Kimgaki ko'rgussalar ul nav' yo'l,
O 'zga yo'lidan chiqa olg'aymi ul?
N a’ra chekib, sel kibi to'kdi yosh,
Shayx ayog'iga tldo qiidi bosh.
Komil anga berdi chu bu parvarish,
Ayladi bir afv bila muncha ish.249
“Hayrat ul-abror”dagi o 'n oltinchi maqolatga ilova
qilingan hikoyat ham diniy-tasavvufiy ruhda. U hikoyat
“Abdulloh Muborakning burqa' bila jihod m aydonig'a kirib, fath
jamolidin burqa' olg'oni va Hasan Rabi' ul jamolini ko'rub
hayron qolg'oni” deb nomlanadi. Bu hikoyat o'ttiz to 'rt bayt-
oltmish sakkiz misradan iborat. Uning mavzusi mardlik.
Shayxning
jihodga kirib, dushmanni yenggani haqida. Hikoyat
mashhur so'fiylardan Hasan ibn Rabi' tilidan rivoyat qilinadi.
Unda yozilishicha, kuffor - kofir, ya’ni dushman tomondan bir
pahlavon chiqib, yakkama-yakka jangga raqib chaqiradi. Ko'plab
musulmonlar uning tig'idan halok bo'ladi:
Kimki xirom ayladi maydonig'a,
Kirdi o 'zi kuch bila o 'z qonig'a.
Necha musulmonni
chuqildi shahid,
Bo'lmish edi din cherigi noumid.250
Bu holat hammani tashvishga soladi. Shunda yuziga
burqa' - niqob tortgan bur mard kishi maydonga kiradi. Bir na'ra
tortib, dushmanni urib yiqitadi. Uni do'zzaxga yuboradi -
oidiradi. Q o'shin ichida g'ala-g'ovur ko'tariiadi. Hech kim
uning kimligini bilmaydi:
Chehrasini burqa' aro yoshurib,
Ishq o'ti yanglig' yoshurin kuydirib.
Qahr ila kofirg'a yetishg'an zamon,
Hamla hamon erdiyu, yiqmoq hamon.
G 'ozi o'zin chunki
ayon qilmadi,
Kimsa aning kim ekanin bilmadi.251
249 “Hayrat ul-abror” 244-bet.
250 “Hayrat ul-abror” 277-bet.
251 “Hayrat ul-abror” 277-bet.
240
Hasan ibni Rabi' uning kimligini bilish uchun qidirib
topadi. Xudo nomini tilga olib. o'zini tanitishini, yuzidagi pardani
olishini so'raydi. Tangri oti tilga olingach, yuzini ochadi. Bu
Abdulloh Muborak edi. O 'zini tanitib, barchaga ko'rinish
berishini so'raganda, Olloh hammasidan xabardor ekanligi,
kishilar
bilsa-bilmasa ham, oshiq yori uchun ham ishini pinhon
tutishi zarurligini aytadi. Olloh yo'lida, islom yo'lida bu ishni
bajarganini bildiradi.
Dostonda o 'n yettinchi maqolatga ilova qilingan hikoyat
ham diniy mazmunda. Ayni paytda bu yerda mehr-muhabbat
mavzusi ham bor. O 'n yettinchi maqolat “Bahor yigitligi
nazohatidakim ...” deyiladi.
Unda bahor, yigitlik, bahordagi
o'zgarishlar, inson umri kabilar haqida gapiriladi. Ilova tarzida
“ Imomi m a’sumi Zaynul-obidinning sag'erasi m a’sumasining
kabirush-shon kalomi, agarchi ul sag'iradin m a’sum edi” nomli
hikoyat keltiriladi. Bu hikoyatning hajmi o'ttiz
bayt - oltmish
misra. Uning mazmuni quyidagicha: Zaynul-obidin bir kuni yosh
bolaning boshini silab mehr ko'rsatadi. Uning olti yoshlardagi bir
aqlli bolasi bor edi. U otasining boshqa bolaga mehr
ko'rsatayotganidan yig'laydi. Otasi buni rashkdan deb biladi:
K o'rdi otasiki, sevar yoshini,
Yosh to'kubon qildi girih qoshini.
Chehra uza yoshini ko'rgach imom,
Istadi qoshig'a qilib ehtirom.
Qildi tasavvur yuzida ashkdin,
Ki magar ul yig'lar edi rashkdin."02
Otasi
unga mehr bilan boqib, u bola hali sut emadigan
yoshdaligi, ta ’ni ojizligi, mehrga muhtojligi sabab shunday
qilganini aytadi. Rashk qilish yaxshi emasligini tushintiradi.
Bolasi bunday emasligini, u boladan rashk uchun yig'lamaganini,
balki bir kuni otasidan Haqdan o'zgaga mehr qo'ymaganini
eshitganini, endi esa o'zgaga
mehr berib, Haqni unutganidan,
otasining ahdiga turmaganidan yig'Iaganini aytadi. Otasi bu
Do'stlaringiz bilan baham: