Ey falak avjidin o’tub rif’atin, Oy-u quyoshdin chalinib navbatin. Taxting o’lub davlati jovid mulk, Soyayi charting aro xurshed mulk. Toj boshingdin bo’lubon sarbaland, Taxt ayog’ingdin o’lub arjumand. [6, 121] 1.2. Shoh G’oziy Alisher Navoiy talqinida - “G’oziy” so’zi “Navoiy asarlari lug’ati”da “g’azot qiluvchi”, “urush qilib g’alaba qozongan” singari ma’nolarni anglatishi qayd etilgan. [6,754] Navoiy yashagan davrlarda jahongirlik sharaf sanalganligi bois boshqa o’lkalarni o’ziga bo’ysundirishga har bir hukmdor harakat qilib turgan. Tabiiyki, Sulton Husayn Boyqaro ham bundan tashqarida turgan emas. To’g’ri, u boshqa mamlakatlarga qo’shin tortib bormagan bo’lsa-da, mamlakat ichkarisidagi nizolarni bartaraf etish uchun u ham janglar olib borgan. Alisher Navoiy Shohi G’oziy timsolida Husayn Boyqaroni nazarda tutgan
Andaki g’oziy shahi farxurda baxt,
Toj olayin deb talishur erdi taxt.
Yuz, iki yuzcha kishi birla qazoq
Gahi yeri Xorazm erdi, gah Adoq. [6, 129]
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallash uchun Xorazmga ham hujum qiladi. Bu voqea hali poytaxt Hirotni qo’lga kiritmas oldin yuz bergan. She’riy parchada ham baxt yulduzi porlagan Shohi G’oziy toj olayin deb, taxt talashib yurgani va goh Xorazm-u, goh Adoqda bo’lgani xususida so’z boradi. Hikoyatdan ma’lum bo’lishicha, Shohi G’oziyning yurishlaridan birida mamlakatda yashayotgan bir kampirning yakka-yu yagona o’g’li shahid bo’ladi. Taxt egallanganda, podsho shahid bo’lgan yigit va uning onasini unutadi.
Boquvchisini yo’qotgan kampir moddiy jihatdan ancha qiynaladi, kunining o’tishi og’irlashib qoladi. Kunlardan birida podshoning kelishi haqidagi xabar kampirga yetadi va u ham podshohning istiqboliga chiqadi. Munkillagan asosiga tayangan kampir Shohi G’oziyning yo’lini to’sadi va uni zolimlikda ayblaydi:
Nolayi afg’on chekibon tortib oh,
Dediki: “Ey shahi shariyat panoh,
Qilg’um agar adl esa, mar’iy bu kun,
Sening ila da’viyi shar’iy bu kun.
Shart bukim, aylama mahkam itob,
Mahkamayi shar’da bergil javob” [6, 130]
Podshohga shariat nuqtayi nazaridan da’vosi borligini aytgan keksa kampir uni mahkamaga borishga da’vat etib shunday deydi:
“Ey shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko’radigan bo’lsa, men sen bilan shariat bo’yicha da’volashaman. Shart shuki, qahring kelmaydi, savollarimga shariat mahkamasida javob berasan”. Shunda podshoh bunga rozilik bildiradi:
Shah dedi: “Gar da’vi esa qonima,
Shar’iy esa minnatidur jonima” [6, 130]
O’tmish voqealarini to’g’ri eslay olmagan hukmdor shariat qozisiga murojaat qilib, masalani yetarli o’rganish lozimligini aytadi. Shunday qilib, kampir haq bo’lib chiqadi. Bunday vaziyatdan noqulay ahvolga tushgan tojdor otdan tushadi, bir qo’lida yalang’och qilich, ikkinchi qo’lida esa oltin to’la hamyonni tutgan holda kampirga qarata aytadi: Ey ona, o’g’lingiz xunini istasangiz, xun bilan, istasangiz pul bilan oling! Hayratangiz bunday manzara kampirga qattiq ta’sir qiladi. U shohga murojaat etarkan, aytadi: - Sen odil inson ekansan. Agar men o’z tirikchiligimni o’zim tashkil qila olganimda edi, o’g’limning xunidan jo’mardlik va adolating uchun kechgan bo’lardim. Biroq bugun mening iqtisodiy ahvolim tang bo’lgani uchun hamyonni tanlashdan boshqa choram yo’q. Hikoyatga shunday xotima yasaladi:
Zolni anjuyi kibi siymi ravon,
Zoli falakdek qilibon navjuvon.
Sim kuchidin bo’lubon simbar,
Xalq laqab aylab anga «Zoli zar» [6, 132]
Do'stlaringiz bilan baham: |