini
tahrir qilish, boyitish va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Quvnoqlar va
zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Badiiy Kengash tashkil etiladi.
6. Badiiy Kengash tarkibi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi,
Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat targ‘iboti markazi, oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi hamda tegishli soha vakillaridan
iborat bo‘lishi mumkin. Badiiy Kengash tarkibiga o‘zgartirish
kiritish masalasi
faqat mavsum yakunida ko‘rib chiqiladi.
Jamoalar tegishli bellashuvlar boshlanishidan kamida 5 kun oldin
chiqishlarining ssenariysini (yozma ravishda, tasdiqlangan holda) Badiiy
Kengashga yetkazib berishi lozim. Badiiy Kengash jamoalar tomonidan taqdim
etilgan ssenariylarning sir saqlanishi va boshqa jamoalarga oshkor qilinmasligiga
kafolat beradi.
7. Badiiy Kengash chiqishlaridagi ma’naviyatimizga
zid hazillar va sahna
ko‘rinishlarini olib tashlashga haqli. Badiiy Kengash ko‘rigidan o‘tmagan yoki olib
tashlangan
hazillarni
sahnaga
olib
chiqqan
jamoalar
bellashuvlardan
chetlashtiriladi va qat’iy choralar ko‘riladi.
8. Jamoalarning har bir chiqishlarini Badiiy Kengash a’zolaridan kamida bir
nafar a’zosi kuzatishi va ssenariyda ko‘zda tutilmagan qo‘pol va uyatsiz hazillarga
yo‘l qo‘yilsa 5 balgacha jarima belgilab, o‘yin so‘ngida yakuniy ballar e’lon
qilinishidan oldin hakamlar hay’atiga taqdim etishi lozim.
9. Badiiy Kengash o‘z faoliyati yuzasidan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida
hisobot berib boradi. Jamoalarning ssenariy va sahna ko‘rinishlarini muharrir
ko‘rigidan o‘tkazadi. Mavsumdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok
etadigan jamoalar to‘g‘risida tashkilotchilar tomonidan Badiiy Kengashga
oldindan xabar berishlari shart.
10. Jamoaning mavsumda qatnasha olmasligi bilan bog‘liq
fors-major
holatlar yuzaga kelganda jamoa Badiiy Kengashga bellashuvdan 5 kun oldin
ma’lum qilishi shart. O‘z vaqtida xabar bermagan jamoaga nisbatan belgilangan
tartibda (mavsumdan chetlashtirish, qilingan xarajatlarni undirib olish va boshqa
javobgarliklar) chora ko‘riladi.
11. Jamoaning tarkibi o‘z klubi a’zolaridan iborat bo‘lishi kerak. Shuningdek,
ko‘rik-tanlov
paytida kiyinish xonasi, repetitsiya zali va sahna ortida faqat jamoa
a’zolari bo‘lishi shart.
12. Badiiy Kengash tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda jamoa nomi,
birinchi bor ko‘rsatilgan barcha materiallar (hazil mutoyiba, ashula, raqs, sahna
ko‘rinishlar, rejissyor qarorlari va x.k.) O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik
huquqi” qonuniga muvofiq Badiiy Kengash va “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari
hamkorligidagi shaxsiy ijod mahsuli hisoblanadi. Jamoalar ko‘rsatilayotgan barcha
materiallar ustidan mualliflik xuquqiga ega va Badiiy Kengash roziligisiz hech
qanday materiallar muallifini ko‘rsatmay turib
uchinchi shaxsga berilishi, tijorat
maqsadida ishlatilishi va ommaviy axborot vositalarida (shu jumladan elektron
shaklda) nashr etilishi, ko‘rsatilishi mumkin emas. Badiiy Kengash barcha
tashkiliy masalalarni hujjatlashtiradi va ular ustidan nazorat olib boradi.
13. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoalarni shakllantirish mahalladagi yoshlar
yetakchilari tomonidan amalga oshiriladi.
III. Tanlov bosqichlari
Tanlova mahalla yoshlari o‘rtasida 5 bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi (mahalla)
bosqich:
mahallalardagi har bir ko‘chalardan
shakllantirilgan jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. G‘olib deb topilgan 1 ta
жамоа турнирнинг сектор боскичида иштирок
этиш учун йулланмани
кулга киритади.
И ккинчи (сектор) боскич: турнирнинг махалла боскичида голиб
булган жамоалар уртасида утказилади ва голиб деб топилган 1 та жамоа
турнирнинг махаллий
Do'stlaringiz bilan baham: