Allatropiya
Reja.
Allatropiya hodisasi haqida qisqaqacha ma’lumot.
Allatropiya hususiyatiga ega bo’lgan ba’zi bir elementlarning xossalari
Allatropiya hodisasining ahamiyati
Kimyo fanining hozrgi zamon muomolarini hal qilishdagi o’rni.
Kimyo fanining ahamiyati bo’yicha prizident I.A. Karimovning fikirlari
1. Allatropiya hodisasi birinchi marta shved kimyogari Yakob Berselius tomonidan fanga kiritilgan. Allatropiya so’zi grekcha so’z bo’lib “boshqa xossa” degan ma’noni bildiradi. Allatropiya hodisasiga quydagicha ta’rif berish mumkin: “Bir element atomlaridan turli oddiy moddalarning allotropiya hodisasi deb ataladi”. Bir oddiy moddaning allatropik shakli xuddi shu moddaning ikkinchi allatropik shaklidan kristall panjarasining tuzilishi yoki molekulasidagi atomlar soni bilan farqlanadi. 1860-yilda avagadro nazaryasining fanga kiritilishi moddalar bir necha xil molekula holida bo’la olishi aniqlandi. Masalan: O2 -kislorod О3- ozon. XX-asr boshlarida kristall panjaradagi farqlar allatropik hususiyatni belgilashi tan olindi. 1912-yili V.Osvold allatropiya hodisasiga kristallar polimorfizimining bir ko’rinishi sifatiida qarab undan voz kechishni taklif etdi, ammo hozirda bu ikki tushuncha parallel holda ishlatilib kelinmoqda. Chunki allatropiya hodisasi har qanday agregat holatga ega bo’lgan oddiy moddalarda kuzatilsa, “Polimorfizim” hodisasi esa qattiq tuzilishga ega bo’lgan oddiy moddalarda ham murakkab moddalarda ham kuzatiladi. Hozirda fanda allatropik oddiy moddalarning 400 dan ortiq turi ma’lum. Ko’p hollarda elementning allatropiya namoyon qilish hususiyati uning kristall panjarasi, molekula tuzilishi kimyoviy bog’lanishini belgilovchi, atom tuzilishiga bog’liqdir. O’zgaruvchan kordinatsion songa ega bo’lgan elementlar ko’piroq allatropik shakil tuzilishlarini namoyon qiladi. Elementning allatropik hususiyatini belgilovchi muhum omillardanbiri bu “Katensiya” ya’ni element atomlarining zanjir hosil qilish hususiyatidir. Masalan: S8. allatropiya xossasini namoyon qilish hususiyati asosan metallmaslarda kuchli ifodalangan,(galogenlar, nodir metallar, yarim metallar bundan mustasnodir). Fanda bir elementning bir necha xil allaropik shakllari bo’lsa ularni grek alifibosidagi harflar bilan ifodalash qabul qilingan. Masalan: α, , β kabi.
Ba’zi bir kimyoviy elementlarning allatropik ko’rinishlari haqida qisqacha ma’lumot:
Do'stlaringiz bilan baham: |