(туман, шауар)
боскичида иштирок этади.
Учунчи
(махаллий)
боскич: туман (шахар)лардаги мавжуд 4 та
секторда голибликни кулга киритган жамоалар уртасида утказилади ва голиб
деб топилган 1 та жамоа турнирнинг худудий боскичига йулланмани кулга
киритади.
To‘rtinchi (hududiy) bosqich: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir hududdan
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 tadan jami 14 ta jamoalar turnirning beshinchi
bosqichida ishtirok etadi.
Beshinchi (respublika) bosqich: yuqori bal to‘plagan jamoalar o‘rtasida
o‘tkaziladi.
Yuqorida belgilangan yo‘nalishlarda tashkil etilayotgan har bir turnir uchun
bellashuv shartlari alohida e’lon qilinadi.
Qoida tariqasida, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
bo‘yicha Badiiy Kengash taqdimiga asosan, Tashkiliy qo‘mita ruxsati bilan har bir
bosqichda ishtirok etuvchi jamoalar soniga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
18. Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazilishi mumkin.
-
“Tanishuv” sharti - jamoalar o‘zlarini tanishtirish xarakteriga ega bo‘lgan
ko‘rinishlar, hazil-mutoyiba, kuy-qo‘shiq, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna
ko‘rinishlar orqali chiqish qiladilar.
Ushbu shartdagi chiqish mazmunan jamoalar nomi, ta’lim muassasasi yoki
o‘zlari yashaydigan hudud tabiati, odamlari (xususan yoshlari) hayoti,
o‘y-kechinmalari, yoshlar orasida uchrab turadigan salbiy illatlarni yumor orqali
tanqid qilish, jamoaning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar,
lavhalar keltirish tartibida bo‘ladi.
Ushbu shart uchun 6 daqiqa vaqt ajratiladi.
Jamoalarning chiqishlari mazmuni, hazil-mutoyibaga boyligi, quvnoqligi,
rang-barangligi, kuy-qo‘shiq, raqs ijrosi, ishtirokchilar mahorati 5 ballik mezonda
baholanadi.
“Qisqa
hazillar”
sharti - jamoaning
1
nafar
a’zosi
tomonidan
30 soniyagacha bo‘lgan qisqa xazillar aytiladi. Mazkur shart bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda har bir jamoalar tomonidan navbati bilan
uchtadan qisqa hazillar aytiladi. Eng saviyasi past (eski, foydalanishdan chiqib
ketgan va bachkana) hazillar aytgan jamoa 0 ball bilan shartni tark etadi. Qolgan
jamoalar ikkinchi bosqichda 0,2 ball uchun navbati bilan bittadan qisqa hazillar
aytadi.
- “Musiqiy chiqish” sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar
qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda, hayotda (xususan yoshlar
hayotida) uchraydigan turli xil qiziq voqeliklar, illatlar, kamchiliklar kulgu ostiga
olingan teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar)dan iborat chiqishdir.
Ushbu shartda jamoalar chiqishlari uchun 8 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Chiqishlarning saviyasi yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida ayrim
o‘rinlarda fonogrammadan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Taniqli san’atkorlar
qo‘shiqlariga o‘xshatmalar qilingan taqdirda, qo‘shiq so‘zlari jamoalar tomonidan
yozilishi va ijro etilishi talab etiladi. San’atkorlarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi
kerak.
Jamoalar chiqishlarining mazmuni, hayotiyligi, dolzarbligi, hazil-mutoyibaga
boyligi,
musiqa-qo‘shiqlardan
samarali
foydalanilgani,
quvnoqligi,
rang-
barangligi, ishtirokchilar mahorati 6 ballik mezonda baholanadi.
- “Vatan m adhi” sharti - bu shartda yoshlar o‘rtasida milliylik, yurtimizdagi
tinchlik va barqarorlik, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga yaratilgan imkoniyat va
sharoitlar to‘g‘risida, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va
vatanparvarlik tuyg‘ularini yana-da kuchaytirishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari
aks etilishi lozim. Bunda jamoalar tomonidan sahna ko‘rinishi uchun tanlangan
mavzu, ishtirokchilarning ijrochilik mahoratlariga, targ‘ibot usuliga baho beriladi.
Jamoalar foydalangan fonogrammadagi qo‘shiqlar matni jamoalarning o‘zlari
tomonidan yozilgan bo‘lishi shart. Jamoa vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinish,
sahnako‘rinishlar ketma-ketligini namoyish qiladi.
Ushbu shartda jamoalar chiqishlari uchun 8 daqiqagacha vaqt ajratiladi,
ishtirokchilar mahorati 6 ballik mezonda baholanadi.
25.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovda ishtirok etadigan jamoalarga
quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Tanlovning barcha bosqichida tashkil etiladigan har bir bellashuvda
ishtirokchi jamoalar soni 3 tadan kam bo‘lmasligi hamda 5 tadan oshmasligi
belgilanadi. Jamoa a’zolari soni 14 nafardan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
- jamoalarning chiqishlari yuqori saviyali bo‘lishini ta ’minlash maqsadida
tegishli mutaxassislar (Badiiy Kengash ruxsatiga ega rejissyor, bastakor, yozuvchi
va hokazo) ko‘magidan foydalanishga ruxsat etiladi, ammo ular jamoa tarkibiga
qabul qilinmaydi;
- jamoalar yuqoridagi shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarida yoshlarni
vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhini tarbiyalash g‘oyalarini aks ettirishga
alohida e’tibor qaratishi belgilanadi;
- har bir tur o‘yinlari uchun jamoalar tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘lgan
shartlar Badiiy Kengash tomonidan tanlab beriladi;
- jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida avvalgi bellashuvlarda
ishlatilgan hazillar, boshqa jamoalar tomonidan ishlatilgan hazillar, eski latifalar,
rus tilidagi bellashuvlarda ishlatilgan hazillarni ishlatishi ma’n etiladi;
- jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida uyatsiz, bachkana, qo‘pol-
qaltis hazillar, taniqli insonlar, san’atkorlar shaxsiga, hakamlar hay’ati a’zolari
shaxsiga nisbatan masxaraomuz va raqib jamoalarga nisbatan kamsituvchi hazillar
ishlatishi ma’n etiladi;
- jamoalar tanlovning Tashkiliy qo‘mitasiga ariza, shikoyat va takliflar bilan
murojaat qilish huquqiga ega.
26. Jamoalar o‘z chiqishlarida Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat,
vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va e’zozlash, ta ’lim muassasasi,
mahalla va oiladagi qadriyatlarni ardoqlash, shuningdek
bunyodkorlik, mehnatsevarlik, yoshlik, do‘stlik hamda tinchlik g‘oyalaridan
foydalanib chiqishlar qilishi - baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
27. Jamoalarga o‘z chiqishlarini tayyorlashda quyidagi mavzularga murojaat
qilishi tavsiya etiladi:
- zararli g‘oyalar, oqimlarga qarshi kurashish;
- odam savdosiga qarshi kurashish;
- “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish;
- ekologik muammolarning oldini olish;
- ichkilikbozlik va chekishga qarshi kurashish;
- erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi kurashish;
- mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka qarshi kurashish;
- muomala madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
- kiyinish madaniyatidagi kamchilik va illatlarga qarshi kurashish;
- xushomadgo‘ylik va ta’magirlik holatlariga qarshi kurashish;
- sog‘lom turmush tarzi;
- ta’lim-tarbiya jarayonlari.
28. Tanlov shartlarini baholash hamda g‘oliblar va boshqa ishtirokchilarni
taqdirlash Tashkiliy qo‘mita huzuridagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini
o‘tkazish bo‘yicha Badiiy Kengash tomonidan tuziladigan hakamlar hay’ati
tomonidan amalga oshiriladi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari,
shuningdek madaniyat va san’at sohasi vakillari kiritilishi mumkin.
29. Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng
yuqori ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi. Agarda
jamoalar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolgan taqdirda
I-II-III o‘rinlarni taqsimlash hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan hal etiladi.
V. G ‘oliblarni taqdirlash
30. Tashkilotchilar, hamkor tashkilotlarning I, II va III darajali diplomlari va
qimmatbaho sovg‘alari bilan, tanlov davomida aniqlangan turli yo‘nalishlardagi
eng faol guruh a’zolari va ishtirokchilari esa rag‘batlantiruvchi diplom va sovg‘alar
bilan taqdirlanadilar.
Tanlov davomida hakamlar hay’ati tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha
tanlovning faol ishtirokchilari tanlab olinib, ular esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlanishi mumkin.
31. Tanlovning final bosqichi g‘olibiga “Ko‘chma kubog” topshiriladi. Ikki
yil davomida ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa “Ko‘chma kubok”ning
doimiy egasiga aylanadi.
VI. Yakuniy qoidalar
32. Tanlovni
o‘tkazish
bilan
bog‘liq
barcha
xarajatlar
mas’ul
tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
33. Davlat va nodavlat tashkilotlar tanlovda homiylik qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |