Texnologiyalarda ko‘proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo‘naltiruvchi tomonlari ko‘proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarning turg‘unligi, ko‘plab “agar...”lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, yaxshi ota-onalar bo‘lsa... kabilar) yo‘qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.
Metod-biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko‘rinishidan iborat. Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘llardan oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lni aytiladi. Masalan, savod o‘rgatish yo‘llari: oilada o‘rgatish, maktabda o‘rgatish, bog‘chada o‘rgatish, o‘qituvchi yordamida o‘rgatish, kitoblar, kompyuter, ko‘rgazma qurollar va boshqalar vositasida o‘rgatish. Shunga o‘xshash sanoqni, arifmetik amallarni o‘rgatishda ham yuqoridagiga o‘xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu yo‘llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo‘llaniladi.
Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi.
Pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni, ya’ni o‘qituvchining, o‘quvchining faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko‘p darajada bog‘langanligi bilan ajralib turadi.
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
|
Bog‘langan qo‘shma gaplar va ularning turlari.
|
Darsning maqsadi va vazifalari
|
Dars jarayonida tinglovchilarga bog‘lanagan qo‘shma gaplar va ularning turlari haqida tinglovchiga yetkazib berish.
|
Dars mazmuni
|
Bog‘langan qo‘shma gap nima va u qanday turlarga bo‘linadi? Qanday usullar bilan bog‘lanishi? Qanday vositalar qo‘yilsa, bog‘langan qo‘shma gap bo‘la oladi?
O‘quv fani va uni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan bog‘langan qo‘shma gapni tanlash.va tushuntira olish.
Bog‘langan qo‘shma gap turlari.
|
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Shakl: savol-javob, suhbat,
Metod: Klaster, krossvord, savol-javob, piza testlar
Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, A-4 format qog‘ozi, marker, darslik, ko‘rgazma qurollar.
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: test savollari va javoblari.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.
|
Kutiladigan natijalar:
|
O‘qituvchi
|
Tinglovchi
|
|
Yangi nazariy bilimlar beradi.
Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.
Tinglovchilarga bog‘langan qo‘shma gapni tushunchasini beradi.
Tinglovchilarga bog‘langan qo‘shma gap va uning turlarini slayd orqali tushuntiradi.
Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.
Tinglovchilarga bog‘lanagan qo‘shma gap va uning turlari ta’riflarini tinglovchilar klaster metodi orqali bajarishadi.
Tinglovchilarda bog‘langan qo‘shma gap mavzusiga qiziqish uyg‘otadi.
|
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tinglovchilarga bog‘langan qo‘shma gap tushunchasini beradi.
Mustahkamlaydi va o‘z o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.
Tinglovchilarda bog‘langan qo‘shma gap mavzusiga qiziqish uyg‘onadi ijobiy munosabatlari rivojlanadi.
|
Kelgusidagi rejalar:
|
O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog‘lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi pedagogik texnologiyani takomillashtirish.
|
O‘z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
|
Yuqorida keltirilgan barcha fikrlarni umumlashtirgan holda 6-sinf ona tili darslarida “Asos va qo‘shimshalar” mavzusida darsning umumiy texnologiyasini ishlab chiqamiz va ba’zi o‘rinlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritamiz:
“Mashq ichida mashq” texnologiyasini ushbu mavzuga tadbiq qilamiz.
Mavzuda birinchi navbatta bitta topshiriq berilgan, topshiriqda quyidagi so‘zlar berilgan: oqla, gulchi, xizmatchi, gulni, gullar, qishla, ulg‘ay, ardoqla, maydonga, tinch, bo‘lish, ishchi, tanla, terim. Ushbu so‘zlarning asos va qo‘shimchaga ajratib, qaysi so‘z yangi ma’no hosil qilayotganini aniqlang (og‘zaki usulda).
Do'stlaringiz bilan baham: |