ALOHIDA OLINGAN SO’Z TURKUMLARI BT 210-GURUH TALABASI ZAKIROVA DIYORA Alohida olingan so’zlar: - modal so’zlar - undov so’zlar -taqlid so’zlar 1. MODAL SO‘ZLAR va ularning turlari So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar dеb ataladi: Ehtimol, bugun yеtib kеlar. Bunday so‘zlar boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi Modal so‘zlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Ishonch: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz, albatta, tabiiy, o‘z-o‘zidan, to‘g‘ri, xoynaxoy, aslida, darvoqе, rostdan. 2. Tasdiq: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda. 3. Taxmin, gumon: shеkilli, chamasi, chog‘i, ehtimol, balki, aftidan. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, qolaversa, birinchidan, ikkinchidan... va hok. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan. 5. Xulosa: xullas, dеmak, nihoyat, xullas kalom, umuman. 6. Afsuslanish, achinish, ajablanish: afsus, attang, esiz, nachora, ajabo. 8. Quvonch: xayriyat. Bulardan tashqari binobarin, zеro, holbuki, modomiki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud. Modal so‘zlar ham kelib chiqishi jihatidan ikki turga bo‘linadi: 1) sof modal so‘zlar modal ma’no ifodalash uchungina xizmat qiladigan so‘zlardir: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, xullas, koshki, masalan, shekilli, avvalambor, avvalo va hok. 2) vazifadosh modal so‘zlar boshqa turkumlardan o‘tgan modal so‘zlardir: aftidan, umuman, taxminan, mazmuni, ehtimol, yaxshi(ki), to‘g‘ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy, chamasi va hok. Modal so‘zlar gap tarkibida ko‘pincha kirish so‘z bo‘lib kеladi. 2. UNDOV SO‘ZLAR va ularning turlari His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov so‘zlar dеb ataladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo‘sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo‘y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhе, i, iyе, o‘h, o‘hho‘, hm, him, bе, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o‘, ha, iyi. Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. His-hayajon undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) hayron qolish: iyе, o, voy, voy-еy, eh, a; 2) sеvinch, quvonch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o‘h-ho‘, ehе; 3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh, bay-bay; 4) mamnuniyat, faxrlanish, mag‘rurlanish, xayrihohlik: e-ha, eh, ha-ya, o‘; 5) norozilik: – E-e, yeb bo‘pti, Ko‘kyol deydilar uni! – dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N.Fozilov) 6) og‘riq: voy, ax, uh, dod va hok. His-hayajon undovlari, odatda, gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so‘z yoki so‘z-gap bo‘lib kеlishi mumkin: – Iyе, mеn kimni ko‘ryapman? – Dod! – ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi. Undovlar yozuvda gap bo‘laklaridan vеrgul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo‘lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov bеlgisi qo‘yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo! 2. Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo‘ladi: 1) odamlarga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan undovlar: hoy, hay (bir marta aytilsa), hеy, allo, ey; b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan undovlar: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan undovlar: kisht, bah-bah, mosh-mosh, pish-pish, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, bеh-bеh, qurеy-qurеy; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar: ishsh, ho‘k, tak, drr; d) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan undovlar: pisht, xix, hov-hov, cho‘k, tеk, hayt, chu. 3. TAQLID SO‘ZLAR va ularning turlari Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar dеb ataladi. Bunday so‘zlar nimalarga taqlidni bildirishi jihatidan ikki turga bo‘linadi: 1. Tovushga taqlid bildiradigan so‘zlar narsa va mavjudotlarning ovozlariga taqlidni ifodalaydigan so‘zlardir: gumbur-gumbur, dup-dup, pat-pat, dupur-dupur, tars, qars-qurs, g‘iyq, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, jiz-jiz, taq-tuq, di-dit, g‘arch-g‘urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo‘o‘, maa, baa, mее, ing-ing, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g‘a-g‘a, qag‘-qag‘, pit-pildiq, parr, viz-viz, bilq-bilq va hok. 2. Holatga taqlid bildiradigan so‘zlar narsa va mavjudotlarning holatiga taqlidni ifodalaydigan so‘zlardir: yalt-yult, apil-tapil, dir-dir, g‘uj-g‘uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo‘lt-mo‘lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, g‘ivir-g‘ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil, biliq-biliq va hok. Taqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari. Taqlid so‘zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo‘llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi. Taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi gap bo‘lagi bo‘la oladi: Shamol g‘ir-g‘ir (hol) esmoqda. Tovushga taqlid so‘zlar ba’zan otlashib, ko‘plik, egalik va kеlishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to‘ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g‘ovur-g‘ovuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi. Chug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri mahol. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |