Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


ALISHER NAVOIY FENOMENI



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

141


ALISHER NAVOIY FENOMENI
(M anbalar asosida)
Amir Nizomiddin Alisher Navoiy (844 - 906/1441 - 1501) 
faqat o‘zbek xalqi emas, balki butun turk olamining buyuk shoiri, 
mutafakkiri sifatida jahon badiiy tafakkuri tarixida o‘z o‘rni va 
maqomiga ega ijodkordir. Uning jahon badiiyati xazinasiga 
qo‘shilgan shoh asarlari, XV asming ikkinchi yarmi temuriylar 
saltanati davri ilm-fani va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan 
benihoya katta hissasi allaqachon e ’tirof etilgan. U hayotini 
to‘laligicha mamlakat ravnaqi, xalq va millatning tinch-totuv 
yashashi hamda davlat qudratini mustahkamlashga bag‘ishladi. 
Sulton Husayn Boyqaroning uni “mamlakat ustuni, dinu davlat 
nizomi, mulku millat asboblari zubdasi, xayrli binolar muassisi, 
hoqon davlati tayanchi”, deb ataganligi bejiz bo‘lmagan, albatta.
Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy (o‘zbek) 
tilning boy imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olgan, arab, fors 
tillaridan hech qaysi jihatdan kam boMmagan go‘zal til ekanligini 
isbotlab bergan buyuk olimdir. 0 ‘sha davrlarda fors tili poeziya 
tili, arab tili esa ilmiy til sifatida qabul qilingan edi. Rasmiy 
yozishmalar har ikkala til omixtasidan iborat edi. Turkiy tilga esa 
avom tili sifatida qarash ustuvor edi. Turkiy xalqlarning ko‘p 
mingyillik davlatchilik tajribasi va boy ma’naviy-adabiy merosi 
mo‘g‘ul bosqini oqibatida yo‘q qilinganligi tufayli temuriylar 
davrida turkiy xalqlarning shonli tarixi, tili va qadriyatlarini 
tiklash juda qiyin kechgan. Hatto Temur saroyida turkiy tilni 
davlat tili darajasiga olib chiqish ishlari oxiriga yetkazilmay 
qolgan. Shunday bir sharoitda Alisher Navoiy o‘z oldiga o‘zbek 
tili maqomini tiklash maqsadini qo‘ydi. U bejiz ushbu satrlarni 
yozmagan:
Turk nazmida chu tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Darhaqiqat, Navoiy o‘zi e ’tirof etganidek, turkiy til va 
adabiyoti maydonida bayroq ko‘tardi, butun mamlakatni
142


yakqalam, ya’ni bir tilli qildi. Dunyo olimlari Navoiyning o‘zbek 
(turkiy) adabiy tili mavqeini ko‘tarish va rivojlantirishdagi 
xizmatlarini 
insoniyat 
tamadduni 
tarixidagi 
buyuk 
ma’rifatparvarlar - fransuz Dyu-Belli va rus M.Lomonosovning 
millat madaniyatida tub burilish yasagan sa’y-harakati bilan 
tenglashtiradilar.
Alisher Navoiy davlat ishlaridan xoli vaqtlarida badiiy 
ijod bilan shug‘ullandi va badiiyot olamida tengsiz bo‘lgan nodir 
asarlar yaratdi. Buyuk beshlik - “Xamsa” va “Xazoyin ul- 
maoniy” devoni, “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Mezon ul- 
avzon” kabi ilmiy asarlari, forsiy devoni va qasidalari, diniy- 
ma’rifiy manzumalari hamda tarixiy ahamiyatga molik xotira — 
“holot”lari uning beqiyos so‘z san’atkori, buyuk faylasuf va 
olimligining dalilidir. Navoiy asarlarida inson ma’naviy-axloqiy 
kamoloti g‘oyasi yetakchi; odamiylik, bag‘rikenglik, ezgulik esa 
shoir falsafasining asosini tashkil etadi.
Alisher Navoiy katta yer-mulk egasi edi. U 1481 yili 
o‘zining bor mol-dunyosidan voz kechib, xayriya, ya’ni vaqf 
mulkini tashkil qiladi. Vaqf mulki - Hirot hududidagi imoratlar, 
xususan, Ixlosiya madrasasi va unga tegishli imoratlar, 24 
do‘kon, 3-4 tim bozori, bog‘-rog‘lar (255,5 jarib uzumzor va 
mevazor bog‘lar, yerlaming muayyan qismi (545 jarib) va ulami 
ishlatishdan tushgan daromad to'laligicha ta’lim muassasalaii, 
musoflrxonalar va darvishlar, qalandarlar, kambag‘al muhtojlar, 
yetim-yesirlarning ehtiyojini qoplab turishga qaratildi. Boshqa 
bir qismi ilm-fan va adabiyotni rivojlantirishga sarflandi. 
Navoiyning bevosita moddiy va ma’naviy ko‘magi ostida o‘nlab 
olimlar tadqiqot ishlarini olib bordilar. tarixiy asarlar yozish к eng 
rag‘batlantirildi, tasviriy san’at ustalarining ishiga alohida e’tibor 
berildi. Hirotda Navoiyning shaxsiy tasftabbusi va mab!ag‘i bilan 
Xalosiya, Shifoiya, Nizomiya kabi bir necha madrasa va xonaqoh 
qurilib, ularda mashhur olimlar dars berish va ilm bilan 
shug‘ullandilar. Bu davrda riyoziyot, ilmi nujum, xandasa, 
mantiq, fiqh, islom nazariyasi va boshqa sohalarga 143


asarlar yaratildi. Navoiy rahnamo Hirot adabiy muhitining rivoji 
uchun sulton katta sharoit va qulayliklar yaratib berdi. Bu 
temuriylar saltanatida ilm-fan va adabiyot rivoji an ishiga 
hukmdoming alohida e’tibori namunasi edi. Mamlakatda ilm- 
fanning taraqqiy topishida Navoiyning xizmati beqiyos boidi. 
Tarixchi Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Navoiy 
rahbarligi va homiyligida yaratilgan yigirmaga yaqin muhim 
ilmiy tadqiqot nomi, ulaming mualliflari hamda uning moddiy 
ko‘magi yordamida ijod etgan shoir va ilm ahli ro‘yxatini 
keltirgan. Uning temuriylar sulolasi hamda ilm-fan ahliga qilgan 
fidoyi xizmati o‘sha davming o‘zidayoq yuzlab asarlarda qayd 
etildi. Dovrug‘i boshqa davlatlarga ham taraldi. Uning nomi yetti 
iqlim fozillari va san’atkorlari homiysi sifatida afsonaviy shuhrat 
topdi. Hipot olimlarining ko'pchiligi Amir Alisher ko'rsatgan 
katta xizmatlami minnatdorlik sifatida o‘z asarlari debochasida 
bitdilar. Navoiyning beminnat ezguliklari borasida juda ko‘p 
tazkiranavislar, tarixchilar, shoirlar, olimlar o‘z asarlarida 
shohidlik 
bildirib 
ketdilar. 
Buning 
isbotini 
Davlatshoh 
Samarqandiy, 
Mu’iniddin 
Isfizoriy, 
Abdulg‘afur 
Loriy, 
Abdul vose’ 
Nizomiy, 
Mirxond, 
Xondamir, 
Sultan 
Ali 
Mashhadiy, Atoulloh Husayniy, Atoulloh Asiliy, Husayn 
Koshifiy, Mir Husayn Muammoiy, Shamsiddin Badaxshiy va 
yana o‘nlab Navoiy zamondoshlari asarlarida, Navoiy sha’niga 
bitilgan 
turli 
madhiyalarda 
ham 
uchratamiz. 
Jumladan, 
Kamoliddin Husayn voiz al-Koshifiy o‘zining «Javohir ut-tafsir» 
asari debochasida Navoiy tomonidan unga ko‘rsatilgan yordam 
va maslahatlar haqida gapirib o‘tar ekan, zamondoshlarining 
e ’tirofini umumlashtirib, shunday yozadi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish