Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1. Yerdan foydalanish iqtisodiyotining asosiy mazmuni nimadan iborat? 
2. Ushbu fanning maqsadi va vazifalarini tushuntiring. 
3. Yerdan foydalanish iqtisodiyotini “barqaror foydalanish” tushunchasi bilan
bog‘liqligi nimada? 
4. Yerdan foydalanish sohasida amal qiladigan qonunlarni tushuntiring.
5. Ishlab chiqarish omillari deb nimaga aytiladi? 
6. Yerlardan foydalanishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
7. Yerlarni uzluksiz va proporsional taqsimlash qanday amalga oshiriladi? 
8. Yer munosabatlarida asosiy masala nima? 
9. Yer munosabatlari shakllaridan qaysilarini bilasiz? 
10. Yer islohotining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 


28 
2. YERDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYON 
EKANLIGI, UNING IQTISODIY JIHATLARINING USTUVORLIGI 
 
Jamiyat va iqtisodiyotda yerning juda ko‘plab maqsad va funksiyalarni 
bajarishga yo‘naltirilganligi yerdan foydalanish jihatlarining turli-tumanligini 
taqozo qiladi. Yerdan foydalanishning jihatlari deyilganida, yerning ijtimoiy 
ahamiyatga ega, yerning deyarli mustaqil yo‘nalishi yoxud mazkur jarayonlarni 
amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlash tushuniladi. Shu sababli, yerdan 
foydalanish amaliyotida bevosita foydalanish jihati (ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion, 
ekologik) va mazkur jarayonlarni amalga oshirish jihatlari (huquqiy, informatsion, 
tashkiliy, hududiy, texnologik, resurs, tadbirkorlik) farqlanadi. Birinchi guruhdagi 
jihatlar (yerdan bevosita foydalanish) uchun yer resurslaridan foydalanishdan 
daromad olish xos bo‘lib, uni baholash uchun maxsus uslublar qo‘llaniladi. Shu 
bilan birga qayd etish joizki, yerdan foydalanishning ijtimoiy va rekreatsion 
samaradorlik turlari hozirgi vaqtda faqat tabiiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi va 
mazkur ko‘rsatkichlarni iqtisodiy hamda ekologik samaradorlik bilan taqqoslash 
umuman mumkin emas. Shuning uchun ijtimoiy va rekreatsion samaradorlikning 
qiymat bahosini aniqlash masalasi alohida tadqiqotlarni taqozo etadi. 
Yerdan foydalanish jihatlarining ikkinchi guruhi yerdan foydalanishdan 
daromad (samaradorlik) olish yoki daromadni ko‘paytirish uchun sharoit yaratadi. 
Qayd etish kerakki, ikkinchi guruh jihatlarini qo‘llash orqali yer resurslaridan 
foydalanishning samaradorligi ortib borishini alohida ko‘rsatish va baholash 
qiyinchilik tug‘diradi, chunki ikkinchi guruh jihatlari mustaqil namoyon bo‘lmay, 
asosiy (birinchi guruh) jihatlari bilan birgalikda amalga oshadi. Hozirgi vaqtda 
mazkur masalalar ham yetarli darajada o‘rganilmagan va o‘zining echimini talab 
etadi. 
Yerdan foydalanishning ikkala guruh jihatlari xususiyatlaridan kelib chiqib 
xulosa qilish mumkinki, birinchi guruh asosiy bo‘lib, zero uning jihatlari mustaqil 
amalga oshadi va aniq mazmunga ega; ikkinchi guruh jihatlari bilvosita, ya’ni 
birinchi guruh jihatlari samaradorligi orqali amalga oshadi. Shularni inobatga 


29 
olgan holda, yerdan foydalanishning asosiy birinchi guruh jihatlarining mazmunini 
ko‘rib chiqamiz. 
1. Yerdan foydalanishning iqtisodiy jihati yer ishlab chiqarish vositasi, 
qazilma boyliklar “omborxonasi”, mulkchilik ob’ekti (bozor munosabatlari), 
soliqqa tortish ob’ekti (fiskal mohiyati) ekanligidir. Jamiyat farovonligi va 
iqtisodiy rivojlanishning moddiy asosi bo‘lgani holda makonda cheklangan, 
miqdoriy jihatdan takror ishlab chiqarilmaydi. Bularning barchasi yerdan 
foydalanishning iqtisodiy mohiyatini belgilaydi, yagona davlat yer fondidan 
samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Jamiyat faoliyatining turli sohalarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 
hududlarida yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi turlicha, chunki bir 
tomondan “amaliyot bajariladigan makon” bo‘lsa, boshqa bir tomondan ishlab 
chiqarish vositasi, uchinchi holatda – ishlab chiqarishning asosiy vositasi
to‘rtinchidan esa, tovar, kapital, xo‘jalik va ko‘chmas mulk ob’ekti hamda 
investitsiya resursi sifatida namoyon bo‘ladi.
Yerdan foydalanish iqtisodiy jihatlarining tarkibiy qismlariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
-
asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yerlardan qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligida ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish; 
-
sanoat, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va sohalarida yerdan 
ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish; 
-
yerga ijara haqi to‘lash; 
-
yerdan foydalanishning soliq-byudjet (fiskal) jihati; 
-
bozor (oldi-sotdi) sohasida yerdan foydalanish; 
-
yer maydonlarini qaytarib olganda ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar uchun 
tovon to‘lash; 
-
yerlarni takror ishlab chiqarish samaradorligi; 
-
yerlarni himoya qilish; 


30 
-
yerlardan 
oqilona 
foydalanishni 
rag‘batlantirish (jumladan jazo 
sanksiyalari)ni qo‘llash. 
Ro‘yxatdagi dastlabki beshta holat yerdan foydalanishda iqtisodiy daromad 
bilan, ikkinchi guruh (6-9) holatlar yerdan foydalanishning keyingi sharoitlarini 
yaratish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni ifodalaydi. Davlatning yagona yer 
fondidan foydalanishning iqtisodiy darajasining iqtisodiy-matematik modelini 
umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: 









7
1
9
6
7
1
5
1
max

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish