Pedagogik jarayon ishtirokchilari, avvalo, o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida janjalli masalalar chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:
Doskada javob bergan o`quvchi uning javobidagi xato va kamchiliklarni boshqa o`quvchilar tomonidan to`ldirish va to`g‘irlash jarayonida jim turib eshitishi shart. Bu qoida o`quvchilarda eshitish odobining vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi;
Doskada javob berishi kerak bo`lgan o`quvchi javobini tez boshlamasa, sinf chidam va sabr bilan kutib, tinchlik saqlashi kerak. Bu qoida sinfda ongli intizomning shakllanishiga olib keladi;
Kech qolgan o`quvchi intizomi muhokama qilinmaydi, tanbeh berilmaydi. Darsda o`quvchilarning har bir faoliyati nazorat qilinib, baholanib borilganligi sababli o`quvchilar iloji boricha darsga o`z vaqtida kelishga harakat qiladi.
Mutaxassislarning fikricha, innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatiga yangilik, о‘zgartirishlar kiritish bо‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanildi. Bunday uslublarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchilarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday о‘qituvchi bilan о‘quvchining hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga:
о‘quvchilarning dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
о‘quvchilarning о‘quv jarayonida fanga bо‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanish;
о‘quvchilarning fanga bо‘lgan qiziqishlarini mustaqil raishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
о‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Har bir о‘quv fani dasturida nisbatan murakkab mavzular mavjud. Har bir mavzu, dars, о‘quv predmetining о‘ziga xos texnologiyasi bor. Shu bilan birga о‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda о‘qituvchi о‘quv fanining о‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi о‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatgan natijaga erishish mumkin. Binobarin, о‘qituvchi, avvalo, har bir darsning texnologik xaritasini tuzishda albatta, dars jarayonining aniq maqsadi, vazifalari, uni amalga oshirish texnologiyasi va kafolatlangan natija о‘z ifodasini topishi kerak. Ta’kidlash joizki, texnologik xaritada dars jarayonining hamda о‘qituvchi vaо‘quvchi faoliyatining barcha qirralari о‘z aksini topadi. Yuqorida berilgan tasniflardan kelib chiqqan holda xulosa qilsak-pedagogik texnologiya o‘quvchilarga o‘qituvchilar tomonidan kasbiy pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatilish tizimini belgilaydi, pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kundagi zamonaviy usullar о‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda о‘z fikrini himoya qilish kо‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlash, hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |