1. Asosiy tushunchalar 2. Konvektiv issiqlik almashinuvining differentsial tenglamalari 3. O‘xshashlik nazariyasi asoslari 4 Modellashtirish 5. Tabiiy konvektsiyada issiqlik berilishi 1
Gaz yoki suyuqlik makrozarralarining bir joydan ikkinchi joyga siljishida issiqlikning uzatilish jarayoni konvektsiya deyiladi. Konvektsiya (lotincha canvectia – keltirish) sochiluvchan, suyuq va gazsimon moddalar qatlamlari zarralarining tartibsiz harakatida namoyon bo‘ladi.
2
Shuning uchun zarralari oson siljiydigan muhitdagina konvektsiya sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlikning konvektiv va molekulyar uzatilishining birgalikda ta’sir etishi tufayli bo‘ladigan issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi. Boshqacha aytganda, konvektiv issiqlik almashinuvi bir vaqtning o‘zida ikki usul: konvektsiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3
Konvektiv issiqlik berish nazariyasining asosiy vazifasi oqim yuvib o‘tadigan qattiq jism orqali o‘tadigan issiqlik miqdorini aniqlashdir. Issiqlikning yakuniy oqimi doimo temperaturaning pasayish tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi
4
Vujudga kelish sabablariga qarab, suyuqlikning harakati erkin va majburiy harakatlanishga bo‘linadi. Erkin harakatlanish yoki tabiiy konvektsiya notekis isitilgan suyuqlikda (gazda) vujudga keladi.
5
Bunda vujudga keladigan temperaturalar zichliklarning farq qilishiga va suyuqlikdagi zichligi kamroq makrozarralarning suyuqlik yuzasiga qalqib chiqishiga olib keladi, bu esa harakatlanishni keltirib chiqaradi. Erkin harakatning jadalligi suyuqlik turiga, makrozarralarining temperaturalari farqiga va jarayon bo‘layotgan hajmga bog‘liq.
7
Suyuqlikning majburiy harakatlanishi yoki majburiy konvektsiya tashqi qo‘zg‘atuvchilar: ventilyatorlar, nasoslar va shunga o‘xshashlarning ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bular yordamida suyuqlikni harakatlanish tezligini keng ko‘lamda o‘zgartirish va shu bilan issiqlik almashinuv tezligini boshqarish mumkin.
8
1884 yilda O. Reynolds o‘zining tajribalari asosida, suyuqlikning harakati laminar yoki turbulent bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
1884 yilda O. Reynolds o‘zining tajribalari asosida, suyuqlikning harakati laminar yoki turbulent bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Laminar oqishda suyuqlikning zarralari aralashmasdan harakatlanadi. Bunda oqish yo‘nalishiga normal bo‘yicha issiqlikning uzatilishi asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshadi. Suyuqlikning issiqlik o‘tkazuvchanligi ancha kichik (suv uchun =0,60 Vt/(m.K)) bo‘lganligi sababli laminar oqishda issiqlik almashinish tezligi katta bo‘lmaydi.
Oqim tezligi muayyan qiymatidan ortishi bilan oqish tavsifi keskin o‘zgaradi. Bunda oqimning to‘g‘ri ipga o‘xshash shakli o‘zgarib, to‘lqinsimon shaklga kiradi va nihoyat butunlay aralashib ketadi. Suyuqlikning harakati tartibsiz bo‘la borib, oqim doimo aralashib turadi. Bunday oqish turbulent oqish deyiladi.

Turbulent oqishda issiqlik oqim ichida issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan, shuningdek suyuqlikning deyarli barcha massasining aralashishi yo‘li bilan tarqaladi. Shuning uchun turbulent oqishda issiqlik almashinish laminar oqimdagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi.
Suyuqlik quvur bo‘ylab oqa boshlashi bilan ishqalanish natijasida devorlar yaqinidagi suyuqlik zarralari devorlarga yopishadi, natijada devorlar yaqinida tezlik nolgacha pasayadi. Suyuqlik sarfi o‘zgarmaganligi sababli, tezlik quvur kesimining o‘rtasida tegishlicha ko‘payadi. Bunda quvur devorlarida gidrodinamik chegara qatlam – suyuqlik tezligi w dan nolgacha kamayadigan qatlam hosil bo‘ladi.

Adabiyotlar :
1. Ключников. А.Д. “высокотемпературные теплотехнологические процессы и устоновки” М., 1986 г.
2. Щукин А.П. “промышленные печи и газовые хозяиство заводов” М., 1973 г.
3. Веденеев В.А., Кушнир В.И., Пейко И.Ю. Снижение выбросов оксидов азота и серы от котлов, оборудованных контактными аппаратами с активной насадкой М; Энергоатомиздат «Промышленная энергетика»