Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

5.3-jadval.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi fermer xo‘jaliklari
Tadqiqot o‘tkazilgan yil va fermer xo‘jaliklar soni 
2012y. 110 ta. 
2018y. 98ta. 
№ 
Savollar 
Javob 
variantlari 
Respondent- 
larning 
Respondent- 
larning 


86 
rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari
13
 
Chunki yer resurslaridan foydalanish tizimi agrotexnologik, tashkiliy-
iqtisodiy va huquqiy omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro mutanosibligiga 
erishish hozirgi davrda ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Tanlangan fermer 
xo‘jaliklari, asosan paxta-g‘allachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, so‘rovnomada 
13
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган. 
javoblari 
javoblari 
soni 

soni 

1. 
Fermer xo‘jaligingiz yeri bonitet bali 
haqida qanday ma’lumotga egasiz? 
ha 
78
71
75
77
ega emas 
32
29
23
23
2. 
Yer uchastkangiz unumdorligini 
oshirishda qanday tadbirlarni amalga 
oshiryapsiz? 
agrotexnik 
tadbirlar 
102
93
65
67
boshqa tadbirlar 
8
7
33
33
3. 
Tuproq unumdorligini oshirishda sizga 
mablag‘lar yetarlimi yoki bu masalada 
qanday ko‘mak bo‘lishini maqsadga 
muvofiq deb o‘ylaysiz? 
mablag‘ yetarli 
24
22
34
35
ko‘mak berilishi 
kerak 
86
78
64
65
4. 
Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish 
faoliyatini qanday moliyaviy 
ko‘rsatkichlarga asoslanib 
rejalashtirasiz? 
daromadga qarab 
37
34
65
67
boshqa 
ko‘rsatkichlar 
asosida 
73
66
33
33
5. 
Fermer xo‘jaligingizni yuritishda 
dehqonchilik tizimining ilg‘or 
texnologiyalarini qo‘llayapsizmi? 
ha 
66
60
34
35
yo‘q 
44
40
64
65
6. 
Fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi 
tehnikalari bilan ta’minlanganligi 
ahvoli qanday? 
qoniqarli 
46
42
65
67
qoniqarsiz 
64
58
33
33
7. 
Siz fermer xo‘jaligini yuritishda 
tegishli agronomik bilimlarga 
egamisiz? 
ha 
65
59
55
56
yo‘q 
45
41
43
44
8. 
Yer maydoni o‘lchamining ishlab 
chiqarish natijalariga ta’siri haqida 
fikringiz? 
ta’siri bor 
58
53
53
54
ta’siri yo‘q 
52
47
45
46
9. 
Yer ijarasi shartnomasidagi shartlar 
sizni qoniqtiradimi? 
qoniqarli 
69
63
57
58
qoniqarsiz 
41
37
41
42
10. 
Yer uchastkasini garovga qo‘yish 
haqida qanday fikrdasiz? 
zarur 
51
46
75
77
zarur emas 
59
54
23
23
11. 
Fermer xo‘jaligida yer unumdorligini 
oshirish qay tarzda rag‘batlantirilishi 
lozim? 
fermer hisobidan 
43
39
39
40
davlat yo‘li bilan 
67
61
59
60
12. 
Yerning qiymati (bahosi) xaqida 
tushunchaga egamisiz? 
ega 
41
37
43
44
ega emas 
69
63
55
56
13. 
Yerlar meliorativ holatini yaxshilash 
borasida amalga oshirilayotgan 
islohotlardan xabardormisiz? 
ha 
83
75
77
79
yo‘q 
27
25
21
21


87 
ishtirok etganlarning fikrlari umumiy ko‘rinishda bo‘lsada, respublika bo‘yicha 
ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi, desak bo‘ladi.
So‘rovnoma o‘tkazish jarayonida diqqatga sazovor xulosa shundan iborat 
bo‘ldiki, fermer xo‘jaliklarining yerdan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchalari 
oshgan, ularning o‘z oldida turgan muammolarni ko‘ra bilish va ularni hal etishda 
to‘g‘ri yondashuvlari shakllanmoqda, lekin hali yerdan foydalanish tizimining 
iqtisodiy mexanizmini erkinlashtirish taqozo etilmoqda. Masalan, so‘ralganlarning 
2012 yilda 37%, 2018 yilda 42% ijara shartlaridan qoniqmaslik, 46% va 77% yer 
uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini bank krediti uchun garovga qo‘yish zarurligi 
to‘g‘risida fikr bildirishdi.
Yer resurslarining taqsimlanishida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, asosan 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar 
bilan bog‘liq bo‘lib, bir tomondan, yer resurslaridan samarali foydalanish uchun 
iqtisodiy usullarni keng qo‘llash imkoniyatini kengaytirayotgani holda, 
ikkinchidan, yer resurslari tabiiy holatining yomonlashuvi jarayonlarining saqlanib 
qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham, yer resurslaridan foydalanish 
tizimini 
rivojlantirishning 
tashkiliy-iqtisodiy, 
huquqiy-institutsional 
mexanizmlarini 
takomillashtirishning 
istiqbolda 
iqtisodiyotni 
barqaror 
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalish va omillarini tadqiq etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Davlat yagona yer fondining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi yer 
resurslaridan foydalanish borasidagi uzoq muddatlarga mo‘ljallangan davlat 
siyosatini belgilash bilan birgalikda jamiyat faoliyatining turli sohalari, iqtisodiyot 
tarmoqlari, fuqarolarning yer resurslariga bo‘lgan ehtiyojini ham belgilaydi. SHu 
maqsadda 
so‘ngi 
yillarda 
mamlakatimizda 
yer 
fondining 
tarkibini 
optimallashtirish, yer resurslaridan foydalanish va ularni takror ishlab chiqarish 
borasida qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy asoslanishi, yer uchastkalarini 
xususiylashtirish, yer bozorini shakllantirish, kreditlash, yerlarning investitsiya 
jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash, yer solig‘i, yer ijarasi haqi hajmining ilmiy 


88 
asoslangan ko‘rsatkichlarini aniqlash yuzasidan muayyan chora va tadbirlar 
belgilandi va amalga oshirildi. Qolaversa, avval ishlab chiqilgan va qabul qilingan 
yerdan foydalanishning uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli 
prognozlash hujjatlari hududlarni tabiiy-iqtisodiy rayonlashtirish va zonalarga 
ajratishni, amalga oshirilayotgan iqtisodiy va yer islohotlarining amaliy 
natijalarini, bozor talablariga mos keladigan xo‘jalik yuritishning turli tashkiliy-
huquqiy shakllarining vujudga kelishini, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmalarining rivojlanishini ta’minlashi kerak. 
Yer resurslarini (fondini) taqsimlash va qayta taqsimlashni mamlakat 
makroiqtisodiyoti, iqtisodiyot tarmoqlari, uning ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish va, eng muhimi, yer 
resurslaridan (fondidan) yuqori darajadagi samaradorlikka erishish ehtiyojlari va 
talablariga mos tarzda amalga oshirishni taqozo etmoqda. Chunki ushbu jarayonlar 
odatda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun katta sarf-xarajatlar bilan amalga 
oshiriladigan unumsiz yerlarni o‘zlashtirish, unumdor, ayniqsa sug‘oriladigan 
yerlarni esa noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratilishi natijasida 
o‘zlashtirilgan sug‘oriladigan yerlar juda kam unumdorlik bonitetiga ega bo‘lib 
qolmoqda. Yangi o‘zlashtirilgan yerlar sifatini oshirish uchun esa juda ulkan sarf-
xarajatlar kerak bo‘ladi. Shu sababli, yer resurslarini (fondini) iqtisodiyot 
tarmoqlariaro, hududlariaro, ijtimoiy sohalararo taqsimlash va qayta taqsimlashda 
ularni eng muhim ishlab chiqarish resursi va vositasi, ishlab chiqarish jarayonlari 
amalga oshiriladigan makon sifatidagi vazifalarini inobatga olinishi muhimdir. 
Pirovardida, yer resurslarini (fondini) iqtisodiyot tarmoqlariaro, hududlariaro, 
ijtimoiy sohalararo oqilona taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakat yagona yer 
fondining tuzilishida o‘z aksini topadi. 
Mamlakat yagona yer fondining, umuman yerdan foydalanishning tuzilishi, 
uning xarakteri, tarkibi juda muhim ahamiyatga ega. Ayni shuning uchun ham 
mazkur muammoga har doim yetarli va lozim darajada e’tibor qaratish, uning 
ilmiy va metodologik asoslarini tadqiq qilib borish talab qilinadi. Shunga 


89 
qaramasdan jamiyat va iqtisodiyotning yerdan foydalanish tuzilishining mohiyati 
va roli qoniqarli darajada tadqiq etilmagan, uning tarkibiga kiruvchi turlar va 
guruhlarni belgilash tartibi o‘rganilmagan, tarkibni optimallashtirish masalalari 
ishlab chiqilmagan, yerdan foydalanish tarkibiga kiruvchi turlar va guruhlardan 
foydalanish samaradorligini baholash usullari mavjud emas. Natijada, yerlardan 
nooqilona foydalanishga yo‘l qo‘yilyapti, tuproqning sifati, yerdan foydalanish 
samaradorligi pasayib ketyapti, yer resurslarini takror ishlab chiqarish davri 
buzilishining salbiy oqibatlari kuzatilmoqda. 
Tuzilish deyilganda, umuman olganda, ob’ekt yoki tizimning ichki tarkibi 
tushuniladi. “Struktura” so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda, ob’ekt qismlarining 
tuzilishi, joylashuvi, tartibi degan ma’nolarni bildiradi. Shuningdek struktura 
deyilganda, ob’ektning yaxlitligini, ya’ni turli tashqi va ichki o‘zgarishlarda ham 
o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolishini ta’minlovchi qismlarining barqaror 
aloqalari majmuasi tushuniladi. Yerdan foydalanish tizimi tuzilishi murakkab 
hodisa bo‘lib, jamiyat va iqtisodiyotning moddiy va boshqa ne’matlarga 
ehtiyojining ortib borishi natijasida yer resurslaridan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda 
foydalanishi bilan bog‘liq. U jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining tabiiy, siyosiy-
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlariga ko‘ra yerdan foydalanish tizimining tarkibiy 
qismlari, ularning o‘rni, amalga oshirilish tartibini ifodalaydi. Yerdan ko‘p 
yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish mazkur tizimning yerdan foydalanishning 
xususiyatlari va usullariga ko‘ra tarkibiy qismlarga, ya’ni turlar va guruhlarga 
ajratilishining asosiy sababidir. Boshqacha aytganda, yerdan foydalanish 
tizimining tarkibiy qismlarga ajratilishi jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining 
qonuniyatlari bilan bog‘liq ob’ektiv zaruratdir. Shu sababli, yerdan foydalanish 
tizimini tarkibiy qismlarga ajratish muammosi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy 
mazmunga ega. 
Yerdan foydalanish tizimi tuzilishining siyosiy-iqtisodiy ahamiyati jamiyat 
va iqtisodiyot rivojlanishi uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan (strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan) aholining moddiy ne’matlarga qtisodiyotning esa, eng 


90 
zarur xom ashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash orqali namoyon bo‘ladi. 
Masalan, yerdan foydalanish tizimining jamiyat uchun birinchi galdagi va eng 
zarur vazifasi – aholini oziq-ovqat va boshqa moddiy ne’matlar bilan uzluksiz va 
barqaror ta’minlanishdir. Misol uchun, Mustaqil O‘zbekistonning eng birinchi 
strategik vazifasi bo‘lgan mamlakatning don va don mahsulotlari mustaqilligini 
ta’minlash, mamlakat yerdan foydalanish tizimi oldiga qo‘yilgan maqsadi qishloq 
xo‘jaligida yerdan foydalanish tizimining tarkibiga ta’sir ko‘rsatib, uning siyosiy-
iqtisodiy mazmunini yanada kuchaytirdi. Hozirgi vaqtda mamlakat ehtiyojlarini 
don va don mahsulotlari bilan ta’minlash muammosi hal etilgan: respublikada don 
ishlab chiqarish yiliga 7,0 mln. tonnadan ortiqni tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda, 
O‘zbekiston Respublikasi paxta xom ashyosini ishlab chiqarishning yirik bazasi 
bo‘lib qolishi bilan birga “paxta monopoliyasi” tugatilib, yer resurslaridan 
foydalanishni diversifikatsiya qilish orqali yerlarning eng muhim resurs sifatidagi 
funksiyalarini yanada kuchaytirish strategiyasi ishlab chiqildi va amalga 
oshirilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mamlakat yerdan foydalanish tizimining 
umumiy tarkibi, jumladan, qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanish tizimi tarkibining 
o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada avvalgiday respublika valyuta tushumlarining 
deyarli yarmini paxta tolasini eksport qilish hisobidan emas, balki tashqi 
bozorlarda real talabga ega eksportbop va raqobatdosh qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarish asosida yerlardan foydalanish yo‘nalishlarini 
diversifikatsiya qilish hisobidan valyuta tushumlarining ko‘payishi kuzatilmoqda, 
bu esa, muhim ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni samarali hal etilishiga imkon 
beradi. Masalan, 1989 yilda mamlakat Prezidentining “Tomorqa yerlari hajmining 
ko‘paytirilishi to‘g‘risida”gi Farmonining amalga oshirilishi respublika aholisi 
uchun ulkan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi, va yerdan 
foydalanish tizimi tarkibida ham tegishli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yuqorida 
aytilganlar yerdan foydalanish tizimi tarkibining siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy 
mohiyatini ochib beruvchi barcha dalillarni qamrab ololmaydi, biroq uni yetarli 
darajada tasdiqlay oladi. 


91 
Yerdan foydalanish tizimining tuzilishi mahsulotni takror ishlab chiqarish, 
yer resurslarini takror ishlab chiqarish davrlari, yerlardan oqilona va samarali 
foydalanish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni iqtisodiyot, mahsulot 
ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning raqamlardagi o‘lchovi 
va xilma-xilligi yerdan foydalanish tizimining tarkibini, undagi tur va guruhlarning 
ishtiroki darajasini ifodalaydi va aksincha. Boshqacha aytganda yerdan foydalanish 
tizimi tuzilishi muayyan davr va sharoitning maqsad va vazifalari, yuzaga kelgan 
vaziyatning xususiyatlariga qarab o‘zgarib turishi nafaqat u yoki bu turdagi 
mahsulotning miqdoriy o‘lchovini, balki iqtisodiyot, yaratilayotgan mahsulotning 
nisbatini ham o‘zgartiradi, bu holat iqtisodiyot, jamiyat taraqqiyotida muhim 
ahamiyatga egadir. Yerdan foydalanish tizimining tuzilishi yer resurslarini takror 
ishlab chiqarish davrida muhim rol o‘ynaydi, chunki yerdan foydalanish 
xususiyatlari va usullari, yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda 
foydalanilishi, yerdan foydalanish intensivlik darajasi, tuproq unumdorligini takror 
ishlab chiqarish va boshqalar yerdan foydalanish tizimining tuzilishi bilan o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘ladi. Va, nihoyat, yerdan foydalanish tizimining tuzilishi bilan 
yerdan oqilona va samarali foydalanishning o‘zaro bog‘liqligi mazmun-mohiyati 
shundan iboratki, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish borasidagi 
barcha ishlanmalar, loyihalar, dasturlar yerdan foydalanish tuzilishi xususiyatlariga 
va xarakteriga bog‘liq holda amalga oshiriladi, ya’ni yerdan foydalanish tizimining 
tuzilishi yerdan oqilona va samarali foydalanish shakli sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mamlakat yerdan foydalanish tizimi tuzilishi jihatidan davlat yagona yer 
fondi kategoriyalariga muvofiq ravishda turlarga bo‘linadi (5.1-rasm). 
“Kategoriya” atamasi ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra predmetlar, hodisalar 
guruhining umumlashmasini anglatadi. Yerlar kategoriyasi deyilganida, yer 
maydonlarining o‘ziga xos umumiy belgilariga va xususiyatlariga ko‘ra 
birlashtirilgan yig‘indisidir. Davlat yagona yer fondi kategoriyalari yer 
maydonlarining (yoki ayrim qismlarining) jamlanmasidir, unga mazkur 
kategoriyalarni ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa eng muhim ahamiyatlilik 


92 
darajasidan kelib chiqqan holda muayyan maqsadga yo‘naltirilib, ularning amalga 
qilishlari uchun zarur va o‘ziga xos shart-sharoitlarning yaratilishi birlashtiradi.
Yerdan foydalanish tizimining (davlat yagona yer fondining) 8 ta 
kategoriyasi (turi) farqlanadi: 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; 
aholi punktlarining yerlari; 
sanoat, transport,aloqa, mudofaa va oshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar; 


93 
Mamlakatning yerdan 
foydalanish turlari 
O’rmon xo’jaligida 
yerdan foydalanish
Suv xo’jaligida 
yerdan foydalanish 
Tabiat 
yodgorliklarini 
saqlashda 
yerdan 
foydalanish
Tabiatni muhofaza 
qilishda 
yerdan 
foydalanish
Sanoatda yerdan 
foydalanish 
Aholi punktlarida 
yerdan foydalanish
Qishloq xo’jaligida 
yerdan foydalanish 
Su
g’
or
ilad
ig
an
Qo
’r
iq
xo
nalar
lalm
ik
o

S
h
a
h
a

p
o
s
y
o
lk
a
lar

s
h
ah
ar
lar
Qis
h
lo
q
p
o
sy
o
lk
alar

san
o
at
tr
an
sp
o
rt
alo
q

Bosh
qa
m
aq
sad
lar
ga
x
av
fs
izlik
za
k
az
n
ik
lar
Mil
liy
b
og
’lar
tab
iat
rek
rea
ts
io
n
tar
ix
iy
m
aish
iy
O’
rm
on
x
o’
jalig

O’
rm
on
k
o’
ch
atlar
in

y
etis
h
tirish
y
ay
lo
v
lar
san
o
at
Qio
sh
lo

xo
’jalig


Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish