Mustahkamlash uchun savollar:
Olmoshlarning mustaqil so‘zlar tizimidagi o‘ziga xos ishoraviy o‘rnini yoriting.
Olmosh bildiruvchi ma‘noning nutqiy reallashuvda yuzaga chiqishini misollar bilan tushuntiring.
Olmoshlarning mazmuniy guruhlari va ularning boshqa mustaqil so‘zlarga munosabatini yoriting.
Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari xususida ma‘lumot bering.
Olmoshlarda mujassamlangan shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma‘nolarini sharhlang.
Olmoshlarning nutqimizni o‘rinsiz takrorlardan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi ekanligini tushuntiring.
Olmoshlarning lug‘aviy va sintaktik shakllarga munosabatini yoriting.
Olmosh haqidagi tushunchalaringizni umumlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |