Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida hukmdorlar obrazi



Download 1,37 Mb.
bet1/5
Sana21.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#22823
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navdorlar obrazi

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida hukmdorlar obrazi


Reja:
Kirish
I bob. “Hayrat ul-abror” dostonida adolatli hukmdor talqini
1.1. “Hayrat ul-abror”da hukmdorga bo’lgan munosabatning badiiy ifodalanishi.
1.2. Shoh G’oziy Alisher Navoiy talqinida.
1.3. Sulton Badiuzzamon madhida adolat talqini (LX bob)
II bob. Yuksak insoniy fazilatlar talqinida hukmdorlar obraziga murojaat
2.1 No’shiravoni odilning hayosi talqini
2.2 Vafo va sadoqat talqinida adolatli hukm
2.3 Ilm-u ma’rifatning shohlikdan ulug’ligi talqini
2.4 Iskandar va Bahrom haqidagi hikoyatlarda shohga xos fazilatlarning ulug’lanishi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.1. “Hayrat ul-abror”da hukmdorga bo’lgan munosabatning badiiy ifodalanishi.

  • Alisher Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostonidagi uchinchi maqolatda ulug’ shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o’zining badiiy ifodasini topgan. Dostonning XXVI bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat “Salotin bobidakim, … adolatlari “ayn”ining chashmayi zuloli mulk bo’stonin serob qilg’ay, to bu bo’stondin amniyat va farog’at gullari ochilg’ay…” tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi.

Ayonlashadiki, maqolatda so’z podshohlar va ularning nomlarini mangu bo’lib qolishiga daxldor bo’lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi. “Adolat” so’zi arab yozuvida “ayn” harfi bilan yoziladi. Mutafakkir shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda chiroyli tashbehni o’z o’rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo’llaydi. Shoir fikricha, adolatning “ayn”iga tegishli zilol chashma mamlakat bo’stonini serob qilsinki, toki uning shaffof suvlaridan amniyyat, ya’ni tinchlik va farog’at gullari ochilgay. Ko’rinadiki, shoir mamlakat boshqaruvchisiga nihoyatda katta umid bilan ko’z tikkanini sarlavhadayoq badiiy tasvirlaydi.

Maqolat 107 baytdan tashkil topgan bo’lib, uning dastlabki 14 baytida Alisher Navoiy o’zining e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib, Allohning podshohga bergan inoyatlari xususida nihoyatda katta ehtiros bilan mulohazalarini badiiy tasvirlaydi. U quyidagi satrlar bilan boshlanadi:


Ey falak avjidin o’tub rif’atin,
Oy-u quyoshdin chalinib navbatin.
Taxting o’lub davlati jovid mulk,
Soyayi charting aro xurshed mulk.
Toj boshingdin bo’lubon sarbaland,
Taxt ayog’ingdin o’lub arjumand. [6, 121]

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish