3. Davlatning paydo bo`lishi bilan tarixiy bilimlar vazifasining o`zgarishi.
Davlatning paydo bo`lishi bilan tarixiy bilimlarga talab oshdi. Davlatning tuzilishida mafkuraning ahamiyati oshib, yozma tiarixiy manbaga ehtiyoj ortdi. Miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, otashparastlik-zardushtiylik dini paydo bo`ldi va keng tarqaldi.
Bu davrda davlatchalarda, O`rta Osiyo va Qozog`iston cho`llarida, asosan chorvachilik bilan shug`ullangan dashtlilar saklar etnosini tashkil etgan. O`z davrida so`g`dlarning bobkalonlari ham O`rta Osiyo ikki oralig`i saklari bo`lgan. Massagetlar esa xorazmiylarning bobkalonlari edi. «Avesto»da tilga olingan turlar Turonzaminning saklari bo`lganligiga shubhalanmasa ham bo`ladi. Shuningdek, Qozog`iston saklarining bobokalonlari andronova madaniyati aholisi bo`lgan. Andronova madaniyati aholisi – ariylar, dahlar va Avesto turlaridir.
2001 yili «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ushbu noyob madaniy yodgorlik o`zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Natijada butun dunyoda Sharq xalqlarining avesto, xorazm, so`g`d, kushon, moniy, oromiy va boshqa yozuvlardagi adabiy yodgorliklarga doir tadqiqotlari e`lon qilindi. Zardushtiylik dini tarixiti o`rganishga bag`ishlangan to`qqiz jildlik «Dinkard» kitobi chiqdi, «Avesto»dagi olamning yaratilishi haqidagi nasrning bayoni – «Bundaxshin» jamoatchilik e`tiboriga havola etildi.
Zardo`sht «Avesto»ni Sablon tog`ida kechirgan yillarida bita boshlagan. Uning Gohlar hamda Yashtlarni bevosita she`r bilan yaratganini barcha «avesto»shunoslar tan oladi. U hijratga yuz tutgach, shimoliy Eronda bir necha qohin-ulamo bilan birga kitobning qolgan qismini yozib, o`n ikki ming ho`kiz terisiga oltin suvi bilan ko`chirtiradi. Ana shu matndan yana bir nusxa olinib, ma`muriy xatlar, podsho farmonlari, nodir yozuvlar saqlanadigan dijnabishtga (arxiv) beriladi. Asl matn esa podsho Gushtasp xazinasiga topshiriladi. Iskandar Maqduniy Eronni zabt etgach, dijnabishtdagi «Avesto»ni zardushtiy ulamolar yordamida yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan qismini yoqtirib yuborgan. Gushtasi xazinasidagi asl nusxaning taqdiri hamon noma`lumligicha qolib kelmoqda.
«Avesto» tili Markaziy Osiyo, ya`ni Ayrona Vijning bir nohiyasi bo`lmish Xorazmga taaluqli, degan yagona fikr olimlar o`rtasida hukmronlik qilmoqda. «Avesto» nafaqat eng qadimgi yozma manba, balki tarixshunosligimizda davlatning paydo bo`lishi bilan tarixiy bilimlar vazifasini belgilab bergan ajdodlarimiz tafakkurining ne`matidir.
Zardushtiylik. Avesto –be eng qadimiy monoteistik ta`limotlardan biri zardushtiylik va boshqa dinlarning, madaniyatlarning shakllanishiga bebaho ta`sir ko`rsatgan asar hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |