Uzluksiz ta’limda so’z birikmalari hosil qilish ustida ishlash -
a) *o’quvchini jadal fikrlash, ravon va bo’yoqdor fikr ifodalashga yo’naltiradi
Gap...
a) *axborot, xabar, so’roq, buyruq va his-tuyg’uni ifodalash uchun xizmat qiladigan sintaktik birlikdir
Olmosh (tobe so’z)+ sifatdosh (hokim so’z) shaklidagi s o’z birikmani toping
a) *har biridan olgan
Quyidagilardan qaysi biri sodda yig`iq gap?
a) *Musiqa yoqimli
Quyidagi gapda nechta so`z birikmasi mavjud? “Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi”
a) *4ta
Quyidagi so`z va so`z birikmalaridan foydalanib buyruq gapni hosil qiling: “bormoq, xorijiy til, yaxshi o`rganmoq, chet el, o`qish”.
a) *Xorijiy tillarni yaxshi o`rganib, chet elga o`qishga borgin.
Gapning kesimini toping:“Dadam kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi”.
a) * kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi
Ushbu gapda qaysi gap bo`lagi kengaygan birikma bilan ifodalangan? Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko`chaga otildi.
a) *Kengaygan hol
Ushbu gapdan aniqlovchini toping: Yuzida bilinar-bilinmas chechak o`rni qolgan, keng peshanali, sochlarini o`ng tomonga silliq taragan jurnalist shoirga bir qarab qo`ydi.
a) * Yuzida bilinar-bilinmas chechak o`rni qolgan, keng peshanali, sochlarini o`ng tomonga silliq taragan
Gap bo’laklarining odatdagi tartibda keltirilgan gapni toping
a) *Ertalabki qo’ng’iroq birinchi darsga chalindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |