Davlat qo`nsa bir chivinning boshiga, Semurg` qushlar salom berar qoshiga.
Ushbu damning damlarini dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema.
Xo`ja kelsa chiqar murid, naziri, Xotin bo`lmasmikan erning vaziri?!
Zolim bilan hargiz bo`lmangiz yo`ldosh. 5. Ot chopsa gumbirlar tog`ning darasi, Urushda bilinar mardning sarasi.
6. Sozandalar sozin chertar qo`l bilan, Yomon odam kuydiradi til bilan.
«Alpomish», hassos shoir Hamid Olimjon ta`biri bilan aytganda, «Ozod, erkin, mag`rur va go`zal odamlar haqida to`qilgan, shularni maqtab ko`klarga ko`targan, shu bilan odamlarning yuragiga yaqinlashgan» dostondir.
«Alpomish» badiiy jihatdan yuksak takomilga erishgan doston bo`lgani uchun ham ko`plab baxshilarning shoirlik mahoratini o`lchovchi mezon vazifasini bajargan. Fozil Yo`ldosh o`g`lining esa «Shoirlik beshigi» hisoblangan. (H. Olimjon).
Do'stlaringiz bilan baham: |