yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan eri (geografik koordinatali
nuqtalari, WGS-84 xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;
yer qa’ri uchastkasi joylashgan erning fotosurati (15x20 sm);
yer uchastkasining maydoni (gektarda);
yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;
savdoga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich narxi;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish, shu jumladan, ushbu yer
uchastkasidan ijara huquqi
asosida foydalanish shartlari loyihasi;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslarning
o‘zlari razvedka qilgan konda kavlash ishlariga mutlaq huquqi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
qonunchilikda belgilangan tartibda operator tomonidan so‘ralgan boshqa hujjatlar ham
taqdim etiladi.
64. Takroriy auksionning boshlanish (o‘tkazish) sanasi va lot haqidagi axborot kamida 30 kun
oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
65. Auksion narxlarni oshirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi.
66. Ishtirokchilar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini “E-auksion” elektron savdo
platformasida lot bo‘yicha ariza berish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi (imzolaydi).
Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini ERI bilan imzolamagan talabgorlar
onlayn-auksion savdolariga qo‘yilmaydi.
ERI bilan imzolangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari
yer uchastkasidan ijara
huquqi asosida foydalanish shartlarini ham nazarda tutadi va ijara shartnomasi kuchiga ega
bo‘ladi.
67. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun
zakalat puli quyidagicha belgilanadi:
geologik jihatdan o‘rganish uchun — auksion obyekti boshlang‘ich narxining 100 foizi
miqdorida;
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun — auksion obyekti boshlang‘ich narxi BHMning 4
ming baravarigacha bo‘lganda, ushbu narxning 50 foizi, BHMning 4 ming baravariga teng va
BHMning 20 ming baravarigacha — 20 foiz hamda BHMning 20 ming baravariga teng va undan
yuqori qiymatda — 10 foiz miqdorida;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun — auksion obyekti
boshlang‘ich narxining 50 foizi miqdorida.
68. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan
yuridik shaxslar ular
tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsatnoma olish uchun berilgan
mutlaq huquq muddati tugagandan so‘ng auksionda ishtirok etgan taqdirda, kondan foydalanish
huquqi uchun ruxsatnoma olishga ustunlik huquqi saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan
ishtirokchining ustunlik huquqi mavjudligi to‘g‘risida operatorga taqdimnoma kiritilganda, ustunlik
huquqi berilishi inobatga olinadi.
Ustunlik huquqi auksion ishtirokchisiga auksionda g‘olib bo‘lgan taqdirda, yer qa’ri
uchastkalaridan foydalanish huquqining qiymatini to‘lashda ushbu obyekt boshlang‘ich narxining
o‘n foizi miqdorida chegirma qo‘llash huquqini beradi.
Bunda auksion g‘olibi tomonidan operatorga auksion obyektining sotish qiymati to‘liq to‘lab
beriladi va operator tomonidan chegirma summasi auksion g‘olibining shaxsiy hisobvarag‘iga
qaytariladi.
69. Operator auksion g‘olibi tomonidan sotib olish (ijaraga olish) to‘lovlari to‘liq to‘langandan
so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay auksion g‘olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda
mazkur bayonnomani va g‘olib tomonidan imzolangan yer qa’ridan foydalanish shartlarini auksion
g‘olibining va buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya
va mineral resurslar
qo‘mitasi)ning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi, shuningdek, tegishli axborotni o‘z
veb-portalida joylashtiradi.
Operator bayonnoma va yer qa’ridan foydalanish shartlarini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan
rasmiylashtiradi.
70. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bir ish kuni
mobaynida bayonnoma asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish
huquqi uchun tegishli
ruxsatnomani ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda,
savdo platformasi orqali operatorga yuboradi.
71. Operator rasmiylashtirilgan ruxsatnomani auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi
va auksion g‘olibi tomonidan obyekt qabul qilib olinganligi tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni
mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga pul
mablag‘larining unga tegishli bo‘lgan ulushini (operator xizmat haqi chegirilgan holda) o‘tkazib
beradi.
Operator auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma va ruxsatnoma nusxalarini ikki ish kuni
ichida elektron pochta orqali yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga jo‘natadi.
72. Operator tomonidan bir ish kunida savdo platformasida sotishdan olingan pul
mablag‘larining auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer qa’ri uchastkasining sotilgan narxidan
bir foizi operator hisobvarag‘iga, shuningdek:
strategik turdagi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan
olingan pul mablag‘larining uch foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasining hisobvarag‘iga va qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetiga
o‘tkaziladi;
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasini sotishdan olingan pul
mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining
hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari
o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini savdo platformasida
sotishdan olingan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasining hisobvarag‘iga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar
mahalliy budjetlari o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga o‘tkaziladigan
mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi hududida mineral xomashyo bazasini
rivojlantirish va qayta
to‘ldirishning yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga, auksion va tanlov savdolarini tashkil etish
bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek, qo‘mitaning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va ishchi-xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.
73. Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha
davlat komissiyasi qaroriga
asosan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha tender
hamda tanlovlar talabgorlarining takliflari savdo platformasi orqali elektron tarzda qabul qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: