2.3 Ilm-u ma’rifatning shohlikdan ulug’ligi talqini - Insоnning ilmli bo’lishi hаm uning muhim insоniy fаzilаti sаnаlаdi. Shu bоis ulug’shоir «Hаyrаt ul-аbrоr»ning o’n birinchi mаqоlаtidа bu bоrаdаgi qаrаshlаrini bаdiiy tаsvirlаydi. Mаqоlаtning dаstlаbki bаytlаridаq ulug’ shоir zаmоnаsidаgi bа’zi illаtlаrni fоsh etishgа kirishаdi:
-
- Dаhr ishi tо хаlq ilа bo’lmish sitеz,
- Хоr durur оlimi jоhil аziz.
- Tоki jаhоn zulmini qilmish pisаnd,
- Yergа tushаr mеvа, yig’оch sаrbаlаnd.
- Rаzlgа rif’аt, bilik аhligа rаnj,
- Tоg’ uzа хоrо-vu, yеr оstidа gаnj. [6, 212-213]
Xulosa - Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari “Xamsa”sining muqaddimaviy dostoni bo’lib, unda Xuroson mamlakatining hukmdori Husayn Boyqaro, shahzoda Badiuzzamonga alohida boblar bag’ishlanganligi kuzatiladi. Ushbu boblarda temuriy hukmdorlar vasf etiladi. Ayni choqda bu dostonda No’shiravoni odil, Shoh Bahrom, Iskandar Zulqarnayn, Muhammad Xorazmshoh, Amir Temur singari hukmdorlar haqida hikoyatlar keltiriladi, bulardan tashqari, shoir o’rni-o’rni bilan talmeh san’atidan foydalanib, ko’plab hukmdorlar bilan bog’liq sayyor sujetlarga ishoralar ham qiladi. Bularning bari ulug’ shoirning “Xamsa”da hukmdorlar obraziga alohida e’tibor qaratganidan dalolat beradi. Chunki shoir “Hayrat ul-abror”da ko’tarilgan masalalarni keyingi dostonlarda tadrijiy rivojlantiradi. Biz dostondagi hukmdorlar obrazi bilan aloqador hikoyat va moqolatlar bilan tanishib, yana quyidagi xulosalarga ham keldik:
- Alisher Navoiy “Salotin zikrida” maqolatda shohga bo’lgan munosabatlarini ochiq bayon etadi. U podshohning mamlakat uchun nihoyatda zarurligini bayon etishda o’zining e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqadi. Podshohlik haq taoloning xohish-istagiga ko’ra muayyan bir insonga nasib etishini, bu kishi boshqalardan ko’p ham farq qilmaydigan banda ekanligini bayon etadi. Shunday ekan, Tangrining inoyati bilan ulug’ martabaga muvofiq ko’rilgan kishi, avvalo, shukrona qilishi-yu, xalq parvar hukmron bo’lishi lozimligini bayon etadi. Aysh-u ishratga berilib, xalqqa zulm qilishni keskin qoralaydi. Podshoh ham el qatori bir banda ekan, uning ham xato va gunoh qilishi tabiiy ekanligini e’tirof etgan shoir, shoh o’z xatosini tushunib, tavba qilishi, xatosidan so’ng adolar qilishi lozimligini bayon qiladi. Shoir chinakam podshoh quyoshdek, xalqqa ozor yetkazsa ham, mehr ham ko’rsata olishi lozimligini badiiy ifoda etadi. Ushbu g’oyalar barcha davrlar uchun birdek muhim ahamiyat kasb etadi.
- “Hayrat ul-abror”dagi Sulton Husayn Boyqaroga atalgan bag’ishlovni “Salotin bobida…” maqolati hamda Shohi G’oziy haqidagi hikoyatlarni qiyosiy o’rganish asnosida shu narsa ma’lum bo’ladiki, Alisher Navoiy Shohi G’oziyni Husayn Boyqaro timsolida namoyon bo’lishini juda-juda istaydi. Bunday shoh malakat qonunlarini hurmat qilishi lozim.
- ulug’ shoir Badiuzzamon Mirzoni Sulton Husayn Boyqaro taxtining valiahdi deb biladi. Unga toj-u taxt munosib ekanligini e’tirof etgan holda uni mamlakatni adolat bilan boshqarishga, buning uchun qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishga chaqiradi. Adolatli bo’lish deganda zulmni yo’qotish lozimligini, bu bilan davlat-u din ravnaq topishi, ayni choqda adolatli hukm yuritish podshohni ikki dunyo saodatiga erishtirishini shoir maqolatda katta san’atkorlik bilan badiiy ifodalaydi. Shuningdek, hukmdor hammaga birdek ehson ko’rsatsa, bunda ham ijtimoiy adolat buzilishi mumkinligini insonlarning o’zlari xilma-xil ekanliklaridan kelib chiqib badiiy tasvirlaydi. Podshohning lutfi ham siyosatining tig’i ham me’yorida ishlab turishini maqolatda juda ta’sirli o’z ifodasini topgan. Ayni choqda shoir shahzoda otasini piri singari e’zozlashini ham adolatning bir jihati deb biladi.
- adаb hаqidаgi mаqоlаtdа ulug’ shоir оtа-оnа vа fаrzаndlаri оrаsidаgi o’zаrо munоsаbаt, ulаrning mаs’uliyatlаri хususidаgi qimmаtli mulоhаzаlаrini bаdiiy tаsvirlаydi. Yaхshi tаrbiya ko’rgаn insоn Аnushirvоndеk оdоb vа hаyo bоbidа yaktо bo’lishi mumkinligigа e’tibоrni qаrаtаdi. Аnushirvоndаgi bu fаzilаt uni оlаmаrо pоdshоh qilgаnidеk, аyni sifаtlаrgа egа bo’lgаn insоnlаr hаm jаmiyatdа qаdr tоpishini bаdiiy tаlqin etаdi.
- «Hаyrаt ul-аbrоr» dоstоnidа ulug’ shоir ilmni hаm g’оyatdа ulug’lаydi. Аvvаlо, ilmli bo’lish nihоyatdа mаshаqqаtli ish ekаnligi mаqоlаtdа ilgаri surilаdi. Bundаy riyozаtlаrni yеnggаn kishi ulkаn shаrаfgа muyassаr bo’lishi, eng muhimi, ilm insоnni ikki dunyo sаоdаtigа еtkаzishi аsаrdа o’z ifоdаsini tоpаdi. Imom Faxr Roziyning ilmda yuksakligi Muhammad Xorazmshohni lol qoldiradi.
- Alisher Navoiy ham ulug’ salaflar ijodida kuzatilgani kabi bu dunyoning o’tkinchi ekanligiga “Xamsa”ning ilk dostonidayoq urg’u beradi. O’n to’rtinchi maqolatda badiiy ifodasini topgan bu mavzuda ulug’ shoir mol-u dunyoga berilmaslik lozimligi, nafs kishi ko’nglini egallasa, noxushliklarga olib kelishidan ogohlatiradi. Maqolatda so’z podsholar xususida borakan, Faridun, Jamshid, Iraj, Xushang, Zahhok, Doro, Iskandar singari Ajam hukmdorlari, mo’g’ul xoni Chingizxon va Sohibqiron Amir Temur nomini tilga olib, ularning barchasi bugungi kunda hayot qaydida emasliklariga o’quvchi diqqatini qaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |