O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Jizzax viloyati baxmal tumani XALQ TA’LIMI BO’LIMI BOSHQARMASI
Jizzax viloyati Baxmal tumani 1- son maktabning Boshlang’ich fani òqituvchisi Soatova Zuhraning o’qish fanidan “Baliqchi haqida ertak” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
2021 yil
Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:
O‘quvchi: Har tong ertalab turib,
Boramiz maktab tomon
Bizlar ilmga chanqoq
Ustozimiz mehribon
Qo‘limiz ko‘ksimizda
Hamma: Assalomu alaykum.
O‘qituvchi: Qalam tutgan nozikkina
Qo‘lingizdan o‘rgilay
Mehr bilan boqib turgan
Ko‘zingizdan o‘rgilay
Sizni juda sog‘inaman
Tongni intiq kutaman
Meni moyday erituvchi
So‘zingizdan o‘rgilay
Vaalaykum assalom, bolajonlarim.
Meni jajji qaqajonlarim.
Kimdir bugun navbatchi?
Yo‘qlamani beringchi. (Yo‘qlama beriladi).
Bolajonlar hozir biz
Qaysi darsni o‘tamiz?
O‘quvchilar: Hozir darsimiz o‘qish
O‘qiganlarni uqish
Kerakdir ko‘proq bilim
Bilim olishchun –chidam.
O‘qituvchi: Barakalla bolajonlarim! So‘zi a’lo qaqajonlarim. Aytingchi, D.T.S talabiga ko‘ra, nimalarni bilish kerak o‘qish fanidan?
O‘quvchilar:
Biz bir daqiqada 80-90 ta so‘zni o‘qiy olishimiz kerak.
Ravon, chiroyli, xatosiz o‘qishimiz kerak.
O‘z o‘qiganlarimizdan xulosa chiqarib, fikrimizni aniq bayon qila olishimiz kerak.
Darsimizni maqsadi;
Davomatni aniqlash;
Darsning maqsadini aytish; oltin qoidalar.
Novbatchi ma’lumoti
Menman bugun novbatchi ,Gullarga suv quyuvchi,
Doskani ham artuvchi, sanani ham aytguvchi,
Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Darsimiz davomida
Sinfni 3 guruhga bo’lib olamiz
ZUKKOLAR
BILIMDONLAR
TOPQIRLAR
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash Hikoya yuzasidan savollar tuzish. O'quvchilar taxminan shunday savollar tuzishadi: Savdogar kimlarga ziyofat berdi? Uning otasi kim edi? Savdogar qaysi toifadagi kishilar bilan muomala qilar edi? Ziyofatda kim ajralib turar edi? Qizcha nima deb maqtandi? U bolalarga nimani uqtirar edi? Nima uchun savdogarning qizi ran-jidi? Bolalar nima haqida bahs qilishdi? Bolalarning oldiga borishga kim uyaldi? Kambag'al bola munozarani eshitib nimalarni o'yladi? Yillar o'tgach shaharda qanday uy paydo bo'ldi? Xazinalar liq to'la uy kimniki edi? Kambag'al bola Torvaldsen kim bo'lib yetishdi?
Tuzilgan savollar doskada o'qituvchi tomonidan yozib boriladi.
Metod. Tarmoqlash metodi. Maqsad. O'qilgan asar yuzasidan o'quvchilarni tarbiyaviy xulosalar chiqarishga o'rgatish.
5. Qayta hikoyalash. O'quvchi doskadagi savollar va reja yordamida hikoyani qayta gapirib berishadi.
III. Fikrlash bosqichi.
1. Tarmoqlash usulidan foydalanib, matnda keltirilgan so'zlar orqali hikoya qahramonlariga tavsif berish.
Topshiriq quyidagicha bajariladi:
III. Yangi mavzuni bayoni: Shoir haqida ma’lumot beriladi
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi. Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).
Pushkin Aleksandr Sergeyevich (1799.26.5 (6.6), Moskva — 1837.29.1 (10.2), Peterburg) — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qoʻlida tarbiya koʻrgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. P.da nafis soʻzga mehrmuhabbatning paydo bulishida rus xalq qushiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan ena-gasi Arina Rodionovnaning taʼsiri, ayniqsa, kattadir. Oʻsha davrning eng nufuzli oʻquv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin sh.) litseyida oʻqish (1811—17) P.ning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. P. litseyni tugatgach, Peter-burgga kuchib borgan va tashki ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy ta-raqqiyoti uchun muhim bir davr edi.
BALIQCHI VA BALIQ HAQIDA ERTAK
A. S. Pushkin
O‘tgan choqda dengiz bo‘yida,
Chol va kampir umr surgandi;
Yer to‘lada — eski uyida
O‘ttiz uch yil birga turgandi.
Chol to‘r solib ovlarkan baliq,
Kampir esa yigirar urchiq.
Chol dengizga to‘r solsa bir gal,
Baqa yaproq ilindi yolg‘iz.
To‘r solganda chol ikkinchi gal
Ilindi-ku dengiz o‘lani.
To‘r solganda chol uchinchi gal,
To‘rga tushdi bir kichik baliq,
Jo‘n baliqmas, naq oltin baliq,
Oltin baliq xuddi odamday,
Tilga kirib yolvorib qoldi:
«Qo‘yib yubor dengizga, bobo,
Katta to‘lov to‘layman senga,
Ko‘ngling ne tilasa bergayman».
Hayron bo‘ldi, qo‘rqib ketdi chol:
O‘ttiz uch yil baliq ovladi,
Ammo baliq so‘zlaganini,
Eshitmagan edi umrida.
Chol baliqni qo‘yib yubordi,
Shunday dedi unga mehribon:
«Oltin baliq, tangri yor bo‘lsin,
Kerak emas menga to‘loving,
Mayli, tushgil moviy dengizga,
Erkin-erkin o‘ynab yuraver!»
Chol qaytdi-da kampir yoniga,
Aytdi shundoq qiziq mo‘jiza:
«Tutib oldim bugun bir baliq,
Jo‘n baliqmas — naq oltin baliq.
Baliq tilga kirib so‘zladi,
Ko‘p yalindi qo‘yib yubor, deb,
O‘z uyiga — moviy dengizga;
Katta to‘lov to‘layin, dedi,
Ne istasang berayin, dedi;
Men olgani botinolmadim,
Qo‘yvordim moviy dengizga».
Cholni qarg‘ay boshladi kampir:
«Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Ololmabsan baliqdan to‘lov!
Hech bo‘lmasa bitta tog‘ora —
So‘rab olmaysanmi undan sen,
Tog‘oramiz teshik-ku axir!»
Chol jo‘nadi moviy dengizga,
Mavj urmoqda dengiz qarasa,
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim bilan javob berar chol:
«Poshsho baliq, holimga achin,
Xo‘p urishdi kampirim meni:
Tinchlik bermas, qariding demas,
Kerak emish yangi tog‘ora,
Tog‘oramiz teshilgan axir».
Oltin baliq aytadi javob:
«Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin,
Borgil, berdim yangi tog‘ora».
Chol qaytsaki kampir yoniga,
Tog‘oralik bo‘libdi kampir.
Lekin urishdi kampir battarroq:
«Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Kir tog‘ora so‘rab oldingmi?
Kir tog‘ora mol bo‘larmidi?..
Keyin kampir uy so‘rabdi. Baliq yordamida begoyim va malika bo‘libdi. Ammo bularga ham ko‘ngli to‘lmabdi.
Nihoyat, cholga yana buyuribdi.
Jo‘na, tentak, baliqqa borgil,
Dengiz shohi bo‘lish istayman,
Xizmatimda tursin baliq ham,
Baliq bo‘lsin menga chopovul!»
Botinolmas so‘z aytishga chol,
Bo‘la olmas kampir so‘zini;
Tag‘in bordi moviy dengizga,
Qora quyun ko‘rar dengizda:
To‘lqinlar o‘shqirar g‘azabkor,
Ham to‘lg‘anar, ham uvlar tinmay.
Chol chaqirar baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib unga aytar chol:
«Poshsho baliq, holimga achin,
Jonga tegdi la’nati kampir...
Dengiz shohi bo‘lish istarmish,
Va dengizda yashash istarmish.
Sen ham borarmishsan xizmatga,
Bo‘larmishsan unga chopovul».
Bitta so‘z ham demadi baliq,
Suvga urib dumini faqat,
G‘oyib bo‘ldi dengiz tagiga.
Javob kutib turdi sho‘rlik chol,
Uzoq qolib dengiz bo‘yida.
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko‘rsa: tag‘in o‘sha yerto‘la.
Bo‘sag‘ada o‘tirar kampir,
Qarshisida teshik tog‘ora.
“Aqliy Hujum Metodi” dan foydalanamiz Ho’sh bolajonlar ushbu ertakda kim nimani tushundi ertak qahramonlari haqida firingiz qanday?
Bolalar ozlarining fikr mulohazalarini bildiradilar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Kichik guruhlar bilan ishlaymiz.
Guruhlarga mavzu doirasidagi savollar beriladi. Masalan:
1-guruh
1. Ertakni o‘qib chol bilan kampirning nutqini solishtiring.
Kampir cholni nima uchun jerkib gapiradi?
2. Oltin baliq kampirning keyingi talabini nima uchun
bajarmaydi?
2- guruh
1. Chol nima uchun baliqchani qo’yib yubordi?
2. Chol baliqchadan birinchi bo’lib nima so’raydi
3-guruh
1. Kampirga qanday ta’rif bergan bo’lardingiz?
2. Ertakning ohiri shunday yakunlammgani to’g’ri bo’ldimi?
“Mozaika mashqi amalga oshiriladi. Har 3 guruhga quyidagi mozaikalar beriladi
V. Darsni yakunlash va baholash
Guruhlarga berilgan baholar jamlanadi, g’olib guruh rag’batlantiriladi.
VI. uyga topshiriq berish: Ushbu ertak asosida rasm chizish hamda rasm asosida hikoya tuzib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |