Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Sen K a’ba mangavu men tilub dayr,
Tavfing sori hech qilmayin sayr.
Solib sanga iztirob har dam,
Ka'bamni qilib xarob har dam.
Ka’bam bo ‘Imish meningxarobim,
Tengriga ne bo'Ig'usijavobim?!
Majnunning ota-onasi vafot etganini eshitgan Layli 
yorining ham firoq alamidan, ham ota-ona motamidan iztirobga 
tushayotganini o ‘ylab, chuqur g ‘amga botadi. Majnun ota- 
onasining g ‘amidan azobda bo‘lsa, menga ham bu g ‘am, ham 
uning g ‘ami ikki hissa azobliroqdir, deydi:
Anga ato-anoning g ‘amidur,
Ham bu manga, ham aning g ‘amidur.
Laylining ruhiy ahvoli o ‘zgara boshlaydi, uning tanasida 
kuchli harorat paydo boVladi. Tabiblar bu hoi oldida ojiz 
qoladilar. Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, 
onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. 
Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch 
bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi. Shu tariqa umr bo'yi bir- 
birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar Ruhi mutlaq tomon 
ravona bo‘ladilar.
Doston Xotimasi uch bob (36-38)ni o ‘z ichiga oladi. 36-bob 
"Ishq ta'rifp'ga bag‘ishlangan b o iib , bunda Navoiy ishqni 
kimyoga va olamni ko ‘rsatuvchi k o ‘zguga o ‘xshatadi:
Ey, ishq, g ‘arib kimiyosen,
Bal oyinayi jahonnamosen.
Rivoyatlarga kobra, qadimda kimyogarlar mis va boshqa 
ma'danlarni yuqori harorat ta'sirida oltinga aylantirish mumkin 
deb hisoblaganlar. Navoiy bu o‘rinda shu afsonaga ishora qilib, 
odam 
aslida 
tuproqdan 
yaralgan, 
ammo 
ishq 
olovining 
“kimyo”ligi uni oltinga aylantiradi, ya'ni ishq inson vujudini turli
330


xil chiqindilar: jism oniy talablar va nafsoniy istaklardan 
poklaydigan otashdir degan likrni keltiradi:
Chun xolis-u pok-u beg ‘ash о ‘Idi,
Oltin neki kimiyovash о ‘Idi.
Poklanish, ya'ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo ‘lib, undan 
“oltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o‘zligidan qutuladi va 
qayoqqa qarasa, haqiqiy Yor(Haq)ni ko'radi:
Chun boqqali ixtiyor topti,
Har soriki boqti yor topti.
Ham naqshi vujudin etti foniy
Ham topti baqoyi jovidoni.
Bu esa qalbning ko‘zguga, ya'ni “oyinai jahonnam o”ga 
aylanishi, boshqacha aytganda, ishqi haqiqiyga molik bo‘lishdir.
Dostonning 37-bobi Sulton Husayn Boyqaro akasining 
o ‘g ‘li shahzoda Sulton Uvays bahodir madhiga bag‘ishlangan. 
Navoiy shahzodani ta'rif-u tavsif qilish asnosida g'oyat ustalik 
bilan unga shariat, adl-u himmat bobida nasihatlar ham qiladi va 
zamona sultoni Husayn Boyqaroni unga ibrat qilib ko‘rsatadi.
Dostonning so‘nggi bobi “dard navhasi” (yig‘isi)ning 
yakuni haqida bo‘lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun 
Allohga shukrona keltiradi. Navoiyning doston mohiyati haqida 
aytgan eng muhim fikrlari aynan shu bobda tajassum topgan:
So ‘gin nechakim uzottim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir...
Yozmoqta bu ishqi jovidona,
Maqsuchtm emas edi fasona.
Mazmunig ‘a bo ‘Idi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli...
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
331


Kim, shuhrati chun jahong ‘a to ‘lg 'ay,
Turk eliga dog'i bahra bo 'Ig'ay...
“Layli va M ajnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa 
shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo‘lini tutib. 
o ‘zini o ‘limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, 
zero bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni 
tasavvur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli 
Navoiy uni mazhar - Layli limsolida yaratadi.
Dostonda har bir timsol yuksak mahorat bilan is'nlangan 
bo‘lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy 
ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ko‘rish mumkin. Dostonning 14- 
bobida tasvirlangan it obrazi bu jihatdan alohida ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, it sadoqat, vafodorlik ramzi sanaladi. Dostonda 
Majnun o‘z sadoqati, vafosidan ko‘ra itning sadoqatini ustun 
qo‘yadi, chunki it Majnunga qaraganda Layliga ancha yaqin 
turadi. U ham Majnun kabi oshiq. vorining oyogbi ostida yotib 
o ‘z vafodorligini, sadoqatini namoyon qiladi. Buning fahmiga 
yetgan Majnun o‘z dardini to‘ki.b soladi:
Sen mendin о ‘lub vafoda afoun,
Ham side/da, ham safoda afzun.
Bu o'rinda Navoiy Majnunning o ‘zini oshiq sanab, it 
darajasiga ham ko‘tarila olmaganidan qattiq iztirobda ekanligini 
bayon qiladi. It Laylini ko ‘rganda Majnun singari hushini 
yo‘qotmaydi, uning oyoqlariga suykalib, erkalanadi - itning 
bardoshi kuchli, bu esa Majnunning yeta olmas arnioni.
Doston kompozitsiyasida bosh qahramonlar - Layli va 
Majnunning bir-birlariga yozgan maktublari ham muhim o ‘rin 
tutadi. Maktub ko‘ngillami bogMaydigan vosita bo‘lib, u vasldan 
xabar beradi, oshiq-ma’shuqlarni umidlantiradi. Shoir Laylining 
maktubida 
nido
san’atidan foydalanib, yorning o ‘z oshig‘iga 
murojaati orqali ma’shuqaning qalb izhorlarini, his-tuyg‘ularini
332


ifodalasa, Majnunning Layliga yozgan maktubida vafo va 
sadoqatdan so‘zlovchi oshiq kechimnalari qalamga olinadi. 
Ushbu maktublar dostonning umumiy poetik qonun-qoidalari 
(vazn, qofiyalanish tizimi)ga moslashtirilgan noma janrining 
betakror namunalaridir.
Dostonning badiiy jihatdan yuksak chiqishini ta'minlagan 
vositalardan yana biri unda tabiat tasvirining alohida o‘rin 
egallashidir. Navoiy tabiat fasllaridan umumiy ramziy fon sifatida 
foydalanib, ulardagi o ‘zgarishlarni qahramonlar kayfiyati va 
ruhiyatiga hamohang tarzda tasvirlaydi. Qahramonlar shodlangan 
paytda, ulami o ‘rab turgan tabiat ham yashnab turadi, ular 
qayg‘uga 
tushganda 
go‘yo 
borliq 
ham 
x o ‘rsinib 
nafas 
olayotgandek bo'ladi. Masalan, Majnun gulshanda hushsiz 
votgan paytda butun tabiat uning boshiga tushgan og‘ir savdoga 
“hamdarlik bildiradi” : gul o ‘z yoqasini chok etadi, lola ko‘ksiga 
qora dog‘ soladi, sunbul o ‘z qiyofasini qora rangga bo‘yaydi va 
boshqalar. Doston voqealarining bahor faslida boshlanib, kuz 
faslida yakunlanishida ham muayyan ramziy ifoda bor.
Doston hazaj bahrining 
hazaji musaddasi axrabi maqbuzi
mahzuf
(ruknlari va taqti'i: m afulu mafoilun fauvlun, —
V

V -
V -

V
— ) vaznida yozilgan. Dostonda mazkur vazn bilan birga 
qo‘shimcha tarzda 
hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf
(ruknlari va taqti'i: m afulun foilun fauvlun,-------- | -
V
- | 
V -
-)
va^nining ham qoMlanilganligini kuzatish mumkin. Bu holat 
tasodifiy bo‘1 may, doston mazmuni va g‘oyasi bilan chambarchas 
bog‘liq. Dostondagi 3623 baytdan 240 misra aynan mana shu 
o ‘lchovda yaratilgan b o ‘lib, dostondagi ziddiyatli voqealar, asar 
qahramonlarining chuqur ruhiv iztiroblari tasviri, qahramonlar 
ruhiyatining tabiat tasviri bilan b o g iiq bayoni, qahramonlar 
hayrati aks etgan misralar - lirik chekinish paytida mazkur 
vaznga murojaat qilinganligini ko‘rish mumkin.

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish