Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
birgina shamolning kuchi bilan yoʻq qiladi.
Arablar kulib yuborishdi. Ular urushning vayron qiluvchi kuchiga koʻnikishgan edi,
shamolning bunday qudratga egaligiga ishonishmasdi. Biroq ularning yuragiga qoʻrquv
oraladi. Ularning bari sahroyi edi, shu boisdan ham sehrgarlardan choʻchishardi.
— Buni u qanchalik uddalay bilishini men koʻrishni istayman, — dedi eng katta boshliq.
— Bizga uch kun muhlat bering. Va mening hamrohim, sizga oʻz kuchini koʻrsatish
uchun, shamolga aylanadi. Agar buni u uddalay bilmasa, biz hayotimizni sizga
topshiramiz.
— Shunday ham menga tobe boʻlgan hayotni menga topshirishning hojati yoʻq, — qat'i
javob qildi harbiy boshliq.
Biroq uch kun kutishga rozi boʻldi.
Santyago qoʻrquvdan tamom dovdirab qoldi. Alkimyogar uni qoʻlidan tortib chodirdan
olib chiqdi.
— Qoʻrqayotganingni ularga sezdirma. Bular jasoratli odamlar, qoʻrqoqlarni yomon
koʻrishadi.
Shunga qaramay, Santyagoning ancha vaqt tili kalimaga kelavermadi. Ular qoʻnalgʻada
erkin aylanib yurishdi, arablar faqat otlarini olib qoʻyishdi. Va olam yana bir bor koʻptilli
ekanini koʻrsatdi: burun chek-chegarasiz va ochiq-oydin boʻlgan sahro endi
qamoqxonaga aylandiki, undan qochishning imkoni yoʻq.
— Sen ularga mening bor pulimni berding! — dedi u. — Hammasini, umrim boʻyi ishlab
topgan boyligimni!
— Oʻlishga toʻgʻri kelsa, ularning senga nima keragi bor? Sening pullaring umringni uch
kunga uzaytirdi. Odatda pul ajalni bir daqiqaga ham kechiktirolmaydi.
Biroq Santyago dono va’zlarni eshitishdan yiroq, u qattiq qoʻrqqan edi. U qanday qilib
shamolga aylanishni bilmasdi — alkimyogar emasdi.
Alkimyogar esa jangchidan choy opkelishini soʻradi va boʻzbolaning bilagiga bir necha
tomchi tomizib, allaqanday tushunarsiz soʻzlarni aytdi. Va darhol boʻzbola vujudini
qoʻrquv-xavotir tark etganini his qildi.
— Koʻpam afsus chekaverma, — favqulodda erkalagan ovozda dedi Alkimyogar. — Gap
shundaki, hali sen yuraging bilan gaplashib olishga ulgurmagansan.
— Axir, men shamolga aylana olmayman-ku!
— Kimki Oʻz Taqdiri yoʻlidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay
oladi. Faqat bir narsa orzuning roʻyobga chiqishiga monelik qiladi— bu omadsizlikdan
choʻchish.
— Men omadsizlikdan choʻchimayman. Faqat bilmayman, qanday qilib shamolga
aylanishni.
— Oʻrganishga toʻgʻri keladi. Sening hayoting shunga bogʻliq.
— Agar qoʻlimdan kelmasa-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |