1-topshiriq.
Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
1. Konsorsiya
2. Noosfera haqida umumy tushuncha
3. Muhofazaga olingan hududlar
Javoblar :
Konsorsiya (lot. concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni topik va trofik (oziq) bogʻlanish asosida birlashtiradigan biotsenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) K.ga misol boʻladi. Edifikator (biotsenozda asosiy oʻrin tutadigan turlar) — oʻsimliklar bilan fitofaglar va ularning parazitlari, mikoriza zamburugʻlari, epifitlar va in quruvchi qushlar oʻzaro bogʻlangan. K. haqidagi tushunchalar 20-asrning 50-yillari boshlarida rus olimlari V.N.Beklemishev va L.G.Ramenskiylar tomonidan shakllantirilgan.
Noosfera (yunoncha: noos — akl-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi xrlati. N.da inson biosfera rivojla-nishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. N. tushunchasini 1927-yilda fransuz olimlari E. Lerun va P. Teyetyar de Sharden fanga kiritishgan boʻlib, ular N.ni biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni oʻrab olgan akl-idrok kavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-asrning 30—90- yillarida N. toʻgʻrisidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida paydo boʻlgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yoʻlida qayta tashkil etilgan evolyusion xrlatidir. Tibbiyot qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy qonuniyatlari bilan uygʻunlashib ketishi N. uchun xos xususiyat hisoblanadi. N.ning ayrim tarkibiy-funksi-onal elementlari jamiyat rivojlanishining hozirgi davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muam-molarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning N.ga aylanishi ham kuchayib boradi.
O’zbеkiston hududida 17 maxsus muxofazaga olingan tabiiy xududlar faollik kursatib, kеlmoqda. Ular 9 qo’riqxona, noyob xayvon turlarini kupaytirish bilan shug’ullanuvchi ekomarkaz, 2 milliy yoki xalq bog’lari, tabiat yodgorliklari va 6 buyurtmaxonalardir. Rеspublika buyicha maxsus muhofazaga olingan xududlarning umumiy maydoni 2 mln. ga. Tabiatning noyob, ya'ni tabiiy komplеkslari, barcha boyliklari bilan birga, shuningdеk, xilma-xil o’simlik va hayvonot dunyosi birga muxofazaga olingan. Jumladan, bеtakror archazor urmonlari, to’qayzorlar hamda xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan kupchilik o’simlik (700 tur) va 350 dan ortiq xayvon turlari muxofazaga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |