Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida hukmdorlar obrazi


Sulton Badiuzzamon madhida adolat talqini



Download 1,37 Mb.
bet3/5
Sana21.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#22823
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navdorlar obrazi

1.3 Sulton Badiuzzamon madhida adolat talqini

  • “Hayrat ul-abror” dostonining yigirmanchi maqolati maqsadning o’talganligiga bag’ishlangan bo’lib, ayni choqda shoir ushbu maqolatni Husayn Boyqaroning to’ng’ich o’g’li Badiuzzamon Mirzoga bag’ishlaydi. Ijodkorning bunday yo’l tutishidan ham anglash mumkinki, u mamlakat taraqqiyoti, xalqning farovonligi uchun hukmdor muhim ekanligini ta’kidlagan bo’ladi. To’g’ri, “Hayrat ul-abror” yozilganda, Badiuzzamon Mirzo Xuroson mamlakatiga hukmronlik qilgan emas edi, biroq keyinchalik uning Balx viloyatini boshqarganini bilamiz. Bundan tashqari, shahzoda podshohning to’ng’ich o’g’li sifatida o’sha davr sharoitiga ko’ra, taxt vorisi sanalgan.

Ayni choqda shoir bu bag’ishlovi bilan Badiuzzamon Mirzo Husayn Boyqarodan so’ng Xurosonda otasining ishlarini munosib davom ettirishiga umid bog’lagan. Bunga maqolatning sarlavhasidan ham ishonch hosil qilish mumkin. Shoir sarlavhada quyidagilarni bayon qiladi: “…agarchi bu latif so’zlar majmuasi shunday bir to’plamki, nozik ma’nodan iborat tuhfalar bilan to’la va nozik ma’noli so’zlar to’plami shunday bir kemaki, foydali injular unda xilma-xildir; lekin tab’ daryosidan sohilga eng oldin kelgani narsalarning eng qimmatlilari bo’ladi, shunga ko’ra bu to’plamning saltanat bog’chasining oldingi guli va xalaflik chamanining qad ko’targan nozli sarvi bo’lmish sulton Badiuzzamon Bahodir… oyog’iga nisor qilindi hamda unga nikohlab berildiki, - toki bu nasihatlar uning dilida o’rnashib qolsin va bu javharlarni qulog’iga ossin”.
Shoir “tab’ daryosidan sohilga kelgan narsalarning eng qimmatlisi” deganda, “Xamsa”ning ilk dostoni “Hayrat ul-abror”ni nazarda tutsa, “saltanat bog’chasining oldingi guli va xalaflik chamanining qad ko’targan nozli sarvi” singari obrazli ifodalarda Badiuzzamon Mirzoning Husayn Boyqaroning birinchi o’gli ekanligi, ayni choqda u valiahd shahzoda ekanligiga ishora qiladi. Maqolat 132 baytdan tarkib topgan bo’lib, uning dastlabki baytlarida olamda nimaiki narsa oshkor bo’lgan bo’lsa, zimnida uning siri paydo bo’lishi xususidagi falsafiy qarashlarga urg’u beriladi. Quyosh va kon bilan bog’liq tamsillar keltirilgandan so’ng, farzand otaning siridir, degan aqidaga amal qilgan holda podshoh va shahzoda haqidagi mulohazalar badiiy tasvir etiladi:
Bu xalaf insonga ham inson erur,
Sahga shah-u, xong’a dag’i xon erur.
Kon kibi ko’rgan shahi ozodani,
Ko’rdik aning gavhari shahzodani. [6, 318]

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish