Bitiruv loyiha ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi boshqa yondash turkumlar tizimida, asosan, payt ravishining o‘rnini belgilash hamda mazkur turkumning lingvistik tabiatini muayyanlashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etish bilan bog‘liq ravishda kechadi:
tilshunoslikda ravish turkumi tasnifiga asos bo‘luvchi mezonlarga munosabat bildirish;
o‘zbek tilshunosligida payt ravishlarining leksik va grammatik xususiyatlari talqinini keng tarzda bayon etish.
dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar bilan joriy etish. Shuningdek, mavzusini keng yoritish va talabalar kengroq tushunishi uchun badiiy asarlar asosida tahlilga tortish;
o‘zgarmaslik omiliga qat’iy rioya qilgan holda ushbu turkumning aniq ta’limotni ochish hamda o‘zbek tilining lingvistik tabiatiga mos ravish tasnifini berish;
mustaqil ma’noli o‘zgaruvchan so‘zlarning ravishga va aksincha, ravishning ot va sifatga o‘tishini kuzatish; ravish va ravish bo‘lmagan so‘zlarning bir-biriga ta’sir doirasini yoritish.
talabalarga o‘zbek tilshunosligida payt ravishlarining leksik va grammatik xususiyatlarini samarali metod va tavsiyalar orqali tushuntirib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |