2.2. Muammoli kreditlarni bartaraf etishning xorijiy tajribalari va uni
O‟zbekiston iqtisodiyotiga tadbiqi
Banklarning muammoli kreditlarini restrukturizatsiya qilish masalalari
dolzarb. Jahonning ko'p mamlakatlarida ishlamayotgan aktivlar muammosini
yechish hamda bank sohasidagi inqirozni bartaraf etish uchun davlat banklardan
muammoli aktivlarni sotib olgan. Bir qator mamlakatlarda hukumatlar tomonidan
banklarning "yomon" aktivlari bilan maqsadli ishlash uchun maxsus
korporatsiyalar tuzilgan.
Xalqaro
amaliyotda
muammoli
aktivlarni
boshqarishga
asosan
markazlashgan va markazlashmagan ikkita yondashuv qo'llaniladi. Birinchi
yondashuv davlat tomonidan butun bank tizimining muammoli aktivlarini sotib
olish va boshqarish bo'yicha maxsus korporatsiya tuzilishini ko'zda tutadi.
Markazlashmagan usulning mohiyati, bankning tarkibida yoki uning
doirasidan tashqarida ishlamayotgan aktivlarni boshqarish bo'yicha tegishli
tuzilmani tashkil etishdan iboratdir. U Shvetsiya va Polshada qo'llanilgan.
Yaponiyada va Shvetsiyada muammoli kreditlar bilan ishlashda ikkala
usuldan ham foydalaniladi. Banklardan muammoli kreditlarni sotib olish jarayonini
Markaziy bank (Chili, Vengriya, Polshada) bilan bir qatorda, restrukturizatsiya
qilish bo'yicha agentlik (Chexiya, AQSh, Meksika, Janubiy Koreya) ham amalga
oshirilishi mumkin.
41
Muammoli kreditlarni sotib olish bahosi kreditlar balans qiymatining 3 %
idan 100 foizigacha bo'lgan qismini tashkil etadi.
Muammoli kreditlarni boshqarish bo'yicha ikkita asosiy strategiya mavjud.
Birinchi strategiyaning asosida aktivlarni kelgusida sifati tushishining budjetga
salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida ularni kechiktirmagan holda sotish yotadi.
Ikkinchi yondashuv mohiyatiga ko'ra , ma'lum vaqt davomida korporatsiya
muammoli kreditlar bilan ishlaydi va ularni qiymati maksimal darajaga yetganda,
ularni asta sekin sotadi.
Aktivlarni boshqarish bo'yicha korporatsiyalarni amal qilish davri
turlichadir. Chexiyadagi sog'lomlashtirish bo'yicha agentlik, Shvetsiyadagi
banklarni qo'llab-quvvatlash agentligi 5 yil atrofida va AQShning tartibga solish
bo'yicha trast kompaniyasi 6 yil atrofida ishlagan.
Janubiy Koreya va Tailandda yangi vakolatlarga ega bo'lgan aktivlarni
boshqarish bo'yicha agentliklar bugungi kunda ham faoliyat ko'rsatmoqda.
Kredit jarayoni ishtirokchilarining umumiy fikriga ko'ra, sudga murojat
qilish, sudsiz bir qarorga kelishiga nisbatan ancha samarasiz. Sudga doir va sudsiz
hal qilinadigan choralarida muammoli qarzdordik bilan ishlashning bir necha
asosiy yo'nalishlarini ajratish mumkin.
Muammoli qarzdorlikni tartibga solish (boshqarish) bo'yicha choralar
9-jadval
Sudsiz choralar
Sudda hal qilinadigan choralar
Shartnoma matniga qo'shimcha
kiritish.
Qarz majburiyatlarini uchinchi
shaxsga berish.
E'tiroz-da'vo tadbirlari. Bankrotlik
protseduralarining boshlanishi.
Qarzdorlarning aktivlarini sotish
yo'li bilan qarzga chora ko'rish.
Rossiya tadbirkorlarining xorijiy sheriklari hisob kitoblarni mustahkam
valyutada bajarishni afzal ko'radilar. Rossiya bankining ma'lumotlariga qaraganda
42
2014-yilda valyutadagi omonatlar 2015-yil ga nisbatan 125 %, rublda esa 27% ga
o'sdi, hamma mijozlar ssuda qarzlari 2,5% ga, xorij valyutasidagi kreditlari
bo'yicha qarzlari esa 1% ga qisqardi.
Rossiya banki ma'lumotlariga muvofiq ssudalarni qaytarish bilan bog'liq
vaziyat yomonlashdi. Rublda berilgan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan
qarzlarning ulushi 2,4 dan 6,8 % gacha, xorijiy valyutadagi kreditlar bo'yicha 1,4
dan 4,2 % gacha, rubldagi kreditlar 2,8 marta, valyutadagi kreditlar bo'yicha 3
marta ortdi.
Xorijiy valyutadagi kreditlarning qaytarilmasligi riskini baholashda qarzdor
qaysi valyutada foyda (daromad) olayotganligi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Qo'shimcha risk (QR) ni quyidagi formula bilan hisoblab chiqish mumkin.
QR=(Fv+Kv):Sd*100%.
Bunda, Fv-hisobot yili uchun kreditga xorijiy valyutada to'lov foizlari, Kv-
hisobot yili uchun kreditga valyutada to'lanadigan asosiy qismi summasi, Sd-
qarzdorni soliqlar va boshqa to'lovlarni to'laguniga qadar sof foydasi.
Rezervga ajratmalarning uzil-kesil miqdori esa quyidagi formula bilan
hisoblanadi.
UR=(KAF+AAF)*K
Bunda, UR-umumiy zaxira, KAF-kreditlar bo'yicha ajratmalar foizi, AAF-
kredit sifatiga muvofiq aniqlangan ajratma foizi, K-klassifikatsiyalanadigan
kreditning xorijiy valyutadagi summasi.
Xorijiy valyutada kreditlar bo'yicha qo'shimcha ajratmalar
10-jadval
Kredit
kategoriyalari
Qo'shimcha risk qiymatlari % da
0-20
21-50
51-75
76-100
Standartli
1
2
4
5
Standartsiz
5
7
10
15
Dargumon
7
10
15
25
43
Jadvalda, muammoli va umidsiz sifatida tasniflanuvchi kreditlar
keltirilmagan chunki ular bo'yicha 100% zaxira ajratish miqdorida rezerv ajratma
ko'zda tutilgan.
"Rus-Reyting"ning taxminlari bo'yicha Rossiya bank tizimida muammoli
qaytmayotgan kreditlarni harakatsiz (ishlamaydigan) kreditlar deb yuritishadi.
2013-yil oxirida bunday kreditlar hajmi 2,1 trln. rub. (70 mlrd. dol. yoki 10,5 %)
darajaga yetadi. 2014-yilda Rossiya bank tizimida ishlamaydigan korporativ
kreditlar hajmi 1,6 trln. rub. (53 mlrd. doll. yoki 9,9 %)ni tashkil qilgan.
Mamlakatlar bank kreditlarining iqtisodiy faoliyat ko'rinishidagi ulushi
1-rasm
Keltirilgan ma'lumotlarda Germaniya eng ko’p, Rossiya eng kam
ko’rsatkichlarga ega. Ushbu hisob-kitoblar Rossiya bank tizimi boshqa
mamlakatlardan ortda qolayotganligini ko'rsatadi.
Ukraina bankining xorijiy kapitali bilan hisobotiga muvofiq 2014-yil
boshida muammoli kreditlar ulushi 12 % dan 36 % gacha ni tashkil qildi, bu esa
NBUning rasmiy ma'lumotlaridan sezilarli yuqoridir (9.4%). Taqqoslash uchun -
xalqaro moliya guruhlarining Sharqiy Yevropadagi filiallari muammoli kreditlarni
4 % dan 12 % gacha ko'rsatmoqda. Rossiyada muammoli kreditlar darajasi 12%
dan oshmaydi.
44
2014-yilda Raiffeissen International jurnalida e'lon qilingan hisobotda
Ukraina "faxrli" ravishda 23,6% ko'rsatkich bilan muammoli kreditlari birinchi
o'rinni egalladi. Rossiyaning "muammochasi" bor yo'g'i 10,3% ni tashkil qildi.
Markaziy Yevropa mamlakatlari bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 6,5% da turibdi.
Jahonda ishlamaydigan (harakatsiz) kreditlar bozorining rivojlanishi
AQSh - 1980-yillar oxiri
Yaponiya - 1990-yillar boshi
Kreditlar va Jamg'armalar
sektorida inqiroz
Xarajatlarni qoplash uchun
kreditlarni sotish
Iqtisodiy muammolar ko'chmas
mulk "zuldir"ining yorilishi
Bank sektorini qayta ko'rish
Fransiya - 1995-yil
Italiya - 1990-yillar oxiri
Qayta ko'rish:
Iqtisodiyotni
Banklarni
Milliy inqiroz:
Yevropadagi iqtisodiy tanazzul
Ma'lum tarmoqlarda qayta ko'rish
Janubiy-Sharqiy Osiyo - 1990-yil
Tayvan - 2000-yil boshlari
Tizimli iqtisodiy va bank
inqirozlari
Bank va real sektorni qayta
ko'rish
Chakana kreditlar va ko'chmas
mulk bozorlarida moliyaviy "zuldir"lar
Janubiy-Sharqiy Osiyo va Xitoy bilan
bog'liq risklar
Shu bilan birga RF (RUSSIAN federation) Markaziy bankining
ma'lumotlariga ko'ra 2015-yilda muddati o'tgan qarzlar 937 mlrd. rubni tashkil etdi
(kreditlarning umumiy summasidan 5,4%).
45
Muddati o'tgan qarzdorlikning dinamikasi
2-rasm
RF Markaziy bankidan keltirilgan bu grafikda aks etgan ma'lumotlardan
ko'rish mumkinki, qaytarilmagan kreditlar hajmining o'sishi kuzatilmoqda.
Kredit bo'yicha to'lovlarning kechikishi bank ishchilari uchun bosh og'riqi
bo'lib qoladi. RFMB talablariga muvofiq qarz rasman muammoli deb tan
olingandan keyin bank o'z daromadi hisobidan to'lanmagan qarzlar uchun 100%
zaxira yaratishi lozim.
Boshlang'ich bosqichda, to'lovlar birinchi va ikkinchi marta kechikkanda
muammoli qarzdori bilan kredit bo'limi xodimi ish olib boradi. Qoidaga ko'ra, ular
bilan muomala mijozga kredit to'lovi bo'yicha majburiyatni eslatish bilan
chegaralanadi.
Binobarin, hech kim mijoz ortidan yugurib, undan kreditni qaytarishni
so'rashga majbur emas. "bilmay qoldim", "unutibman", "ogohlantirmadi" kabilar
o'z pozitsiyasida qolishning yomon argumentlaridir.
Ko'pchilik banklar kredit bo'yicha birlamchi to'lov amalga oshirilmaganda
darhol o'zini ko'rsatmaydi. Mijozlar esa "qo'ng'iroq qilishmayapdi, yozishmayapdi,
chamasi esdan chiqarishdi" - deya umid qiladi. Bu turli sabablarga ko'ra yuz
beradi: hech qayerda muammoli qarzdor bilan ishlash uchun xodim ajratilmagan.
Ikkinchi marta to'lov amalga oshirilmagandan keyin bankka doir bo'lmagan
46
ixtisoslashgan mutaxassislar harakatga tushadi. Qarzdor avvalgidek, o'zini bankda
"unitishdi" deb hisoblaydi, aslida esa qarzni qaytarish jarayoni endigina harakat
boshlaydi.
Bu bosqichda qarzdor bilan o'sha bankning xavfsizlik xizmati xodimlari ish
olib boradilar. Ko'pchilik muammoli kreditlar deb e'lon qilingunga qadar, ya'ni
birinchi kechikishdan 2-4 oy o'tib to'lanadi. Ko'pchilik odamlar o'z obro'lariga dog'
tushishidan qo'rqadilar. Bu - bekorga emas. Chunki, bir qancha vaqtdan buyon
qachondir, banklardan kredit olgan har bir Rossiyalik uchun kredit tarixi yuritilgan.
Qarzni to'lamaslik fakti bu hujjatda umrbod qoladi, buning oqibati esa kredit
berishni rad etishga olib borishi mumkin.
Har qanday holatda ham qarzlarni qaytarish bo'yicha xodimlar muammoli
qarzdorlarga majburiyatni bajarmaslik uchun ular duch keladigan ko'ngilsizlar
haqida gapirib beradilar. To'g'ri ishni sudgacha olib bormaslikka hamma ham rozi
bo'lavermaydi. Bunday hollarda qarzdor bilan muomala ohangi tubdan o'zgaradi.
Bankning majburiy chora ko'ruvchi (kuch ishlatuvchi) bo'lishi vakillarini
ogohlantiruvchi
xatlari,
telefon
qo'ng'iroqlari,
qo'shnilarinikiga,
qarindoshlarinikiga va qarzdorning ishxonasiga shaxsan tashriflari-ta'sir etish
choralarining qisqacha ro'yxati halos. Ko'pchilik holatlarda ruhiy bosim o'tkazish
ish beradi.
Qonun bo'yicha bank qarzlarni tomonlarga berish, kollektor agentliklari bu
qarzlarni qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
Kollektorlik agentliklari ishlarining standart algoritmi quyidagilardan iborat:
Kollektorlik markazining eng avval qiladigan ishi: mijozni SMS axborotlari
bilan tanishtirish va qarzdorlarga qo'ng'iroq qilib chiqish.
Manzillar bo'yicha borish va qarzdorga shaxsan xabar qilish.
Qarzdorlarni qidirish, qarzdor haqida qo'shimcha axborot yig'ish.
Sudga ariza berish.
Har qanday holatda ham kollektorlar huquq doirasida harakat qilishlari
zarur. Kollektor qarzdorga bosim o'tkazish, unga qo'pollik qilish, jismoniy kuch
ishlatish bilan taxdid qilish huquqiga ega emas.
47
Qarzni qaytarish jarayonida yakuniy bosqich kreditning, agar bor bo'lsa,
garovni sotishni talab qilib, sudga murojat etishi hisoblanadi. Sud qarori bilan
bankka garovi berilgan xonadon yoki mashina "kim oshdi" savdosida sotiladi.
Biroq qarzdorga voqealarning bunday rivoji foydasiz. Tomonlar kelishuv bilan,
agar qarzdorda pul masalasida muammo kelib chiqsa, u mulkini mustaqil ravishda
bozor narxida sotishi mumkin.
Rossiya banklari muddati o'tgan qarzlarni qaytarishda ko'p bosqichli
samarali tizimni ishlab chiqdi. Muddati o'tgan qarzlarni qaytarish ma'suliyati
malakali yuristlardan tashkil topgan bankning qarzni to'latish xizmati zimmasiga
yuklatildi. Muddati o'tgan kreditlarni qaytarish tizimi o'z ichiga bir necha
bosqichni oladi.
To'lov 10 kundan ortiq muddatga kechikkanda qarzdorga xat yoki SMS
xabar yordamida to'lov kechikkani haqida yozma bildirish yuboriladi.
To'lov 30 kundan ortiq muddatga kechiksa, kredit to'lanmagan hisoblanadi.
Bank qarzdorga to'lanmagan to'lov haqida telefon vositasida xabar qiladi.
Ikkinchi bosqichda muddati o'tgan to'lovlar bo'yicha telefon qilib, qarzdorga
hurmat va muloyim ohangda u bankka summa qarz ekanligi eslatiladi va bank
tomonidan jarima sanksiyalari qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Sud
orqali qarzni undirib olish mumkinligi bildiriladi.
Bankning statistik ma'lumotlariga ko'ra, muddati o'tgan to'lovlarni
qaytarishga yo'naltirilgan choralar nitijalariga ko'ra 13,5% kreditlar qaytarilgan.
Yuqorida tadqiq etilgan muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha jahon
mamlakatlarining boy tarjibasini o'rganib chiqish Respublikamizda ham banklar
kredit portfelida paydo bo'lgan muammoli kreditlarni bartaraf etishda foydalanish
yaxshi samara berishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |