Bog'liq Saytnazarova Darmonjon 6-1uzb 18 mustaqil ish....
Ariz bahri - aruzning asosiy o’lchov turlaridan biri bo’lib,
uning asosini mafoiylun va faulun asllarining ketma-ket
takrori tashkil qiladi.
Mafoiylun faulun mafoiylun faulun
V--- V-- V--- V—
Bu bahr aruz ilmiga oid asarlarning ko’pchiligida
keltirilmagan.
Asram- faulun aslining saram(oldingi tishni sindirish)
zihofiga duch kelishi oqibatida hosil bo’lgan fa’lu(-V)
tarmoq ruknining nomi bo’lib, oldingi tishi sindirilgan
degan ma’noni anglatadi.
Batar- zihof nomi bo’lib “ildizidan ag’darish” degan
ma’noni anglatadi.Bu xil o’zgarishga duch kelgan
mafoiylun aslining oldingi uch hijosi tushirilib, qolgan lun
qismi o’ziga teng fa tarmoq rukni bilan almashtiriladi va
“ildizidan ag’darilgan ma’nosida abtar deb yuritiladi.
Shuni bilish lozimki Maf’
ulotu asli takrorlanmaydi.
Sakkiz aslning biri bilan qo’shilib takrorlanishidan yana 12
bahr hosil qilinadi. Shulardan yettitasi bittadan olingan ikki
asl takroriga asoslanadi.
1.
Mafoiylun va foilotun