Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


“SAB'AI SAYYOR” DOSTONI HAQIDA



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

333


“SAB'AI SAYYOR” DOSTONI HAQIDA
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to ‘rtinchi dostoni “Sab'ai 
sayyor” deb alalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh 
qahramoni Bahrom tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy 
hukmdori Varaxran V (420-438-yillarda podsholik qilgan)ga 
borib taqaladi. Bu podsho qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga 
nihoyatda o ‘ch bo ‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom G o‘r 
(qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars 
(Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi 
sifatida keladi.
Bahrom bilan bogbliq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar 
dastavval eronliklar tomonidan vujudga keltirilgan va davrlar 
o ‘tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi. Bahrom 
G o‘r timsoli hashamat va ovga o ‘ch hukmdor hamda ishratparast 
shaxs sifatida dastavval xalq og‘zaki ijodidan, so‘ngra yozma 
adabiyotdan o ’rin oladi.
Bahrom obrazi dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy 
“Shohnoma”sida tasvirlanadi. Firdavsiy Bahromni musbat va 
manfiy jihatlarga ega murakkab shaxs sifatida tasvirlaydi: u bir 
tomondan, adolatsevar podsho, vatanparvar yurt egasi, tengsiz 
aql-idrok, kuch-quvvat sohibi, mohir ovchi bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan, kitobxon k o 'z o ‘ngida aysh-ishratga, ehtirosga o ‘ch, 
xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida gavdalanadi. “Shohnoma”da 
Bahrom G o‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil 
etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqisbi, mamlakatni 
idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o ‘z kanizagi Ozoda bilan 
to‘qnashuviga doir voqealar qalamga olingan.
Bahrom G olr va uning kanizagi orasidagi “Shohnoma”dan 
olingan bu lavha Nizomiy Ganjaviy tomonidan qayta ishlanib, 
mashhur “ Haft paykar” dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahrom 
qiyofasidagi asosiy xususiyatlami: mohir merganlik, pahlavonlik, 
kuchli shijoat va dovyuraklik, mamlakatni adolat bilan boshqarish 
kabi fazilatlami saqlab qolgani holda uni yangi ma'no va mazmun 
bilan boyitadi, ushbu timsol orqali o ‘z davri ijtimoiy masalalarini,
334


umuminsoniy g'oyalam i ilgari 
suradi. Nizomiy Firdavsiy 
dostonidagi Bahromning kanizak bilan bog'liq hikoyasini 
qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 mustaqil hikoyat kiritadi.
Nizomiy asari yaratilganidan keyin bir asrdan ko'proq vaqt 
o ‘tgach, Xusrav Dchlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht” 
dostonini 
yozadi. 
Uning 
dostonida 
ham 
Bahromning 
sarguzashtlarini tasvirlovchi asosiy qoliplovchi hikoya va yetti 
malika hikoyasi mavjud. Ushbu hikoyalar birgalikda jamlanib, 8 
hikoyani hosil qilganligi uchun Dehlaviy o‘z dostonini “ Hasht 
behisht'’ deb nomlaydi va malikalar aytib beradigan 7 hikoyatni 
hind eposidan oladi. Shuningdek, dostonning muqaddimasi yetti 
bob, yakunlovchi qismi esa bir bobdan iboratligi, umumiy boblar 
soni sakkiztaligi uchun ham shunday nomlanishga sabab bo‘lgan, 
degan qarashlar mavjud. Dehlaviy o ‘z dostonini Bahromning 
taxtga chiqishi voqeasidan boshlab, ungacha b o lg a n voqeaiami 
tushirib qoldiradi.
Mazkur mavzuda yaratilgan asarlardan yana biri - Ashraf 
Marog‘iyning “Haft avrang” dostoni bo‘lib, Alisher Navoiy 
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da Ashrafning ushbu dostonini “Sab'ai 
sayyor” dostoni uchun asos bo‘lgan asar sifatida tilga oladi. 
Navoiy 
“Ashraf 
“Haft 
paykar”ning 
yetti 
hurvashin 
peshkashimg‘a yarogMabtur”, deb yozar ekan, Nizomiyning “Haft 
paykar” dostonidagi yetti go‘zal haqidagi hikoyalarni hal qilishni 
Ashraf unga topshirganligiga ishora qiladi. A shraf dostonida 
Bahromning kanizak bilan ovga chiqishi va umuman uning oshiq 
bo‘lishi bilan bogMiq sahna yo‘q. A shraf oshiq podshoh emas, 
balki odil podshoh timsolini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘yadi.
Alisher Navoiyning “ Sab'ai sayyor” dostoni mazkur 
mavzuda yaratilgan birinchi turkiy doston bo‘lib, Navoiy o ‘ziga 
qadar badiiy adabiyotda yaratilgan dostonlar va to ‘plangan boy 
ijodiy tajribadan foydalangan holda mazmun e'tibori va g ‘oyaviy- 
badiiy xususiyatlari bilan salaflari asarlaridan farq qiluvchi yangi 
doston yaratdi.
335


Doston 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11 
bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. 
Navoiy Allohni d am n in g yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, 
dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti 
raqamiga alohida e'tiborni qaratib, 
iltizom
(bir so zni biror 
parchaning barcha misra yoki baytlarida qoMlab, shu so‘zning 
muhimligini ta'kidlash) badiiy san'ati vositasida falakning yetti 
qavat ekanligi, yetti gunbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti 
iqlimga bo ‘lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr 
yuritadi. Shuningdek, Bahrom va Dilorom so‘zlarini asl va 
majoziy ma'nolarda qo‘llab, sayyoralar olami, dunyoning 
yaratilishi haqida o ‘z falsafiy qarashlarini bayon qiladi, dam ning 
yaratilishini tasavvufdagi 

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish