15-modda. Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |