Al–xorazmiy nomidagi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#202761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tizhorat banklarida muammoli kreditlar va uni bartaraf qilish jollari

 

 


27 

 

II Bob. Muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish 



yo'nalishlari. 

2.1. Tijorat banklarida kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlarni 

aniqlash, oldini olish va ularning miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari 

Kreditlashning  asosiy  manbasi  banklarning  o'z  mablag'lari  hisobiga  emas, 

balki  ma'lum  foiz  to'lovlari  bilan  qaytarilishi  kerak  bo'lgan  xo'jalik  yurituvchi 

subyektlarning,  aholining,  davlatning  vaqtincha  bo'sh  pul  mablag'larini  jalb  qilish 

orqali  shakllanadi.  Bu  mablag'larni  omonatchilarga  to'liq  hajmda  va  belgilangan 

muddatlarda  qaytarib  berish  uchun,  avvalambor,  tijorat  banklari  berilgan 

kreditlarni  o'z  vaqtida  qaytishini  ta'minlashi  zarur.  Aynan  mana  shu  muammo 

bugungi  kunda  respublikamiz  bank  tizimi  oldida  yechilishi  kerak  bo'lgan  eng 

dolzarb masalalardan biridir. 

Kredit muammoli deb tan olingan taqdirda, bank tomonidan uning qaytishini 

ta'minlash uchun kerakli chora-tadbirlar ko'rilishi lozim. Amaliyotda qaytmayotgan 

kreditlar muammosini yechishning to'rtta asosiy usuli qo'llaniladi. 

• 

Garovni sotish 



• 

Aktivlarni sotish 

• 

Qarzni restrukturizatsiya qilish 



• 

Kreditni kengaytirish 

U yoki bu usulni tanlashga biri qator omillar tasir ko'rsatadi. 

Bu  jarayonda  qarzdorning  quyidagi  xususiyatlarini  hisobga  olish  maqsadga 

muvofiqdir: 

• 

faoliyatning tashkiliy shakli; 



• 

kredit shartnomasining amal qilish muddati; 

• 

qarzdor qarzlarining aktivlarga nisbati; 



• 

qarzdor kapitalining aktivlarga nisbati; 

• 

aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati; 



• 

sof daromadni sotish hajmiga nisbati; 

• 

qaytarilmagan qarzlarning ulushi; 



• 

qarzdorning joriy foiz to'lovlarini to'lay olish qobiliyati; 




28 

 

• 



kredit shartnomasini amal qilish davrida garov qiymatining o'zgarishi; 

• 

kreditlarni  qaytmaslik  muammosini  yechishning  har  bir  usulini 



amalga oshirish xarajatlarining qiymati. 

Muammoli  kreditlar  bilan  ishlash  faoliyatini  tizimli  ravishda  olib  borish 

maqsadida muammoli kreditlarni tasniflashni quyidagi asosiy yo'nalishlari asosida 

olib borish maqsadga  muvofiq bo'ladi: muddati bo'yicha, sifati bo'yicha, ta'minoti 

bo'yicha, resurs manbai bo'yicha, kreditni berish to'g'risidagi qarorni qabul qiluvchi 

subyekti bo'yicha. 

Muammoli  kreditlarni  yuqoridagi  yo'nalishlari  bo'yicha  tasniflash  ularni 

bartaraf  etish  uchun  bajarilishi  kerak  bo'lgan  ishlarni  to'g'ri  va  samarali 

rejalashtirishga  yordam  beradi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  kreditni  qutqarish  bo'yicha 

chora-tadbirlar o'zining ijobiy natijasini bermasa, kredit bo'yicha undiruvni nimaga 

qaratish  lozimligini  aniqlab  olish  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.  Shunday  qilib, 

aksariyat  bank  inqirozlari  rivojlanishining  asosida  banklarning  kredit  portfelida 

shubhali hamda umidsiz qarzdorlikning o'sishi yotadi. Kredit portfelida muammoli 

kreditlarning  mavjudligini  aniqlagan  har  bir  tijorat  banki  bunday  kreditlar  kelib 

chiqishining har bir holatini sinchiklab tahlil qilishi, shuningdek, kreditorning ham, 

qarzdorning  ham  manfaatlarini  birdek  hisobga  olgan  holda  ularni  bartaraf  etish 

choralarini  amalga  oshirishi  lozim.  Amal  qilmayotgan  kreditlarni  bartaraf  etish 

bo'yicha  u  yoki  bu  usulni  qo'llash  haqida  qarorni  qabul  qilishdan  oldin, 

avvalambor, bunday aktivlarning paydo bo'lish sabablari bilan bog'liq masalalarni 

ko'rib  chiqish,  shuningdek,  bankda  muammoli  kreditlar  mavjudligini  ko'rsatuvchi 

asosiy belgilarni o'rganish zarurdir. 

"O'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to'g'risida"gi  qonunning  52-

moddasiga  muvofiq,  Markaziy  bank  tomonidan  turli  risklarni  chegaralash 

maqsadida banklar uchun majburiy bo'lgan me'yorlar belgilanadi. 

 

 



29 

 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiy me'yorlari



8

 

4- Jadval 



Ko'rsatkich 

Me'yoriy darajasi 

Bir  qarzdor  yoki  o'zaro  daxldor 

qarzdorlar  guruhiga  berilgan  kredit 

(ta'minlangan) 

Kredit summasi / I darajali kapital  

25 % 

Bir  qarzdor  yoki  o'zaro  daxldor 



qarzdorlar  guruhiga  berilgan  kredit 

(ta'minlanmagan) 

Kredit summasi / I darajali kapital  

5 % 


Jami yirik kreditlar 

Barcha 


yirik 

kreditlarining 

umumiy hajmi/ I darajali kapital 800 % 

Jami lizing operatsiyalari 

Jami  lizing  summasi  /  I  darajali 

kapital 25 % 

Jami  daxldor  shaxslarga  berilgan 

kreditlar 

Jami kreditlar summasi / I darajali 

kapital 100 % 

 

Bundan  tashqari,  Respublikamizda  tijorat  banklari  faoliyatidagi  risklarni 



boshqarishga  nisbatan  minimal  talablar  Markaziy  bank  Boshqaruvi  tomonidan 

2011-yil  7-mayda  14/2-sonli  qaror  bilan  tasdiqlangan  "Tijorat  banklarining  bank 

tavakkalchiliklarini  boshqarishiga  nisbatan  qo'yiladigan  talablar  to'g'risida"gi 

nizomda ifodalangan. Ushbu nizomga muvofiq, bank risklarini boshqarish bank o'z 

faoliyatini  yuritishi  va  bank  operatsiyalarini  o'tkazishida  paydo  bo'lishi  mumkin 

bo'lgan  risklarni  aniqlash,  ularning  oldini  olish,  bartaraf  etish,  kamaytirish  va 

ko'rilishi  mumkin  bo'lgan  zararlarni  boshqa  moliyaviy  vositalar  orqali  qoplash 

bo'yicha  bank  tomonidan  amalga  oshiriladigan  harakatlar  majmui  sifatida  e'tirof 

etilgan. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 1998-yil 2-dekabrdagi 557-

sonli "Bir qarzdor yoki o'zaro daxldor bo'lgan qarzdorlar guruhiga to'g'ri keluvchi 

tavakkalchilikning  eng  yuqori  darajasi  to'g'risida"gi  nizomida  tijorat  banklarining 

qarz  oluvchilar  bilan  bog'liq  operatsiyalardagi  risk  darajasi  bo'yicha  cheklovlar 

                                                 

8

 O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank to'g'risidagi qonun, 1995-yil 21-dekabr 




30 

 

ifodalangan.  Ushbu  nizomga  muvofiq,  I  darajali  bank  regulyativ  kapitalining  10 



foizdan  oshgan  kredit  yirik  kredit  sifatida  e'tirof  etiladi.  Bundan  tashqari,  tijorat 

banklari  har  oyda  bir  marotaba  kreditlarga  doir  yuzaga  kelishi  mumkin  bo'lgan 

barcha yirik zararlar to'g'risidagi ma'lumotni Markaziy Bankka taqdim etishi zarur. 

Banklarning  kredit  qo'yilmalarini  tasniflash  va  ular  bo'yicha  kredit  riskining 

amalga  oshishidan  yuzaga  keladigan  zararlarni  qoplash  bo'yicha  maxsus 

zaxiralarni  shakllantirish  talablarini  belgilab  beradi.  O'zbekiston  Respublikasi 

Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  "2011-2015-yillarda  Respublika  moliya-

bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro 

reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" 2010-yil  

26-noyabrdagi  PQ-1438-sonli  qaroriga  asosan,  kreditlar  bo'yicha  muammoli 

qarzlarning hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik borasida oldini olish choralarini ko'rish 

yo'li  bilan  tijorat  banklarining  kredit  portfeli  muttasil  o'sishi,  hamda  sifati 

yaxshilanishini  ta'minlash  Respublikaning  moliya-bank  tizimini  isloh  qilish  va 

barqarorligini  oshirishning  asosiy  yo'nalishlaridan  hisoblanadi.  Jumladan, 

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil  

26-noyabrdagi 

PQ-1438-sonli 

qarorining 

1-ilovasi 

32-bandida, 

bank 

tavakkalchiliklarini  boshqarishda.  chuqur  omilli  tahlilni  amalga  oshirishning  aniq 



mexanizmini 

joriy 


qilish, 

zaxiralarni 

shakllantirish, 

kredit 


portfelini 

diversifikatsiyalashni  ko'zda  tutgan  holda  banklar  aktivlari  sifati  monitoringini 

takomillashtirish,  shuningdek  muammoli  qarzdorlik  paydo  bo'lishiga  yo'l 

qo'ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan.  

Yangi  kiritilgan  o'zgartirishlar  va  qo'shimchalarga  ko'ra,  bank  tomonidan 

ajratilayotgan barcha kreditlar bo'yicha to'lovlar kredit shartnomasining butun amal 

qilish  muddatiga  taqsimlangan  holda  bo'lib-bo'lib  to'lanishi  belgilab  qo'yildi. 

Ushbu  qoida  banklarda  muammoli  kreditlarning  paydo  bo'lishiga  yo'l  qo'ymaslik 

yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi. 

Bundan  tashqari,  sud  jarayonidagi  aktivlar,  qarzdorning  moliyaviy  holati 

yomonligi  va  to'lovga  qobiliyatsizligi  sababli  to'lov  muddati  uzaytirilgan  aktivlar 

hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun 




31 

 

olingan  mulklar,  ular  bank  balansiga  olingan  kundan  boshlab  uch  oy  muddatda 



sotilmagan aktivlar ham "umidsiz" sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy 

qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni 

paydo  bo'lishini  dastlabki  vaqtlarda  aniqlashtirishga  imkoniyatlarni  yaratadi, 

pirovardida  tijorat  banklarining  omonatchilari  va  kreditorlarining  manfaatlarini 

yanada himoya qilinishini ta'minlaydi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  muammoli  kreditlar  bilan  ishlashda  balans 

hisobotini  har  bir  tuzish  sanasiga  (har  oyda)  bank  tomonidan  kreditlarning 

qadrsizlanishiga  doir  biron-bir  obyektiv  dalillar  mavjudligi  "Aktivlar  sifatini 

tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash 

uchun  zaxiralarni  shakllantirish  va  undan  foydalanish  tartibi  to’g’risida"gi 

Nizomga  va  "Foizlarni  o'stirmaslik  to'g'risida"gi  Nizomga  (ro'yxat  raqami  1304, 

24-yanvar  2004-yil)  hamda  moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro  standartlariga 

muvofiq baholanadi. 

Tijorat  banklarda  kredit  oluvchilarni  o'rganishda  kredit  ajratilishini  so'rab 

taqdim  etilgan  ariza  bank  muassasasida  bir  necha  bosqichda  ko'rib  chiqiladi.  Bu 

bosqichlar quyidagi ketma-ketlikda bo'lishi mumkin: 

1-bosqich - kredit arizasini ko'rib chiqish va qarz oluvchi bilan suhbat. 

2-bosqich  -  kreditni  qaytarish  qobiliyatini  o'rganish  va  tavakkalchilikni 

ssuda jihatidan baholash. 

3-bosqich - kredit shartnomasini tayyorlash va izohlash. 

4-bosqich  - shartnoma  shartlarining bajarilishi  va  kredit qaytarilishi ustidan 

nazorat. 

Dastlabki uchta bosqichda kredit shartnomasini tayyorlash va kredit berilishi 

yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Qarz oluvchi korxona rahbari va bank 

boshqaruvchilari o'rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. 

To'rtinchi  bosqich  esa  kredit  shartnomasi  shartlari  bajarilishi,  kreditlarning 

maqsadli ishlatilishi va o'z vaqtida qaytarilishi ustidan nazorat olib boriladi. 

Bunday  nazoratning  asosiy  maqsadi  -  davomiy  tarzda  navbatdagi  qarz 

bo'yicha foizlar to'lanishini ta'minlash. 



32 

 

Kreditlarning  qaytarilishi  bilan  bog'liq  qiyinchiliklar  tasodifan  va  birdaniga 



kelib  chiqmaydi.  Tajribali  bank  xodimi  bunday  qiyinchiliklarni  ularning 

boshlanishidayoq  aniqlab  olishi  mumkin  va  u  muammoni  hal  qilishni  hamda 

bankning foydasi uchun choralar ko'rishi mumkin. 

Bu  choralarni  vaziyat  izdan  chiqquncha  amalga  oshirish  kerak.  Shuni  ham 

inobatga  olish  kerakki,  bankning  zararlari  qarzning  qaytarilmasligi  va  foizlar 

to'lanmasligi bilangina cheklanib qolmaydi. Bankka keltirilgan zarar ancha ko'p va 

u  boshqa  sharoitlar  bilan  ham  bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Bankning  obro'si  tushib 

ketadi,  chunki  muddati  o'tib  ketgan  kreditlar  bankning  mavjud  imidjini  saqlash 

uchun kredit bo'limidan alohida e'tibor va ko'p vaqt talab qiladi. 

Operatsiyalarning  foydaliligi  pasayishi  sharoitida  malakali  kadrlarni  ishdan 

ketishi xavfi kuchayadi. 

Bu  yo'qotishlarning  hammasi  bankka  qimmatga  tushishi  va  qaytarilmagan 

qarzdan keladigan zarardan ko'p miqdorni tashkil etishi mumkin. 

Kredit  faoliyati  davrida  qarz  oluvchi  bankka  buxgalteriya  balansini, 

moliyaviy  natijalar  haqidagi  hisobotni,  naqd  pul  oqimi  haqidagi  hisobotni  va 

boshqa hisobotlarni topshirib turishi kerak. Ularni tahlil qilib borish va o'tgan davr 

hisobotlari  bilan  solishtirib  borish  kreditning  o'z  vaqtida  qaytish-qaytmasligini 

ko'rsatib berish mumkin.Я 

Buxgalteriya  hisobotlarida  moliyaviy  kamchiliklar  aniqlangandan  so'ng, 

bank  xodimi  albatta  korxonaga  tashrif  buyurishni  (mijoz  ofisiga)  tashkil  etish 

kerak.  Kreditdan  unumli  foydalanish  joylarda,  korxona  va  tashkilotlarda,  qoida 

bo'yicha, har chorakda tekshirilishi kerak. 

Muammoli kreditning qaytarilishini aniqlashda birinchi qadam holis bo'lgan 

vaziyatni tekshiruvdan o'tkazgandan keyin qarz oluvchining holatini aniqlab olish 

(u  vaziyatni  to'g'rilamoqchi,  unga  ishonish  mumkinmi,  boshqaruv  foydalilikni 

tiklay oladimi) kerak. 

Bundan  tashqari,  bankning  holatini  ham  hisobga  olish,  uning  umidsiz 

qarzlari miqdorini bilish kerak. Agar ko'p bo'lsa, qimmat turadigan sudga oshirish 

operatsiyasini  boshlash  kerak  emas,  qarzning  bir  qismidan  kechib  ishni  tinch 



33 

 

kelishuv bilan hal etishni taklif qilish kerak. 



Agar  mijoz  bunga  rozi  bo'lsa, vaziyatni  quyidagicha  choralar  bilan  tuzatish 

mumkin: 


• 

aktivlarni sotish; 

• 

qo'shimcha chiqimlarni kamaytirish; 



• 

marketing usulini o'zgartirish; 

• 

boshqaruv  organini  o'zgartirish  va  yuqori  lavozimlarga  boshqa 



shaxslarni tayinlash. 

Boshqa qaror bankka kreditning ta'minoti sifatida garovga qo'yilgan mulkni 

sotishdan iborat. Buning uchun avvalo hujjatlarni tekshirish (garov shartnomasini) 

va  bank  haqiqatdan  ham  garovni  to'g'ridan-to'g'ri  sotish  huquqiga  egami,  yo'qmi 

aniqlash  kerak.  Keyin  garovni  sotish  imkoniyatlari  qandayligini  aniqlash  kerak. 

Odatda  bu  qimmat  turadigan  va  ko'p  vaqt  oladigan  ish.  Shuning  uchun,  garovni 

sotishda  qarz  oluvchi  bilan  hamkorlikni  ta'minlash  muhim.  Aytish  kerakki,  kredit 

olgan  mijozning  foydasiz  ishidan  tashqari  kredit  qaytarilishidagi  qiyinchiliklar, 

bank  xodimlari  kredit  arizasini  ko'rib  chiqayotgandagi,  kredit  shartnomasi 

shartlarini  ishlab  chiqishdagi  va  keyingi  nazoratdagi  xatoliklardan  kelib  chiqishi 

mumkin. Quyidagi xatoliklar tez-tez uchrab turadi: 

• 

Qarz  oluvchiga  keragicha  qat'iy  munosabatda  bo'lmaslik  (masalan, 



kredit  arizasini  do'stlik  yoki  qarindoshlik  munosabatlariga  bog'liq  holda  qo'llab-

quvvatlash); 

• 

Yaxshi o'tkazilmagan moliyaviy tahlil; 



• 

Kredit bo'limi xodimining korxona ehtiyojlari, soha mutaxassisi bilan 

yetarlicha tanishmasligi natijasida kreditni yomon strukturalash (tuzish); 

• 

Kreditning  yetarlicha  ta'minlanmasligi  (masalan,  garovni  o'z 



bahosidan ortiqcha baholash va xokazo); 

• 

Kreditni  hujjatlarda  rasmiylashtirishdagi  xatolar  (masalan,  kredit 



shartnomasida bank foydasini ta'minlovchi muhim shartlarning belgilanmasligi); 

• 

Kreditni  qaytarish  vaqtida  qarz  oluvchi  ustidan  yomon  nazorat  olib 



borish (mijozni joylarda tekshirmaslik va xokazo). 


34 

 

Shuning  uchun  bank  muassasalarida  kredit  berish  jaroyonini  mavjud 



qoidalarida ko'rsatilganidek to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. 

Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligi har ikki tomonga ham o'zining salbiy 

ta'sirini  o'tkazadi.  Shunday  ekan,  bank  kreditlaridan  samarali  foydalanish 

imkoniyati  kredit  berish  jaroyonini  to'g'ri  tashkil  qilinishiga  ham  bog'liq.  Chunki, 

yuqorida  aytib  o'tganimizdek,  bankdan  olingan  kredit,  kredit  olishdan  oldin 

tuzilgan  biznes  rejaga  asosan  ishlatilishi  (maqsadli  ishlatilishi)  kerak.  Buning 

ustidan  bank  doimiy  ravishda  nazorat  olib  boradi.  Hozirgi  kunda  qarz  oluvchilar 

tomonidan  biznes  rejani  ahamiyatsiz,  faqatgina  kredit  olish  uchungina  zarur 

bo'lgan  hujjat  deb  hisoblanishi  hollari  amaliyotda  uchrab  turadi.  Bunday  holda 

bank  kreditidan  samarali  foydalanish  imkoniyati  cheklanib  qolishi  yoki  biznes 

rejada ko'rsatilmay qolgan, haqiqatda mavjud bo'lgan imkoniyatlardan foydalanish 

mumkin bo'lmay qolishi mumkin. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  barcha  ma'lumotlar  ham  kredit  berish  uchun 

o'zini  oqlamaydi.  Buni  biz  amaliyotda  bank  buxgalteriya  hisobida  ko'rishimiz 

mumkin.  Buning  uchun  har  bir  bank  ichki  nazorati  ssudaning  tasodofiy 

yo'qotishlari uchun rezervlar klassifikatsiyasini qabul qiladi. 

 

Kreditlar bo'yicha yo'qotishlarni oldini olish bo'yicha zaxiralar



9

 

5-jadval 



Umumiy zaxira 

Kredit kategoriyasi 

Minimal rezerv 

miqdori 


 

Ishonchli 

2% 

 

Maxsus ajratilgan 



kreditlar (davlat kafilligi) 

5% 


 

Nostandart 

20% 

Maxsus zaxira 



Shubhali, 

50% 


 

Umidsiz 


100% 

 

                                                 



9

 Xalqaro valyuta fondi muammoli kreditlar bilan ishlash uchun dasturi 




35 

 

Kreditlar bo'yicha yo'qotishlarni oldini olish maqsadida umumiy va maxsus 



zaxiralar  tashkil  qilinishi  klassifikatsiyasi  keltirilgan.  Kredit  kategoriyasi  uchun 

minimal  zaxiralar  belgilangan  normativ  asosida  tashkil  qilinadi.  Agarda  kreditlar 

bo'yicha  yo'qotishlar  sodir  bo'lganda  birinchi  navbatda  yuqorida  tashkil  qilingan 

zaxiralardan foydalaniladi. Kredit kategoriyasidan oxirgi uch yo'nalishi nostandart, 

shubhali va umidsiz kategoriyali kreditlar bo'yicha yuqori likvidli aktivlar ta'minot 

sifatida  talab  qilinadi.  Tashkil  qilingan  zaxiralarni  balansda  aks  ettirishda,  bu 

zaxiralar  kapitalni  barqarorligiga  ta'sir  ko'rsatadi,  ta'minotlarni  va  boshqa  xil 

moddalarini balansda quyidagicha aks ettiramiz: 

 

Barcha kredit turlari bo'yicha kredit riskini oldini olish zaxiralari balansda o'z 



aksini topishi

10

 



6-jadval 

Umumiy 


zaxira 

Kredit kategoriyasi 

Umumiy qarz 

miqdori 


Zaxira miqdori 

Zaxiraning 

o'zgarishi 

 

Ishonchli 



42% 

2% 


0.8% 

 

Maxsus ajratilgan 



kreditlar 

(davlat kafilligi) 

13% 

5% 


0.7% 

 

Nostandart 



25% 

20% 


5% 

 

Shubhali 



13% 

50% 


6.5% 

 

Umidsiz 



7% 

100% 


7.0% 

 

 



 

                                                 

10

 Xalqaro valyuta fondi muammoli kreditlar bilan ishlash uchun dasturi 




36 

 

Kredit kategoriyalari bo'yicha tashkil qilingan zaxiralarni bank kapitali bilan 



bog'liqligini quyidagi jadvalda ko'rib o'tamiz. 

Bank balansini zaxiralar tashkil qilinguncha bo'lgan davri

11

 

7-jadval 



Ssuda 

100% 


passiv 125% 

Zaxiradan chegirma 

(0)% 

 

Ajratilgan kredit 



100% 

kapital 25% 

Boshqa aktivlar 

50% 


 

Jami aktiv 

150% 

Jami passiv 150% 



 

Yuqoridagi  shartli  ravishda  tuzilgan  ma'lumotlardan  ko'rinadiki,  ajratilgan 

kreditlarni  kredit  kategoriyasi  bo'yicha  tasniflanib,  ular  bo'yicha  zaxiralar  tashkil 

qilinganda,  yo'qotishlarga  qarshi  zaxiralar  bank  balansida  bankning  kapitali 

tarkibida aks ettiriladi. 

 

Tasodifiy yo'qotishlar uchun zaxira tashkil qilingandan keyingi balans



12

 

8-jadval 



Ssuda 

100% 


passiv 125% 

Zaxiradan chegirma 

(20)% 

 

Ajratilgan kredit 



80% 

kapital 5% 

Boshqa aktivlar 

50% 


 

Jami aktiv 

130% 

Jami passiv 130% 



Agar  kreditlar  qaytarilmasa,  bank  ajratilgan  zaxiradan  kreditni  qoplashga 

majbur bo'ladi. Bu esa bank kapitalini 20% ga kamayishiga olib kelgan. Bankning 

barqarorligi  pasayib,  bankrotlikka  olib  kelishi  mumkin.  Shuning  uchun  banklar 

yuqori riskli kredit operatsiyasini amalga oshirishda kreditlarni qaytmaslik xatarini 

kamaytirish choralarini ishlab chiqishi kerak bo'ladi. 

Berilgan  kreditlar  qarzdor  (jismoniy,  yuridik)  mijozlarning  iste'mol  va 

                                                 

11

 Xalqaro valyuta fondi muammoli kreditlar bilan ishlash uchun dasturi 



12

 Xalqaro valyuta fondi muammoli kreditlar bilan ishlash uchun dasturi 




37 

 

korporativ  kreditlarini  ta'minotini  bankga  qaytarilishini  ta'minlash  kreditlarni 



qaytarilishini  ta'minlash  jarayoni  hisoblanadi.  Bu  jarayon  kredit  berilishidan 

boshlab  to  so'ndirilishigacha  davom  etadi.  Bu  yerda  mijozning  kreditga 

layoqatliligi  asosiy  o'rinni  egallaydi.  Kreditlarni  qaytarilishini  ta'minlash  jarayoni 

mijoz  layoqatli  bo'lmasa  uchinchi  tomon  masalaga  aralashadi.  Agarda  bu  holatda 

uchinchi  shaxs  ham  kreditni  qaytarilishini  ta'minlab  bera  olmasa,  unda  bu 

jarayonga  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  aralashishiga  to'g'ri  keladi. 

Shundan so'ng, normativ huquqiy hujjatlar asosida bank ssudasi qaytarib berilishga 

harakat  qilinadi.  Agarda  bu  holat  ham  kreditni  qaytarilishiga  to'sqinlik  qilsa, 

yuqoridagi  jadvalda  ko'rganimizdek,  bank  o'zining  zaxirasidan  qoplashga  majbur 

bo'ladi.  Bank  bergan  kreditlari  bo'yicha  qanaqadir  shubhali  (mijozning  moliyaviy 

holati  yomonlashuvi,  olingan  kreditning  maqsadga  muvofiq  ishlatilmasligi  va 

shunga o'xshash holatlar) holatlarni aniqlasa darhol tegishli choralar ko'rishi lozim. 

Albatta  boshqaruvi  bilan  maslahatlashgan  holatda.  Bank  boshqaruvi  va  bankning 

ichki  nazorati,  auditorlari  bilan  kelishgan  holatda  bank  imidjini  saqlagan  holatda 

mijozning faoliyati bilan yana bir marotaba tanishib, haqiqatda ham mijoz kreditni 

va  kredit  bo'yicha  foiz  to'lovlarini  qaytara  olmasligi  namoyon  bo'lsa,  darhol 

kreditni so'ndirilishi yuzasidan choralar ko'riladi. Birinchi navbatda mijozning pul 

oqimlari hamda garov obyekti chuqur tahlil qilinadi. 

Bank  kredit  inspektori  muammoli  kreditlarini  boshqarib  borishi  lozim. 

Muammoli  kreditlarni  boshqarish  tizimi  hozirgi  kunda barcha tijorat  banklarining 

asosiy  muammolaridan  biri.  Bu  muammolar  ichki  va  tashqi  omillar  natijasida 

o'rganiladi.  Birinchi  navbatda  qarz  nima  uchun  qaytmadi  sababini  o'rganib, 

qarzdorning  moliyaviy  holati  to'g'risida  boshqarma  bilan  kelishgan  holda  ish 

ko'riladi. Muammoli  kreditni kelib  chiqishining  asosiy  sababi  bu  bank  tomonidan 

nazoratning  sust  olib  borilganligi,  qarzdor  bilan  boshqaruvning  aloqasi 

yomonligiga ham bog'liq bo'ladi. 

Bank  ichki  nazorat  bo'limi  tomonida  muammoli  kreditlarni  boshqarishni 

muntazam  tekshirish  talab  qilinadi.  Bank  tomonidan  chiqarilgan  kreditlar  bank 

buxgalteriyasida  aks  ettirilgandan  boshlab  tekshirib  boriladi.  Bu  tekshiruv  har  bir 



38 

 

kredit  paketi,  portfeli  yuzasidan  olib  boriladi.  Tekshirishni  nozorat  qilish  bank 



boshqaruvi  komissiyasi  olib  boradi.  Bu  tizim  tijorat  banklarida  kreditlash 

boshqarmasi  deb  yuritiladi.  Agarda  kredit  qaytmasligida  kredit  inspektori 

tomonidan kamchiliklar namoyon bo'lsa unga nisbatan tegishli chora ko'riladi. 

Har  bir  bankda  muammoli  kreditlar  bo'yicha  ichki  nazorat  bo'limi  tashkil 

qilinishi kerak. Ichki nazorat tizimi muammoli kreditlar bilan ishlashda asosiy rol 

o'ynaydi.  Ichki  nazorat  xodimlariga  kredit  inspektorlari,  kredit  bo'lim  boshlig'i, 

ichki  auditor,  bosh  buxgalter  hamda  bank  boshqaruvchilari  kiradi.  Har  bir  bank 

xodimlari  ajratgan  kreditlar  yuzasidan  javobgar  hisoblanadi.  Agar  boshqarma 

xodimi  kreditlash  jarayonida  kredit  funksiyalariga  to'liq  rioya  qilmasa,  kredit 

hujjatlarini  rasmiylashtirishni  noto'g'ri  amalga  oshirsa,  shunda  ham  muammoli 

kreditlar yuzaga keladi. Kreditlashni amalga oshirayotgan kredit inspektori birinchi 

navbatda holis, o'z kasbining mutaxassisi bo'lishi lozim. 

Ikkinchidan, har bir berilgan kreditni buxgalteriya amaliyotlarini o'z vaqtida 

amalga  oshirib  borishlari  lozim.  Har  bir  muammoli  kreditlar  bilan  ishlash 

boshqarmasi  o'ziga  tegishli  bo'lgan  viloyat  filiallari  bilan  birgalikda  ajratilgani 

kreditlar yuzasidan ma'lumotlar almashadi. Bu ma'lumotlar asosida muddati o'tgan 

qarzdorliklar  haqida  axborotga  ega  bo'lishadi.  Olingan  va  yig'ilgan  barcha 

ma'lumotlar  bank  boshqaruviga  chiqariladi.  Hamda  nima  sababdan  muammo 

yuzaga kelganligi o'rganiladi. 

Agarda  berilgan  ma'lumotlar  to'liq  o'zini  oqlasa,  muammoli  kreditlar 

to'g'risida  Kredit  qo'mitasiga  shug'ullanish  uchun  taqdim  etiladi.  Har  bir  muddati 

o'tgan kredit bo'yicha to'liq axborot taqdim etiladi. 

Bank  tomonidan  ajratilgan  kreditlarning  muammosini  yuzaga  kelish 

mexanizmi bir necha bosqichda davom etadi. Muammoli kreditlarini so'ndirilishida 

bank filiali  va boshqarmasidan  tashqari, davlat ham  asosiy  o'rin  egallaydi. Davlat 

agentligi  tomonidan  tijorat  banklari  kapitali  saqlanishi  uchun  muddati  o'tgan 

to'lovlarni  komission  to'lovlarisiz  bankka  qaytarib  beradi.  Bankka  qaytarilgan 

qiymat bank filiali likvidligini ta'minlashga xizmat ko'rsatadi. 

Agarda 

muammoli 

kredit 

bankka 


qaytmasa, 

bankda 


kreditni 


39 

 

rasmiylashtirgan  xodimlariga  nisbatan  tegishli  jinoiy  javobgarlik  choralari 



ko'riladi, hamda jiddiy shartlar qo'yiladi. 

Muammoli  kreditlar  tizimini  yaxshilashda  nafaqat  mijozdan,  balki  kredit 

xodimlariga  ham  qo'yiladigan  talablar  mavjud.  Bu  talablar  bankning  kredit 

siyosatida to'liq va aks ettirilishi kerak. 

Xalqaro  valyuta  fondining  muammoli  kreditlash  tizimini  takomillashtirish 

dasturida  muammoli  kreditlar  bilan  ishlashda  bankning  ichki  nazorat  bo'limi 

quyidagilarni amalga oshiradi. 

Kreditorni kreditga layoqatliligini tahlili: 

A) Ichki omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot 

1) 


Boshqarish sifati 

• 

Motivatsiya 



• 

Rostgo'ylik 

• 

To'liqlilik 



2) 

Operatsion faoliyat sifati 

• 

Moliyaviy 



• 

Mahsulot sifati 

3) 

 

Marketing tashkiloti 



4) 

Bozorning boshqa a'zolari bilan raqobatdoshligi 

5) 

 

O'rganadigan  korxonaning  biznes  rejasi  hamda  joriy  davr  aktivlari 



likvidligi 

6) 


 

Qisqa muddatli majburiyatlar hamda naqd pul va unga tenglashtirilgan 

vositalar 

7) 


Biznes faoliyatini saqlagan holatida kapitalni oshirish 

B) 


Tashqi omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot 

1)  


Xo'jalik yurituvchi faoliyatini to'liq shartlari, kreditning aniq miqdori 

2 )  


Kreditorning iqtisodiy holatini tahlili 

1) 


  Qarzdorning imkoniyat va qulayliklari biznes sharoiti bo'yicha, kapital 

oshirish bo'yicha grant loyihalar 

Kreditlar qaytarilishi bo'yicha ta'minot to'lovlar narxini tushishi quyidagilar: 



40 

 

Bank  xodimlarining  vaqtincha  to'lovi  ganarar  miqdori  to'lovlar  miqdori 



garov sifati pasayishi muammosini hal qilish ishning sud jarayonida bo'lishi. 

Muammoli  kreditlar  bilan  ishlashda  ularni  hisobini  olib  borish  muntazam 

amalga oshirilishi kerak. Kreditlarni muddati o'tgan deb tan olishda muddati o'tgan 

kreditlarning tegishli hisobvaraqlarida (12505, 12605, 12705, 13205, va boshqalar) 

kreditni  muddati  davrida  kreditni  qaytarish  grafigidagi  belgilangan  kreditning 

nafaqat  asosiy  qismini  so'ndirishdagi  kechikishlarni,  balki  kreditga  hisoblangan 

foizlarni so'ndirishdagi kechikishlarni o'z vaqtida aks ettirilish lozim. 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish