Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Tangrining irodasi bilan», — qoʻshib qoʻydi u itoatkorona ohangda. 



— Toʻgʻri, — dedi Alkimyogar. 

 

Nihoyat qozoncha sovigach, Santyago bilan ruhoniy hayratlanib qarab qolishdi: idishda 



doira shaklida qotgan qoʻrgʻoshin oltinga aylangan edi. 

— Nahotki bir kun kelib men ham shunga oʻrgansam? — soʻradi boʻzbola. 

— Bu mening Yoʻlim edi — mening, sening emas. Men senga buning mumkin ekanligini 

koʻrsatgim keldi, xolos. 

 

Ular yana ibodatxona darvozasiga kelishdi va shu yerda Alkimyogar oltin gardishni toʻrt 



boʻlakka boʻldi. 

— Bu senga, — dedi u bittasini ruhoniyga uzatib. — Doim ziyoratchilarni 

ochiqkoʻngillik bilan kutib olganing uchun. 

— Oʻzimning ochiqkoʻngilligim uchun juda koʻp olayapman men, — e’tiroz bildirdi 

ruhoniy. 

— Hech qachon bunday demagin. Devorning ham qulogʻi bor, hayot keyingi safar 

ulushingni kamaytirib qoʻyishi mumkin, — javob qildi Alkimyogar va Santyagoga 

oʻgirildi. — Mana bu esa senga, qabila boshligʻi olib qoʻygan pullaring evaziga. 

 

Boʻzbola ham bu oltin juda koʻpligini aytgisi keldi, biroq jim boʻldi. 



— Bu menga, — davom etdi Alkimyogar. — Men uyga qaytishim kerak, sahroda esa 

urush davom etayotir. 

 

Toʻrtinchi boʻlakni qoʻliga olib, u yana ruhoniyga dedi: 



— Bu — tagʻin Santyago uchun. Ehtimol, asqotar. 

— Axir, men xazinani qidirib ketayapman-ku! — qichqirdi u. — Juda yaqin qoldim 

ularga! 

— Men ham ishonaman, sen ularni topasan, — dedi Alkimyogar. 

— Unda menga oltinning nima keragi bor? 

— Chunki sen ikki marta boringdan ajralding. Birinchi marta seni tovlamachi aldab 

ketdi, ikkinchisida qabila boshligʻi shildi. Men keksa irimchi arabman, oʻzimizning 

maqolimizga ishonaman. Maqol shunday: 

 

«Bir boʻlgan hodisa, boshqa takrorlanmasligi mumkin. Biroq ikki bor roʻy bergan hodisa, 



albatta, uchinchi marta ham roʻy beradi». 

 

Ular otlarga minishdi. 



— Senga tushlar tarixidan bir rivoyat aytib bermoqchiman, — dedi Alkimyogar. — 

Baqamtiroq yur. 

 

Boʻzbola boʻysundi. 



— Shunday qilib, Qadimgi Rimda, mustabid Tiberiya zamonida bir yaxshi odam yashab 

oʻtgan, uning ikki nafar oʻgʻli boʻlgan. Ulardan biri jangchi boʻlib, saltanatning uzoq chet 

hududiga xizmatga otlangan. Ikkinchisi esa Rim ahlini hayajonga solgan she’rlar yozgan. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish