2.1 Oybek asarlarining ta'lim tizimida o‘rganilishi
O‘qitish maqsad va mazmunlari aniq muvofiqlashtiriliganda, ta’lim-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. Maqsad bilan mazmunni muvofiqlashtirish o‘qituvchining mahoratiga va e’tiboriga bog‘liq. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “…professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir” degan fikrini ta’kidlash nihoyatda o‘rinlidir.
Texnologiya – yunoncha “teche” so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va “logos” - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida obyektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.Ta’lim texnologiyasi o‘quv jarayoni ishtirokchilarining (ta’lim beruvchi va oluvchi) o‘zaro harakat usuli va vositalaridir. Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodidir. Ta’lim texnologiyalaridan biri bo‘lgan matn bilan ishlash texnologiyalari ta’lim oluvchining kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, uni o‘zini-o‘zi boshqarish, nazorat qilishga undaydi, pedagogika, lingvistika va lingvodidaktika va matnni markazlashtirish tamoyillari yutuqlaridan foydalanishda integrativlik tamoyillarini qo‘llash imkonini beradi.
Bugungi taraqqiyot har bir o`qituvchidan o‘ziga xos ijodkorlikni, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu, o`z navbatida, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. XXI asr muallimi yuksak taraqqiy etib borayotgan bugungi fan-texnika yutuqlariga har doim hozirjavob bo‘lishi, ulardan o‘z darslarida samarali foydalana olishi kerak bo‘lmoqda. Darslarda qo‘llanadigan interaktiv usullar o‘quvchilarda o‘z ona tili va yurtiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularni mukammal savodxonlik darajasiga ko‘tarish, mantiqiy aniq va to‘liq nutq sohibi bo‘lishiga erishish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.
Ishimizning bu qismini to‘liq metodikaga bag’ishlashni o‘z oldimizga maqsad qildik.
Umumta'lim maktablarining 9 sinf dasturida Oybekning “Qutlug‘ qon” romanini o‘rganishga 5 soat ajratilgan. Oybek hayoti va ijodi haqida ma'lumot beriladi. “Qutlug‘ qon” romanining yaratilish tarixi, romandagi obrazlar tizimi, Yo‘lchi va Gulnor obrazlarida o‘zbek yoshlariga xos xususiyatlarning badiiy mujassamlanishi haqida ma'lumot beriladi. Romandagi Yo‘lchi va Mirzakarimboy obrazlarida turli ma'naviy qutbdagi shaxslarga xos xususiyatlarning aks etishi kuzatiladi. Romanning badiiy qimmati tahlil etilib, yozuvchining obraz yaratish va asar kompozitsiyasini qurishdagi mahorati o‘rganiladi. Umumta'lim maktablarining 9-sinf darsligida “Qutlug‘ qon” romanidan ayrim boblar keltirilgan23.
Yozuvchining “Navoiy” romani akademik litseyning 3 bosqichida 2 soat o‘rganiladi. Unda Navoiyning shoir va inson sifatidagi siymosi o‘rganiladi. Shu bosqich uchun tuzilgan majmuada “Navoiy” romanidan boblar keltiriladi24.
Umumta'lim maktablari va akademik litseylarda badiiy asar tahlilida ko‘proq didaktik tahlilga murojaat qilamiz. Didaktik tahlil badiiy matnning sirini kashf etishga, muallifning niyatini anglashga, asar jozibasini ta'minlaydigan jihatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |