4. Antik davr tarixshunosligi
O`zbekistonning antik davrdagi tarixshunosligida qadimgi Uynoniston va Rim tarixchilari hamda geograflarining asarlari muhim manba bo`lib xizmat qiladi. Ulardan 9 tasi haqidagi ma`lumotni «Tarixiy manbashunoslik» o`quv qo`llanmasidan foydalanib topishimiz mumkin.
Xeradotning «Tarix» asarida o`zbekistonning qadimiy xalqlari bo`lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, doylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo`shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
Diodor (mil.avv.90-21 yy.)ning «Tarixiy kutubxonasi» nomli 40 kitobdan iborat asarining, faqat – qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5 kitobdari saqlanib qolgan.
Pompey Trog (mil.avv. 1-milod. I asri)ning «Filipp tarixi»da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sug`dda qurilgan shahar va imoratlar, Parfiya podsholigi, aholisining kelib chiqishi va Midiya bilan o`zaro munosabatlariga oid muhim ma`lumotlar mavjud.
O`zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o`rganishda panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan Arrianning «Iskandarning yurishlari» nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kvint Kurtsiy Rufning asari – «Buyuk Iskandar tarixi»da O`zbekiston hududining Iskandar Zulqarnay qo`shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqichlariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo`zg`alon keng yoritib berilgan. Kezi kelganda ta`kidlash joizki, Samarqandda, jasur Spitamen oilasidatug`ilib, yurti va otasining dushmani bo`lgan Selevka Iskandarning xohishi bilan turmushga chiqqan go`zal Apama haqida qiziqarli ma`lumotlarni Amriddin Berdimurodov e`lon qilmoqda.
Sermahsul olim Gay Pliniy Sekund (24-79) o`zining «Oddiy tarix» asarida O`zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar skiflar, Oks, Yaksart, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.
Polibiy (mil.avv.201-120 yy.) «Umumiy tarixi» Antixo I ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy uyrishi haqida muhim ma`lumot beradi.
Strabon (mil.av. 63-milod.23)ning «Ggeografiya»sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg`iyonaning tabiiy holat, shaharlari, qisman ularga borish yo`llari, Oxa (Harrirud), Oksva Yaksart daryolari haqida O`zbekistonning qadimiy xalqlari haqida, ularning kelib chiqish, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e`tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o`zaro munosabatlari haqida ma`lumotlar beradi.
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) «Geografiya»sida Girkaniya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So`g`diyonaning mashhur shaharlari, ularning aholisi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Xuddi shuningdek Plutarx, Polien, Yustik asarlarida ham antik davrga doir qimmatli ma`lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |