Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar.
Ushbu ma`ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba
sifatidagi xususiyatlariga e`tibor bermokchimiz. Chunki Navoiyning ulkan she`riy
merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi XX asrda
xam yurtimizda juda katta e`tiborga sazovor bo`lgan bo`lsa-da, ammo uning tarix
ilmiga ko`shgan ulkan xissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e`tiboridan
chetda kolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari xam fakat filologik nukta-i nazardan
o`rganildi, xalos.
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nukta-i nazaridan tadkik kilish uchun
ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos kilib olinish mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va xukamo», «Tarixi muluki
Ajam», «Xamsat ul-mutaxayyirin», «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher», «Xoloti
Paxlavon Muxammad», «Vakfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muxabbat»,
«Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muxokamat ul-lugatayn» kabi asarlari bilan xam
aruz nazariyasi, xam tilshunoslik, xam adabiyotshunoslik bilan bir katorda tarixi ilmi
tarakkiyotiga katta xissa ko`shdi.
«Tarixi anbiyo va xukamo» asari.
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va xukamo» asari 890/1485 va 904/1498-
1499 yillar orasida tasnif etilgan bo`lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita
paygambarlar va o`n bitta donishmandlar to`grisida ixcham, lekin juda jonli va
kizikarli ma`lumotlar bayon etilgan.
Ma`lumki, Alisher Navoiyga kadar xam anbiyolar xakida turli rivoyatlar,
kissalar mavjud bo`lgan. Ayniksa, «Kur`oni karim»da va eng kadimiy manbalarda,
umumiy tarixga oid Abu Ja`far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk»,
Abu Rayxon Beruniyning «Osor ul-bokiya», xamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni
Abu-l-Fazl Muxammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli
al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr)
nomli, Xamdullox binni Abu Bakr binni Axmad binni Nasr al-Mustavfi Kazviniyning
(vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulkosim Firdavsiyning «Shoxnoma»,
Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshka shu kabi asarlarda tarixiy vokealar,
shuningdek, diniy tarixga oid ma`lumotlar ko`p.
O`z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy xam bunday
manbalarni o`rganib chikkan, ular bilan yakindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati
arab va fors tilida bo`lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o`zbek tilida, ko`plab
kissalarni kiyosiy o`rganish asosida o`z asarini yaratdi. U asar mazmun jixatidan
umumiy tarixga oiddir.
Bu asar ikki kismdan iborat. Birinchi kismda Odam Atodan tortib, nux, Iso,
Muso, Yakub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshka paygambarlar xayotiga oid turli
nakllarni bayon etadi, xar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning xayotiga lirik
xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi kismida mashxur donishmandlar xayoti lavxalari, ularning
xikmatlari keltiriladi. Masalan, Garbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher
Navoiy Bukrotus xakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so`z ko`ngulni
yoritur va yaxshi xam ko`zning ne`mati arusidurkim, aning maxri shukrdir».
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni kadrlagan Alisher Navoiy ularning
tarixini anbiyo, paygambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani aloxida
taxsinga sazovor xoldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga kadimgi davr izoxi
uchun muxim manba vazifasini o`tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida
aloxida o`rganish shuning uchun xam zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari
keltirilmay, juda ko`p o`rinlarda maygambarlar va ularning xayotiga oid vokealarga
murjaat kilish uchraydi. Manna shu jixatidan Alisher Navoiy asari xam tarixchi
olimlar, xam tarixni o`rganuvchi talabalar uchun katta axamiyat kasb etadi. Shuning
bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashxur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga
munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari mukaddimasini zikr klar
ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya`ni «davlat va millat sharafi»
deb ta`riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |