Amaldagi versiyaga o‘tish



Download 46,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.02.2022
Hajmi46,18 Kb.
#444648
  1   2
Bog'liq
PQ-3571-сон 28.02.2018. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Hujjat 09.08.2018 sanasi holatiga
 
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI XODIMLARINING AYRIM TOIFALARI
MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Keyingi
 tahrirga qarang.
Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib
shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish,
jamiyatda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:
Keyingi
 tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ayrim
toifalarining:
Keyingi
 tahrirga qarang.
a) 2018-yil 1-martdan boshlab — mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar,
defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq
to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
b) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:
tayyorgarlik (5 yoshdan 6 — 7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar,
defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif
stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif
stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari
mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;
Keyingi
 tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif
stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon,
Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan
tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun,
Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi
tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida,
Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x
tumani xamda Farg‘ona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori
2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PQ-3904-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2018-y., 07/18/3904/1637-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.
3. 2018-yil 1-martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining
yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:


2018-yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq
to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019-yildan boshlab esa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda
tutsin;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus
jamg‘armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining
qat’iy ravishda 15 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi moddiy rag‘batlantirishning maxsus
jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin,
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini
nazarda tutsin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-
dekabrdagi PQ-3454-son
 qarorining 
32-ilovasiga 
ilovaga
 muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar
bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va
Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

Download 46,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish