Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

n
m
сij
1
1
Сижт
( 2.2 ) 
bu yerda:
S
ijt
– yerdan foydalanishning ijtimoiy samarasi;
i – yer uchastkalari indeksi (i = 1, 2,…, m); 
j - ijtimoiy sohada yerlardan foydalanish indeksi (j =1,2, ..., n); 
s
ij
- j maqsadida i yer uchastkasidan foydalanishning ijtimoiy samaradorligi. 
Ta’kidlash joizki, yerdan foydalanish ijtimoiy jihatining nazariy va amaliy 
tomonlariga zarur e’tibor berilmay kelinmoqda: yerdan foydalanishning ijtimoiy 
samaradorligini baholash uslub va mexanizmi ishlab chiqilmagan, baholash 
ko‘rsatkichlari tizimi va ijtimoiy samaradorlikning qiymat ko‘rsatkichlari mavjud 
emas.
Samaradorlikning ijtimoiy ko‘rinishi samaradorlikning boshqa ko‘rinishlari 
– iqtisodiy, rekreatsion, ekologik ko‘rinishlari bilan uzviy bog‘liq. Yerdan 


35 
foydalanishning ijtimoiy natijalari fuqarolar hayotining sifati va sharoitlarida aks 
etadi. Masalan, sog‘lomlashtirish ob’ektlari (sanatoriy, dam olish uylari)ning 
faoliyati yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatiga kirib, ijtimoiy samaradorlik 
ijtimoiy xarakterdagi tabiiy ko‘rsatkichlar (masalan, salomatligini tiklagan kishilar 
miqdori, dam oluvchilar miqdori) da ifoda etiladi. Lekin, pirovardida, mazkur 
yerlardan foydalanishning samaradorligini qiymat vositasida ifodalash zarur. 
Boshqacha aytganda, yerlardan foydalanish ijtimoiy samaradorligining qiymatda 
ifodalanishi yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy baholanishiga olib keladi.
Yerdan foydalanishning rekreatsion jihati maxsus qo‘riqlanadigan (tabiatni 
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion, tarixiy-madaniy) yerlardan 
foydalanish masalalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, rekreatsiya (lotincha recreatio – 
tiklanish) – dam olish, insonlarning mehnat jarayonida sarflangan jismoniy, 
intellektual 
qobiliyatlarini 
takror 
ishab 
chiqarishni 
tashkillashtirishdir. 
“Rekreatsiya” atamasi taxminan 1960-yillardan boshlab tibbiyot, fiziologiya, 
sotsiologiya, iqtisodiyot va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda qo‘llana boshlandi
5

Mazkur sohadagi tashkilot va korxonalar mamlakat iqtisodiyotining yirik 
tarmog‘ini tashkil etadi, rekreatsion xizmat iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan 
tarmog‘i bo‘lib, ko‘p kuch va xarajat talab etuvchi mustaqil sohasidir. Rekreatsion 
yo‘nalish yerlardan ommaviy dam olish, madaniy hordiq va sog‘lomlashtirish 
maqsadida foydalanishni nazarda tutadi. Yerdan bunday tarzda foydalanish 
ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega. Demak, rekreatsion samaradorlik 
pirovardida iqtisodiy, asosan, ijtimoiy samaradorlik orqali amalga oshadi. Bunda 
ushbu ijtimoiy samaradorlikning qiymatda ifodalanishi yer resurslaridan 
foydalanishning iqtisodiy baholanishi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, 
rekreatsion samaradorlik o‘zining tabiiy ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi, lekin 
qiymat 
ko‘rinishida ifodalanish zarurati rekreatsion maqsadda yerdan 
foydalanishning iqtisodiy baholanishiga olib keladi. 
5
Большая экономическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2008.– С.543. 


36 
Yerdan foydalanishning ekologik jihati yerdan foydalanish jarayonida tabiiy 
resurslar ichida eng muhim omil sifatida yerning darajasi (yaxshilanishi yoki 
yomonlashishi) ni belgilaydi. Ushbu jihat ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda 
yerdan foydalanish borasida jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. 
Materiya harakatining oliy shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning harakatiga jiddiy ta’sir 
qiladi, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Agar tirik mavjudotlar biologik tur 
sifatida yerda yashayotganliklari sababli tabiatga ta’sir ko‘rsatsalar, insoniyat 
tabiatga o‘z faoliyati orqali ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat va iqtisodiyot o‘zining 
rivojlanishi jarayonida mehnat qurollari, ishlab chiqarish texnologiyalarining 
takomillashib borishi natijasida borgan sari ko‘proq tabiatga ta’sir ko‘rsatmoqda, 
borgan sari tabiatga bog‘liqligi susayib bormoqda, o‘zining ehtiyojlarini qondirish 
uchun borgan sari mukammal, tabiatda bo‘lmagan buyumlar yaratmoqda. 
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida tabiat resurslarini iste’mol etish va 
tabiatni har tomonlama muhofaza qilish ob’ektiv jarayon bo‘lib qolmoqda. 
Insoniyat o‘zining moddiy, ilmiy va madaniy talablarini qondirish uchun ishlab 
chiqarishda foydalanadigan tabiat resurslariga tabiat ob’ektlari va tabiat jarayonlari 
kiradi. Tabiat resurslaridan foydalanishning tobora ortib borishi endilikda ularning 
miqdori va sifatini hisobga olishni talab etadi. Insonning tabiatga nisbatan 
o‘ylamasdan, isrofgarchilik bilan munosabatda bo‘lishi atrof-muhitda jiddiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. 
Tabiatga katta miqyosda zarar keltirilishi (tuproqning buzilishi, chorvani 
o‘tlatish natijasida o‘simlik resurslarining yo‘qotilishi, o‘rmonlarning kesilishi, 
yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va hokozo) yer maydonlari, suv havzalari, 
o‘rmonlar va tuproqlar muhofazasini tartibga solishga qaratilgan qonunlar ishlab 
chiqilishi zaruratini keltirib chiqardi. Fan va texnologiyaning taraqqiy etishining 
jadallashishi insonning tabiatga ta’sirini sezilarli darajada orttirdi – hayvon turlari, 
tabiiy landshaftlar yo‘qola bordi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida “tabiatni 
muhofaza qilish” tushunchasi, 30-yillarida tabiat resurslarining ochiqdan-ochiq 
talon-taroj etilishi oqibatida “tabiat resurslarini muhofaza qilish” tushunchasi, 50-


37 
60-yillarida esa, yer biosferasining radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishi sababli 
“atrof muhitni muhofaza qilish” tushunchasi vujudga keldi. Hozirgi kunda atrof 
muhitni muhofaza qilish tushunchasi asosiga tabiat resurlaridan oqilona 
foydalanish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash, biosferaning yo‘q qilinishidan 
asrash, iqlim o‘zgarishining oldini olish, tabiat resurslarining ommaviy 
degradatsiyalashishi kabi muammolar paydo bo‘lgan. 
Tabiatni muhofaza qilish muammolari murakkab bo‘lib, tashkiliy-iqtisodiy, 
huquqiy, sog‘lomlashtirish, gigiyenik, estetik, tarbiyaviy, ilmiy jihatlarni o‘z ichiga 
oladi, ushbu muammolarni hal etish uchun tabiat va jamiyat muloqotiga 
asoslangan ekologik yondashuv katta ahamiyatga ega. 
Antropogen almashinuv biosferaning ekologik mutanosibligi, tabiat, 
iqtisodiyot va jamiyat munosabatlarini buzadi. Chiqindisiz ishlab chiqarish 
texnologiyalari tizimini barpo etish, insonning ishlab chiqarish faoliyatiga biosfera 
funksiyasining ham kiritilishi ushbu muammolar echimida yangicha yondashuvdir. 
Tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar asosida resurslardan 
foydalanish jarayonining o‘zida ularni asrash talabi qo‘yilgan. Bu talab tabiat, 
jamiyat va iqtisodiyotning yaxlitligi, antropogen almashinuv, tabiat resurslaridan 
foydalanish jarayonida ularni muhofaza qilishdan kelib chiqadi. Mukammal 
antropogen almashinuv, uning biosfera funksiyasiga kiritilishi muhim vazifa 
bo‘lib, u tezlikda amalga oshirilishi kerak. Tabiat resurslaridan foydalanish 
kompleks xususiyatga ega bo‘lishi, tabiat resurslaridan foydalanish va tabiatni 
muhofaza qilish borasidagi tadbirlar oqilona bo‘lib, ekologik nuqtai nazardan ilmiy 
asoslangan bo‘lishi darkor. 
Yuqorida aytilgan fikrlar muhim tabiat resursi sifatida yer resurslariga ham 
taalluqlidir. Inson o‘zining amaliy faoliyati jarayonida yerga tabiat resursi sifatida 
ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatadi: bevosita va bilvosita. Birinchi holatda yer turli 
inshootlar, qurilishlar, ob’ektlar uchun makon sifatida xizmat qiladi. Ikkinchi 
holatda, yer qishloq xo‘jaligi (shuningdek o‘rmon xo‘jaligi)da ishlab chiqarishning 
eng asosiy vositasi sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishning bu tarmog‘ida 


38 
yerning eng muhim xususiyati – tuproq unumdorligidan foydalaniladi. SHu 
sababli, tuproq bir tarafdan, biosfera asosi sifatida, boshqa tarafdan, insoniyatning 
moddiy ne’matlar manbai sifatida kishilik jamiyati mavjudligida hal etuvchi 
ahamiyatga ega. SHuning uchun ham tuproq unumdorligiga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lish tabiatni muhofaza qilishning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. 
Yer resurslaridan foydalanish masalasi, xuddi boshqa tabiiy resurslardan 
foydalanish kabi, ilmiy asoslangan yondashuv asosida hal etilishi kerak. Bunda yer 
resurslari, umuman, tabiatni muhofaza qilish undan foydalanish jarayonida amalga 
oshirilishi kerak. Mamlakatda yer resurslari katta, lekin shu bilan birgalikda 
cheklanmagan, deya olmaymiz.
2.1-jadvalga ko‘ra sug‘orilib haydaladigan yerning kishi boshiga to‘g‘ri 
keladigan nisbatining kamayib ketishiga qishloq xo‘jaligi oborotidagi yerlarni 
boshqa tarmoqlarga berilishi, tuproq eroziyasi, botqoqlashuv, ifloslanish, 
shuningdek aholi sonining ortib borishi kabi holatlar sabab bo‘lmoqda. Bu holat 
yerni muhofaza qilish masalasiga jiddiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. 
Tuproqqa suv va shamol eroziyasi kuchli zarar

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish