Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Savol va topshiriqlar
1.
Morfologik analiz va sintez qanday protseduralarni o‗z ichiga oladi? 
2.Sintaktik analiz va sintezning mohiyati nimadan iborat? 
3.Ingliz tilida gaplarning dastur orqali tarjimasi qanday amalga 
oshiriladi? 
4.Algoritmni hayotiy misollar bilan tushuntiring. 
5.Tarjima algoritmi nima? 
6.Morfem tahlilga oid analizga misol keltiring. 
7
.
Quyidagi jadvalni to‗ldiring.

O„zbekcha shaxs 
otlari otlari 
Ruscha muqobili 
Inglizcha 
muqobili 
 
 
 
1
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2009. 
Rahimov A.
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
2
Jurafsky D., Martin J.H.
Speech and Language Processing. - New Jersey, 2000.-P.353. 


79 
8-§. SINTAKTIK TAHLILNING AVTOMATLASHGAN TIZIMI 
 
Reja: 
1.
Grammatika haqidagi lingvistik qarashlar. 
2.
Grammatikaning turlari (tavsifiy, formal, transformatsion gram-
matika). 
3.
Formal grammatika nazariyasi. 
Asosiy tushunchalar: 
morfologik tizim, grammatik shakllar, 
grammatik kategoriyalar, sintaktik tizim, sintaktik kategoriyalar, 
konstruksiyaiar, so„zlarning o„zaro birikish qonuniyatlari, «formal 
grammatika nazariyasi», kategorial grammatika, tobelik grammatikasi, 
leksik-funksional grammatika, konstruktiv grammatika, transformatsion 
grammatika, kontekst.

Grammatika tabiiy tillar strukturasi haqidagi fan bo‗lib, u morfologik 
kategoriya va shakllar, sintaktik ketegoriya, konstruksiyalar hamda so‗z 
yasash usullari tizimini tashkil etadi. Til qurilishi birliklarining 
paradigmatik va sintagmatik munosabatga kirishuvi (vertikal va gorizontal 
yo‗nalishda) muayyan qoidalar asosida yuz beradi. Ushbu qoidalar 
yig‗indisi tilning grammatik qurilishi va grammatik tizimi deb yuritiladi. 
Grammatika ikki yirik tizimni o‗z ichiga oladi: 
1.Morfologik tizim – so‗z formalari, grammatik shakllar, grammatik 
kategoriyalar. 
2. Sintaktik tizim – sintaktik kategoriyalar va konstruksiyaiar, 
so‗zlarning o‗zaro birikish qonuniyatlari. 
Grammatika tushunchasi, dastlab, xat-savod, imloni o‗rgatuvchi fan 
sifatida ishlatilgan. Keyinroq grammatika tilning fonologik, morfologik, 
sintaktik va semantik belgilarini tavsiflovchi til qoidalari majmuyini 
ifodalagan. Grammatika haqidagi ilk qarashlar falsafa, mantiq, 
germenevtika (diniy matnlarni sharhlash, talqin etish) doirasidagi 
izlanishlarda aks etgan. Bu manbalarda tilning paydo bo‗lishi, til va 
tafakkur munosabati, lingvistik belgi motivatsiyasi, diniy matnlar 
mazmunini to‗g‗ri tushunish bilan bog‗liq masalalar o‗rganilgan, til 
strukturasi esa yetarli darajada tadqiq etilmagan. Miloddan avvalgi II – I 
asrlarda shakllangan Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik 
vakili Dionisiy Traks (miloddan avvalgi 170 – 90-yillarda yashagan) 
o‗zigacha bo‗lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o‗rganib, 
rimliklar uchun «Grammatika san‗ati» («Grammatike techne») nomli 


80 
sistemalashtirilgan dastlabki yunon grarnmatikasini yaratdi. Shundan 
buyon grammatika falsafadan mustaqil soha sifatida ajralib chiqdi. 
Antik davrda grammatika preskriptiv (to‗g‗ri gapirish, to‗g‗ri jumla 
tuzishni ko‗rsatuvchi yo‗riqnoma) xarakterga ega bo‗lgan. XVIII asr 
oxirlarida grammatikani tushunish keskin o‗zgardi. Bu davrda bobo til 
konsepsiyasini ilgari surgan qiyosiy-tarixiy grammatika shakllandi. Unda 
yevropa tillarining qadimgi sanskrit tili bilan tarixiy aloqasini aniqlash 
yordamida hind-yevropa tillari shajarasini rekonstruksiya qilish bo‗yicha 
qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi. 
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda 
sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron) 
o‗rganish emas, balki sinxron (muayyan vaqtdagi holatini) tadqiq qilish 
lozim, deb hisobladi. XX asrning 50-yillarida Noam Xomskiy grammati-
kani tavsiflashning yangi metodini tavsiya etdi. Bu tilshunoslikda «formal 
grammatika nazariyasi» deb ataladi. Olimning tadqiqot natijalari 
kompyuter lingvistikasining shakllanishiga asos bo‗ldi. N.Xomskiyning 
formal grammatika haqidagi qarashlari 
«Syntactic Structures» 
hamda 
«As-
pects of the Theory of Syntax» 
nomli kitoblarida yoritilgan. 
Grammatikaga bo‗Igan yondashuvlar turlicha bo‗lganligi bois 
tilshunoslik tarixida grammatikaning bir qator ko‗rinishlari yuzaga kelgan. 
Jumladan, nazariy grammatika va amaliy grammatika; an‘anaviy (klassik) 
grammatika va noklassik grammatika; sinxron va diaxron grammatika; 
xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial grammatika, 
tobelik 
grammatikasi, 
leksik-funksional 
grammatika, 
konstruktiv 
grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika 
(context-free grammar) kabi. 
Grammatik tavsifning eng oddiy formal modeli gap bo‗laklariga 
ajratish modeli sanaladi. Tabiiy tillar grammatikasida sodda gap ikki 
qismdan – ega va kesimdan tashkil topgan sintaktik qurilma sifatida 
tavsiflanadi. Ega nutqning predmetini, kesim esa uning xususiyatini 
ko‗rsatadi. Ega va kesim alohida so‗zlar bilan ham, so‗zlar guruhi bilan 
ham ifodalanishi mumkin. Agar ega va kesim so‗zlar guruhi bilan 
ifodalansa, sodda gap ikki struktur elementga ajratiladi: ega guruhi (noun 
phrase) va kesim guruhi (verb phrase). 
Ega guruhida asosiy mazmun ifodalovchi unsur ot so‗z turkumi bilan 
ifodalangan ega yoki otlashgan so‗zlar (substantivatsiya), ega guruhidagi 
boshqa so‗zlar esa eganing aniqlovchilari vazifasida keladi. Eganing 
aniqlovchilari ot, sifat, son, olmosh, kvantifikatorlar (miqdor bildiruvchi 
so‗zlar), determinatorlar (artikllar) orqali ifodalangan gap bo‗lagidir. 


81 
Kesim guruhida asosiy mazmun ifodalovchi unsur fe‘l-kesim hamda ot-
kesim hisoblanadi, shuningdek, turli so‗z turkumlari bilan ifodalangan 
to‗ldiruvchi va hol kesimning aniqlashtiruvchilari bo‗lib keladi. Mazkur 
modelda ega va kesim gapning bosh bo‗laklari, gapning semantik-sintaktik 
yadrosi, aniqlovchi, to‗ldiruvchi, hol esa ikkinchi darajali bo‗laklar deb 
nomlanadi. Ushbu talqin mumtoz sintaksis tamoyillariga muvofiq keladi. 
Gap bo‗laklari iyerarxiyasida egani markazga qo‗yish tendensiyasi 
mantiq fanidan kelib chiqqan. Chunki mantiqda ism (subyekt) 
substansiyani (mohiyatni), fe‘l (predikat) aksidensiyani (hodisani) 
ifodalaydi, degan qarash mavjud. Bunda ega gapning tub mohiyatini aks 
ettiruvchi birlamchi bo‗lak, kesim esa egani to‗ldiruvchi, eganing turli 
belgilarini ko‗rsatuvchi ikkilamchi bolak sifatida talqin etiladi. 
XX asrning ikkinchi yarmida struktur sintaksis, semantik sintaksis 
yo‗nalishlari paydo bo‗lishi bilan gapning sintaktik tuzilishiga, gap 
bo‗laklariga nisbatan yondashuv ham o‗zgardi. Formal grammatika 
talqiniga ko‗ra faqat kesimgina gapning grammatik yadrosi sifatida e‘tirof 
etildi. Gapning markaziy bo‗lagini belgilashga doir qarashlar dunyo 
tilshunosligida turlicha bo‗lib kelgan. Fransuz tilshunosi Lyusen 
Tenyerning 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish