Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti


- » belgisini;  - mulohazada odatiy so‗z birikuvlari mavjudligini bildirish uchun « U



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

-
» belgisini; 
- mulohazada odatiy so‗z birikuvlari mavjudligini bildirish uchun «
U
» 
belgisini;
- mulohazadagi noodatiy birikuvlarni ko‗rsatish uchun 
«∩»
belgisini 
taklif qildi. 
Antik davrda ham, o‗rta asrlarda ham grammatika va mantiq yonma-
yon o‗qitilgan. Ayniqsa, o‗rta asrlarda grammatika va mantiq klassik 
ta‘lim poydevori bo‗lgan ―yetti erkin san‘at‖
 
(artesliherales) 
tarkibiga 
kirgan. Bunda grammatika, ritorika (notiqlik san‘ati) va mantiq ―formal 
san‘atlar‖ 
(artes-formales) 
sifatida 
trivia
(uchlik)ga 
birlashgan. 
Arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya ―real
 
san‘atlar‖
 
(artesreales)
 
sifatida 
kvadrivie
(to‗rtlik)ga birlashgan. Ushbu fanlarni 
o‗zlashtirgan insongina yetuk va barkamol hisoblangan. 
Tabiiy tilning strukturasini o‗rganishda mantiq, grammatika va semi- 
otika uzviy aloqadorlikda ish ko‗radi. Mantiq va grammatika orasidagi 
aloqadorlik til va tafakkur, so‗z va tushuncha, gap va hukm, ega va sub- 
yekt, kesim va predikat kabi kategoriyalarning dialektik munosabatida 
namoyon bo‗ladi. 
Mantiqiy kategoriyalar 
Grammatik tushunchalar 
Subyekt 
Ega 
Predikat 
Kesim 


43 
Obyekt 
To‗ldiruvchi 
Atribut 
Aniqlovchi 
Predmet, hodisa 
Ot so‗z turkumi 
Jarayon (harakat, holat) Fe‘l so‗z turkumi 
Belgi (sifat) 
Sifat so‗z turkumi 
Miqdor 
Son so‗z turkumi; son kategoriyasi 
Vositalar; munosabatlar Kelishik, egalik, ko‗makchilar, bog‗lovchilar.
1
Til 
tafakkur 
bilan 
chambarchas 
bog‗liq 
bo‗lib, 
fikrni 
moddiylashtiradigan, kishilarning fikr almashishini ta‘minlab beradigan 
quroldir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. 
Tilsiz tafakkur bo‗lmaganidek, til ham tafakkursiz mavjud bo‗lmaydi. 
Tafakkur inson oliy nerv sistemasining, ya‘ni bosh miyaning faoliyati 
bo‗lib, nutqda o‗z ifodasini topadi, har qanday so‗zlardan tarkib topgan 
ifoda qolipi orqali reallashadi. 
Tafakkurning reprezentatsiyasi til hisoblanadi. Ong amalda til 
formasida mavjud. Til bilan tafakkur murakkab, qarama-qarshiliklarga boy 
bo‗lgan dialektik birlikni tashkil etadi. Til fonetika, grammatika qonunlari 
asosida tashkil topgan material hodisa bo‗lsa, tafakkur obyektiv borliqning 
inson miyasida aks etgan oliy formasi bo‗lgan ideal hodisadir. Til 
qonunlari bilan tafakkur qonuniyatlarinmg tuzilishi va rivojlanishi bir xil 
emas. Tilning tizim sifatidagi qonunlarini grammatika o‗rganadi. Tafakkur 
qonunlari va birliklari esa mantiqda o‗rganiladi. Grammatik kategoriya va 
mantiqiy kategoriya orasidagi munosabat ham juda murakkabdir. 
Grammatik kategoriyalarni mantiq, mantiqiy kategoriyalarni grammatik 
kategoriyalarga bo‗ysundirish yoki ularni qorishtirish mumkin emas. Bu 
kategoriyalar ba‘zida o‗zaro mos kelishi, ba‘zida mos kelmasligi ham 
mumkin. 
Kompyuter lingvistikasida inson tafakkuri va tilini modellashtirish 
masalasi markaziy muammo hisoblanadi. Sun‘iy intellekt, tabiiy tilni qayta 
ishlash (NLP), lingvistik protsessorlar, kompyuterga mo‗ljallangan tabiiy 
tilli interfeys bo‗yicha olib borilayotgan tadqiqotlar mantiq, grammatika, 
semiotika, kompyuter texnologiyalari sohalari mutanosibligida amalga 
oshirilmoqda. Bu sohada juda ko‗p yutuqlarga erishildi, lekin hali-hanuz 
tabiiy til, inson tafakkuri to‗la modellashtirilgani yo‗q. Ayni shu masala – 
til va tafakkurni modellashtirish kompyuter lingvistikasi fanining istiqbolli 
yo‗nalishi sanaladi. 
1
Лагута О.Н.
Логика и лингвистика. - Новосибирск, 2000. - С.7.


44 
Semiotika yoki semiologiya (yunoncha 
semiotike
―belgilash‖, 
―tasvirlash‖, ―ifodalash‖) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‗lib, axborotni 
saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar tizimlarining yaratilishi, 
vazifalari, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalar, ularning tabiati, 
mohiyati, turlari, ko‗rinishlarini o‗rganadi. Semiotika tilshunoslikda, 
xususan, kompyuter lingvistikasida ham muhim metodologik ahamiyat 
kasb etadi. Negaki, til ham belgi sanaladi, ma‘lum ma‘noda ramzlar 
tizimidir. Semiotikada tabiiy tillar ham, sun‘iy tillar ham, yo‗l belgilari, 
audio va videosignallar ham tadqiq etiladi. 
Semiotika fani XIX asr oxirlarida vujudga keldi, uning asoschisi 
amerikalik olim Charlz Sanders Pirs (1839-1914) hisoblanadi. 
Strukturalizm asoschisi Ferdinand de Sossyur ―Umumiy tilshunoslik 
kursi‖ asarida bu fanni ―semiologiya‖ deb nomlagan. Ushbu fan 
yutuqlaridan 
hozirgi 
zamon 
kompyuter, 
avtomatik 
boshqaruv, 
telekommunikatsiya, uyali telefon tizimlari, sun‘iy yo‗ldoshlar va boshqa 
sohalarda keng foydalaniladi. Semiotikada belgilar tizimi to‗rt aspekt 
asosida o‗rganiladi: 1) 
sintaktika 
– belgilar strukturasini tekshiradi;
2) 
semantika
– belgilarning mazmuniy tomonini tekshiradi; 3) 
sigmatika 

 
belgi va uni aks ettiruvchi obyekt o‗rtasidagi munosabatni o‗rganadi;
4) 
pragmatika - 
belgilarning insonga bo‗lgan munosabati, foydalilik 
darajasi, amaliy jihatlarini tadqiq etadi. 
Tilning semiotik tabiati, tushunchalarni ifodalashda turli ramzlardan, 
belgilardan foydalanish kompyuter lingvistikasi uchun dastlabki 
omillardan sanaladi. 
Semiotika belgilar haqidagi keng qamrovli nazariy-falsafiy fan bo‗lib, 
tilni belgilardan iborat butunlik sifatida o‗rganadi. Tilshunoslik va 
semiotikaning o‗zaro maqsadli aloqaga va munosabatga kirishuvidan 
lingvosemiotika sohasi shakllandi. Lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga 
egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq 
qiladi. Til birliklari, tilning tarkibini tashkil qiluvchi struktural elementlar 
– morfema, so‗z, so‗z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan 
informatsiyani berish, yetkazish – ijtimoiy vazifani bajarish uchun xizmat 
qiluvchi belgilar sistemasi sifatida tadqiq qilinadi. Shunga ko‗ra til 
jamiyatda mavjud bo‗lgan boshqa belgilar bilan umumiylikka, 
o‗xshashlikka ega bo‗ladi. Shunga ko‗ra, til semiotika fanining – 
lingvosemiotikaning o‗rganish obyektiga aylanadi. Tilning tabiatini, 
mohiyatini, jamiyatdagi o‗rnini yoritish uchun uni faqat qaysidir til bilan 
qiyoslashning o‗zigina yetarli bo‗lmaydi.


45 
Tilni – til sistemasi tarkibidagi birliklarni, belgi deb olingan 
elementlarni boshqa belgilar – nolisoniy belgilar sistemasi bilan ham, 
jamiyatga faol xizmat qilayotgan ramzlar bilan ham, sun'iy tillar 
bilan ham qiyoslash lozim bo‗ladi.
Ma‘lumki, nutq birliklari (so‗z, so‗z birikmasi, gap va boshqalar) 
muayyan belgilar sifatida ma‘no, tushuncha, fikr ifodalaydi. Til birliklari 
ma‘no, tushuncha, fikr kabilarning simvoli (ramzi) yoki belgisi 
hisoblanadi. Shunga ko‗ra, Ferdinand de Sossyur tilni fikr ifoda etuvchi 
belgilar tizimi sifatida e‘tirof etadi.
Til birliklari o‗zaro zaruriy, mantiqiy aloqaga kirishib, til tizimini 
shakllantiradi, uning obyektivligini, bir butunligini ta‘minlaydi, tilning 
ijtimoiy vazifa bajarishi uchun imkoniyat beradi, shart-sharoit yaratadi. 
Ushbu jarayonda til birliklari o‗ziga xos xususiyatlarga egaligi, nisbiy 
mustaqilligi, umumiy va farqli jihatlari bilan ajralib turadi. 
Til tizimining asosiy birliklari bo‗lgan fonema, morfema va 
so‗zlarning ijtimoiy vazifa bajarishdagi eng muhim jihati ularning ikki xil 
xususiyatida ko‗rinadi. Ushbu birliklar ifoda va mazmun jihatiga egaligi, 
shu nuqtayi nazardan umumiy hamda farqli belgilari bilan o‗zaro ajralib 
turadi. 
So‗zning mazmun tomonini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ma‘lum qilish mumkin 
bo‗lmaganligi uchun uning tovush jihati, ramzi talaffuz qilinadi. Bu ramz 
(belgi) tinglovchi ongida tegishli tushuncha, tasavvur uyg‗otadi. Demak, 
til sistemasida ramziy munosabat tovush va ma‘no orasidagi shartli 
bog‗lanish tarzida yuzaga chiqadi. Ma‘noda aks etadigan aniq narsa yoki 
hodisa tasavvuri (denotat) ikkinchi planda bo‗ladi. 
So‗z mazmun-mundarijasida ikki hodisa farqlanadi: leksik ma‘no 
(signifikat)

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish