Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 
 
 
 
8.1 – sxema. Yerdan foydalanish tizimi iqtisodiy mexanizmining tarkibi va 
bosqichlari
18
 
birini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish yer resurslaridan foydalanish tizimining 
iqtisodiy mexanizmini asoslashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi bilan birgalikda 
yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishda qaysi iqtisodiy usullardan 
qanday foydalanish yuqori samaradorlikni ta’minlashda ustuvor ahamiyatga 
egaligini belgilashda ham yordam beradi. 
18
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 
Yerdan foydalaniosh tizimining iqtisodiy 
mexanizmi


139 
Yerdan foydalanish barqaror tizim sifatida uning asosiy qoidalarini belgilab 
beruvchi tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillar mazmuni 
tabiatdan foydalanishning umumiy tizimida yerdan foydalanishning roli va o‘rni, 
jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabati mohiyati, jamiyat rivojlanishida yer 
resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, yerdan ratsional foydalanish usullari, 
yerlarni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilishi bilan belgilanadi. 
Yerdan foydalanish tamoyillari, xuddi yerdan foydalanish tizimi kabi yetarli 
darajada o‘rganilmagan va bir tizimga keltirilmagan, lekin ba’zi maxsus 
adabiyotlarda qisman to‘xtalib o‘tilgan
19
. Prof. M.A.Gendelman yer tuzilishi 
tamoyillariga yerdan umumxalq boyligi, ishlab chiqarishning asosiy vositasi va 
tabiiy resurs sifatida ratsional foydalanish; qishloq xo‘jaligi yerlarining ustuvorligi; 
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini muntazam 
takomillashtirish orqali qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yerdan 
foydalanishning barqarorligini ta’minlash; zonalar, rayonlar, xo‘jaliklarning tabiiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini izchil inobatga olish kiritilgan
20

Sanab o‘tilgan tamoyillar yerdan foydalanishning mazmun mohiyatini to‘liq 
ochib bermaydi, yer tuzilishining asosiy qoidalarini ifodalaydi. Yerdan 
foydalanishni tashkil etishning mavjud nazariyasi va amaliyoti yer tuzilishi 
nazariyasida o‘zgarib, faqat ishlab chiqarish vositasi sifatida talqin etiladi. SHuni 
ta’kidlash joizki, yerdan ratsional va samarali foydalanish ba’zi olimlar tomonidan 
yerdan foydalanish tamoyillaridan biri sifatida qaraladi, albatta, bunday fikrga 
qo‘shilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, rejali iqtisodiyotda yerdan foydalanishning 
bozor tamoyillarini qo‘llab bo‘lmasdi, yerdan foydalanishning ijtimoiy, 
rekreatsion, ekologik jihatlari zaif ifodalangan.
Yerdan foydalanish tizimi tabiatdan foydalanish majmuasi va ijtimoiy-
iqtisodiy holatlarning tarkibiy qismi sifatida o‘z tamoyillariga asosan amalga 
oshiriladi. Tamoyillar yig‘indisidan mazkur jarayonning ko‘p maqsadlarga 
19
Гендельман М.А., Спектр М.Д., Тихомирова Е.Д. Научные и методические основы землеустройства. - М.: 
Колос, 1978. – с.45. 
20
Там же, с.50. 


140 
yo‘naltirilgan, iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi umumiy tamoyillarni ajratib olish 
mumkin. 
– yer resurslaridan ko‘p maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish;
– mulkchilik va yerga bo‘lgan huquq shakllarining xilma-xilligi; 
– yerdan foydalanishning davlat tomonidan boshqarilishi; 
– xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllarining xilma-xilligi; 
– qishloq xo‘jaligiga oid yerlarning ustuvorligi; 
– tabiiy-iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra hududlarni rayonlashtirish;
– jamiyat, iqtisodiyot va tabiatning o‘zaro ta’siri. 
Yerlardan ko‘p maqsadli yo‘nalishlarda foydalnish tamoyili jamiyat 
faoliyatining turli sohalari, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish xususiyatlariga 
bog‘liq. Uni amalga oshirish davlat yagona yer fondi yerlarini kategoriyalar 
bo‘yicha optimal samara beruvchi ratsional taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Barcha 
kategoriyadagi yerlardan foydalanish xususiyati, shakl va ko‘rinishlari yerdan 
foydalanish va takror ishlab chiqarishni baholash kriteriylari va usullarining ishlab 
chiqilishini talab etadi. 
Yerga mulkchilik va huquq shakllari xilma-xilligi tamoyili mamlakatdagi 
bozor 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
jahon 
iqtisodiyotiga kirib borishi, yer resurslaridan foydalanishni intensifikatsiya qilish 
zarurati bilan bog‘liq. Bularning barchasi yer munosabatlari, avvalo, mulkchilik 
munosabatlarining isloh qilinishini taqozo etadi. Mazkur tamoyilga rioya etish 
yerga mulkchilik shakllari va huquq turlarining ratsional uyg‘unligini ta’minlaydi. 
Yerda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllarining xilma-xilligi 
tamoyili, yer maydonlarining barqarorligi bozor munosabatlarining rivojlanishi
ishlab chiqarish vositalari, jumladan, yerga mulkchilik shakllari bilan chambarchas 
bog‘liq. Mulkchilik munosabatlari (ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikdan 
tashqari) mahsulot ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy faoliyat turini erkin tanlash, 
shuningdek ishlab chiqilgan mahsulotni ob’ektiv tasarruf etish yoki 


141 
ayirboshlash huquqini o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi 
yerga egalik qilish va foydalanishning turli ko‘rinishlari, mehnatni tashkil qilish va 
pirovard mahsulotni taqsimlashning turli shakllarini yuzaga keltiradi, yer, suv, 
mehnat, moddiy, moliyaviy resurslardan foydalanishda raqobat uchun asos bo‘ladi. 
Yerdan foydalanishning davlat boshqaruvi tamoyillari jamiyatning tobora 
o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy va boshqa ne’matlarni 
ishlab chiqarish maqsadida yer resurslaridan foydalanishni nazarda tutadi. Davlat 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish