davlat ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va
boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo‘lganda);
yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga — mavjud bo‘lganda) bo‘lgan
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
e) faoliyatning ixtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida ko‘rsatma;
j) faoliyatning ixtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa);
z) sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga ta’sir etadigan mavjud
yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar to‘g‘risida ma’lumot;
i) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha
organning
xulosasi (zarur bo‘lganda);
k) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar bo‘yicha:
balansda saqlovchi xatining skaner qilingan nusxasi;
ikki tomonlama imzolanadigan elektron shartnoma;
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona.
Sotuvchining (ijaraga beruvchining) qaroriga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq
platformadagi axborot bazasiga qo‘shimcha ma’lumot kiritilishi mumkin.
12. Sotish (ijaraga berish) obyektini platformada realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi arizaga O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital
ta’mirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi xulosalarini,
bandlik va mehnat
munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki obyektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi
ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusxalarini ilova qiladi.
14. Obyektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish operator tomonidan bayonnoma
rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n ish kun ichida:
davlat mulkini ijaraga berish elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yo‘li
orqali;
davlat mulki obyektlarini auksion yoki tanlovda sotishda yozma shaklda, hozir bo‘lish tartibida
amalga oshiriladi.
Sotuvchi (ijaraga beruvchi) auksion yoki tanlov obyektini auksion yoki tanlov g‘olibiga zarar
yetkazilmagan holda topshirishi shart.
15. Savdolar yakunlari ular bo‘yicha bekor qilingan yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor
qilingan yoki haqiqiy emas deb hisoblangan davlat mulki obyektlarining savdolarga qo‘yilishi
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining boshlang‘ich narxi bo‘yicha
sotib olish
qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi
o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanganda, davlat mulki obyektlarini davlat
mulki obyektining oxirgi savdolarga qo‘yilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narxi bo‘yicha
sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
ularni savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish
sanasi o‘rtasidagi muddat bir yildan oshmasa;
ijaraga beriladigan davlat mulki obyektining ijara haqi tayanch
stavkasining yillik miqdori
bo‘yicha ijaraga berishda — agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi
o‘rtasidagi muddat joriy yil uchun oxirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan
oshmasa;
davlat mulki obyektlarini Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining
qarorida belgilangan tartibda tanlov savdolari orqali sotishda — agar
savdolar yakunlari bekor
qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki
haqiqiy emas deb tan olish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.
16. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va
shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan
oshgan bo‘lsa, davlat mulki obyekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga
qo‘yilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: