Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida ravush va u bilan bog‘liq ilmiy-nazariy masalalar, xususan, ravishlarning tuzilishi va tarkibi V.V.Radlov, N.A.Baskakov, G.I.Ramsted, N.K.Dmitriev, V.Kotvich kabi olimlarning ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlar natijasi E.V.Sevortyanning ikki jildli monografiyasida, A.N.Kononovning o‘zbek va turk tili bo‘yicha fundamental grammatikalarida, A.M.Shcherbak ishlarida umumlashtirilgan.3
O‘tgan asrning 50-yillarida o‘zbek tilshunosligida ravish bo‘yicha o‘z davri uchun mukammal tadqiqot tilshunos S.Fuzailov tomonidan amalga oshirildi. Keyingi davr o‘zbek tili grammatikasiga oid barcha asarlarda ravish mavzusini
yoritishda S.Fuzailov tadqiqoti asos qilib olindi. Bundan tashqari, U.Tursunov, N.Maxmudov, N.Nurmonov, B.Mengliyev, M.Hakimova, T.Asadov, B.To‘ychiboyev va boshqa tilshunoslarimiz ham o‘z tadqiqotlarida, darslik va qo‘llanmalarida, maqolalaridatilshunoslikda ravish so‘z turkumi, xususan,payt ravishining leksik va grammatik xususiyatlari xususida batafsil ma’lumotlar berishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |