Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat universiteti qoshidagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
MO. BI. M.Y.Xojiyeva
UMUMIY XULOSALAR “Shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari” mavzuni o‘qitishda assesment metodidan foydalanish mavzusi bo`yicha olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik: 1. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohot va yangilanishlar oliy ta’limda sifat o‘zgarishlarini talab qilayotgan asosiy maqsad–yuksak intellektual salohiyatga ega oliy malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Buning natijasi zamonaviy ta’lim usullarini tatbiq etish, axborotlashgan ta’lim dasturlaridan keng foydalanish, mustaqil bilim olishga imkon beruvchi samarali ta’lim vositalarini tatbiq etish, bo‘lg‘usi mutaxassislarni fan va ishlab chiqarish sohalari hamkorligini ta’minlash asosida tayyorlashga, aniqrog‘i, ta’lim beruvchilarning innovatsion g‘oya va usullarga tayanuvchi pedagogik faoliyatiga bog‘liqdir. 2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o`quv faoliyatining subyekti sifatida o`zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini ona tili ta’limida to`g`ri va o`rinli joriy eta olish dars samaradorligini oshiradi, talabalarning ishtellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, bu o`qituvchidan samarali usullarini qo`llay bilish mahoratiga ega bo`lmoqlikni talab etadi. 3.Bugungi kun oliy ta’lim muassasalari pedagoglari zimmasiga intellektual salohiyatini muntazam oshirish, o‘qitishda samara bera oladigan innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘rganib borish, o‘qitishning yangi, davr talablariga javob bera oladigan innovatsion shakl, metod va vositalari bilan o‘z vaqtida tanishish, kasbiy kompetentlik darajasi va kreativlik qobiliyatini oshirib borish talabini qo‘ymoqda. Talabalar esa faol fikriy faoliyat, tanqidiy tafakkur, yangiliklarni izlash, yaratish, bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish istagi va qobiliyatiga ega, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zida mustaqillik va mas’uliyat xislatlarini mujassamlashtirgan, umumbashariy global taraqqiyot zamonida o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan, aqliy, ma’naviy, jismoniy kamolotga intilayotgan yoshlar bo‘lmog‘i lozim. 4.Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan “Hozirgi o‘zbek tili” fani ta’limida innovatsion texnologiyalarning metod va usullari, tahliliy vositalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish talabalarning bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shunga ko‘ra, ushbu mavzunio‘qitishda assessment metodidan foydalanish maqsadlidir. 5.Asesment metodidan foydalanishning afzalligi shundaki, u auditoriyadagi barcha talabalar bilan individual, guruh yoki jamoa tarzida aniq belgilangan vaqt oralig‘ida ishlash, tahlil va nazorat qilish imkonini beradi. O‘qitish sifatiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, uning samaradorligini ta’minlaydi. 6. Binobarin, tilshunoslik ta’limida assesmet metodio‘z o‘rnida va to‘g‘ri foydalana olishni samarali tennologiyalardan biri sifatida baholash, shuningdek, fan mavzulariga doir ta’limiy topshiriqlarni assessment metodi asosida tuzishda ta’lim oluvchilar imkoniyatlarini hisobga olish, talabalarda ham assessment metodi asosida tuzilgan ta’limiy topshiriqlarni mustaqil bajara olish bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish zarur. 7. Mazkur mavzuni o‘qitishda assessment metodidano‘rinli foydalanish so‘zlarning birikishi va rang-barang nutqiy hosilalar vujudga kelishida ona tilining sintaktik qonuniyatlari amal qilishini kuzatish, tahlil qilish, o‘rganish sintaktik birliklarning qo‘llanish doirasi, vazifalar ko‘lami va ta’sir quvvatini aniq tasavvur etish, adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish va madaniy nutqni shakllantirish, o‘z tilini bilish – sevib ardoqlash, ona tilida fikrlash – o‘zlikni tanish barobarida milliy g‘urur tuyish uchun behad zarurdir. 8. Oliy ta’limda shaxsni tavsflovchi so‘z birikmasi sintaksisini o‘rganish va o‘qitish uchun tavsiya qilingan nazariy va metodik materiallar tilshunoslikning qaysi sohasi bo‘lmasin, substansial sintaksismi, sintaktik stilistika, pragmalingvistika, sotsiopragmatikami qatiy nazar, mavzuga aloqador masalalarni o‘rganish va o‘qitish jarayonida tatbiq etilsagina, kutilgan natijalarni beradi. Muhimi, talabalarning bilim zaxirasini to‘ldirishga va ijodiy izlanishlar olib borishlariga xizmat qilsa, ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lamiz.
Download 493,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |