Alqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi


Valyuta kursini mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va uning barqarorligini ta’minlash yo‘llari



Download 114,47 Kb.
bet23/24
Sana31.12.2021
Hajmi114,47 Kb.
#206383
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Kurs ishi Karimova Munisa

Valyuta kursini mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va uning barqarorligini ta’minlash yo‘llari

Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.

Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta’minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yo‘naltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.

Shu bilan birga, valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samarali bo‘lgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keldi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirishda, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylandi.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muvofiq hamda valyuta sohasi tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag’batlantirish, tog’risidagi to’g’ri xorojiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:

1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash;

ikkinchidan, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash;

uchinchidan, valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi rolini oshirish;

to‘rtinchidan, sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;

beshinchidan, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish;

oltinchidan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat budjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish;

yettinchidan, bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash hisobiga oshirish;

sakkizinchidan, valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash bo’yicha zaruriy chora tadbirlar ko’rish;

to‘qqizinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yilning 5-sentabridan:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin;

jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablag‘larni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkin;

iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi;

Belgilansinki, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi naqd mablag‘larni faqat milliy valyutada echib olishga haqlidirlar, chet el valyutasidan chet elda asosli foydalanish hollari bundan mustasno.

3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida:

tovar (ish va xizmat)lar uchun to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lovlar bundan mustasno;

tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi;

davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat milliy valyutada undiriladi, konsullik yig‘imlari bundan mustasno.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

xorijiy valyutada kreditlar berish va undirish shartlari kredit siyosatidan kelib chiqqan holda tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi;


banklarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklari tadbirkorlik tavakkalchiligi hisoblanadi hamda ularni boshqarish tijorat bankining vakolatiga kiradi;

xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha komission vositachilik haqi miqdori tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi;

tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda valyuta siyosatini liberallashtirish oqibatlarini yumshatishni nazarda tutuvchi hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin, ularda quyidagilar:

banklarning kapitallashuv darajasi va likvidliligini ta’minlash orqali ularning tavakkalchiliklarga bardoshliligini oshirish, xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda bank tavakkalchiliklarini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy qilishni ko‘zda tutuvchi respublika bank tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar;

iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, xorijiy kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishda davlat tomonidan moliyaviy yordam berish, soliqqa tortish mexanizmlari va tamoyillarini takomillashtirish, davlat tomonidan vaqtincha subsidiyalar ajratish, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va tijorat banklari kreditlarini restrukturizatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari;

import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ichki narxlarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish chora-tadbirlari;

2017-2018-yillarda 14 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lgan oilalar uchun belgilangan nafaqa oluvchilar sonini o‘rtacha 1,5 barobar va kam ta’minlangan oilalar uchun belgilangan moddiy yordam oluvchilar sonini 2 barobarga oshirish, ishsiz fuqarolar uchun aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlarini tashkil etish, shuningdek, Davlat budjeti, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish, shu jumladan, oilalarning alohida davlat ko‘magiga ehtiyojmand toifalariga uy-joy ta’mirlash yoki xarid qilish, qoramol, parranda va eng zarur maishiy texnika sotib olishga ko‘maklashish hisobiga aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish nazarda tutilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

soliqqa tortish bazasini kengaytirish va ichki zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga budjet daromadlarini oshirish orqali 2017-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining profitsit bilan bajarilishini ta’minlash, shuningdek, Davlat budjetida ko‘zda tutilgan barcha tadbirlarning to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash va tasdiqlangan xarajatlarni asossiz qisqartirish amaliyotiga barham berish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz amalga oshirishni nazarda tutgan holda, 2018-yilgi Davlat budjeti loyihasini profitsit prognozi bilan ishlab chiqish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘larini qayta baholash natijasida olgan foydasi soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydigan vaqtincha tartib (2018-yilning 1-iyuliga qadar) belgilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan normalar ta’sirining tahlilidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:

havola qiluvchi me’yorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlari;

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish;

respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish masalalari ko‘zda tutilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasining noqonuniy muomalasini va naqd chet el valyutasi bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirishni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.




Download 114,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish