Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
vohaga qaytishi, Fotimaga uylanishi, qoʻy boqib yurishi mumkin. Sahroda Umum Tilini
biladigan, qoʻrgʻoshinni oltinga aylantira oladigan Alkimyogar ham yashagan-ku.
Santyago oʻz san'atini namoyish qiladigan, donoligi bilan lol qoldiradigan odam yoʻq:
Oʻz Taqdiri yoʻlidan borib, u oʻziga kerakli hamma narsaga oʻrgandi, orzu qilganlarini
boshidan kechirdi.
Biroq, eng muhimi, u oʻzining xazinasini qidirdi, zotan, har qanday ish maqsadga toʻla
erishilgandagina bitgan hisoblanadi. Boʻzbola tepalikda turar va yigʻlardi, pastga
qaraganida esa koʻrdi: koʻz yoshlari toʻkilayotgan joyda goʻng qoʻngʻizi oʻrmalab
borayotgandi. Sahro boʻylab kezgan vaqt mobaynida Santyago buning Misrda tangri
timsoli ekanidan xabardor boʻlgandi.
Unga yana bir belgi berildi va boʻzbola qumni kovlashga kirishdi, biroq avval billur
Sotuvchini esladi va uning haq ekanini tushundi: umr boʻyi tosh qalagani bilan hech
kimga oʻz hovlisida ehrom qurish nasib etmaydi.
Tun boʻyi u belgilangan joyda qumni kovladi, biroq hech narsa topmadi. Ehromlar
tepasidan mingyilliklar unga sukut saqlab termulardi. Biroq u yon bermasdi — qumni
oʻraga qaytarib urayotgan shamolga qarshi basma-bas tinimsiz qazirdi. Santyago holdan
toydi, qoʻlini yaraladi, biroq yuragiga ishonaverdi, yuragi unga xazinani koʻz yoshi
toʻkilgan joydan qidirishni uqtirardi.
U oʻradan toshlarni olib tashlayotgan daqiqada tuyqusdan qadam tovushi eshitildi.
Santyago oʻgirilib, odamlarga koʻzi tushdi — ular bir necha nafar edi, yuzlarini tanitib
qoʻymaslik uchun yorugʻga orqalarini berib turishardi.
— Sen bu yerda nima qilayapsan? — soʻradi ulardan biri.
Boʻzbola javob qilmadi. Uni qoʻrquv bosdi, chunki ayni paytda yoʻqotadigan narsasi bor
edi.
— Bizlar urushdan qochdik, — dedi boshqasi. — Bizga pul kerak. Sen bu yerga nima
yashirding?
— Hech nima yashirganim yoʻq, — javob qildi Santyago.
Biroq qochoqlarning biri uni oʻradan tortib oldi, ikkinchisi choʻntaklarini titdi va quyma
oltinni topdi.
— Oltin! — qichqirdi u.
Endi oy uning yuzini yoritardi, Santyago qaroqchining koʻzlarida oʻzining ajalini koʻrdi.
— U yerda yana boʻlishi kerak! — dedi boshqasi.
Ular Santyagoni qazishga majbur qilishdi va u boʻysunmay ilojsiz edi. Biroq xazinadan
darak boʻlmadi va qaroqchilar uni doʻpposlay boshlashdi. Doʻpposlash sahar pallasigacha
davom etdi. Ustidagi kiyimi burda-burda boʻldi va ajali yetishiga ozgina qolganini his
etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |